Reja Budjet chizig`i: iste’molchining qanday imkoniyatlari mavjud?


Daromad va almashtirish samaralari



Download 4,07 Mb.
bet14/15
Sana29.04.2022
Hajmi4,07 Mb.
#594163
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
5 - mavzu. Iste’molchi tanlovi nazariyasi. Daromad samarasi va almashtirish samarasi

Daromad va almashtirish samaralari. «Daromad-iste’mol» chizig’ini tahlil qil-ganimizda, daromad o’zgarishini ( narxlar o’zgarganda) iste’molga ta’sirini o’rgangan edik. «Narx-iste’mol» chizig’i orqali narxlarning o’zgarishini bir ne’mat bilan boshqa bir ne’matni nisbiy almashtirishga ta’siri o’rganiladi. Endi biz X1 ne’matga bo’lgan ta-labni o’zgarishining qancha qismi narx bilan bog’liq va qancha qismi daromad bilan bog’liqligini ko’rib chiqamiz (35-rasm). Narxning har qanday o’zgarishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizig’i siljiydi va iste’molchi sotib oli-shi mumkin bo’lgan ne’matlar tarkibini o’zgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini o’z-gartiradi va bir ne’mat (B) bilan boshqa ne’mat (A) almashtiriladi.
Ne’matlar majmuasiga (A va B ne’matlar) bo’lgan talab o’zgarishining qancha qis-mi real daromad ta’siri va qancha qismi narxning pasayishi bilan bog’liq ekanligini aniqlamoqchimiz. 5.13-rasmda byudjet chizig’ining boshlang’ich holati BA va A ne’mat narxi pasaygandan keyingi holati BA  keltirilgan. Boshlang’ich byudjet chizig’ida U1 be-farqlik egri chizig’iga mos keluvchi optimal majmua E1 nuqta bilan ifodalangan.

5.13-rasm. Normal tovarlar uchun daromad samarasi.
E1 nuqtada iste’molchi B ne’matdan B1 miqdorda, A ne’matdan A1 miqdorda sotib oladi. A ne’matning narxi tushgandan keyin, yangi optimal majmua BA  byudjet chizi-g’i bilan U2 befarqlik egri chiziqlari kesishgan E3 nuqtaga o’tadi. E3 nuqtada iste’molchi B3 miqdorda B ne’matdan va A3 miqdorda A tovardan sotib oladi.
Demak, A ne’mat narxining pasayishi iste’molchining real daromadini, uning tovar sotib olish imkoniyatini oshiradi, ya’ni uning o’z ehtiyojini qondirish darajasini oshira-di. Bu erda A ne’matni iste’mol qilish hajmining umumiy o’zgarishi (uning narxi tushi-shi hisobidan) rasmda A1A3 bilan belgilangan.
Iste’molchi boshida 0A1 miqdorda A ne’matdan sotib oladi, narx o’zgargandan ke-yin sotib olish hajmi 0A3 ga o’zgaradi. B tovarni sotib olish hajmi 0B1 dan 0B3 ga qisqar-di.
A ne’mat iste’molining umumiy o’zgarishi A1A3 ga umumiy samara deyiladi. Endi umumiy samarani daromad samarasiga va almashtirish samarasiga qanday ajralishni ko’ramiz.
Daromad samarasini aniqlash uchun BA  byudjet chizig’iga parallel qilib BA byudjet chizig’ini U1 befarqlik egri chizig’iga urinadigan qilib o’tkazamiz va bu urilgan nuqtani E2 deb belgilaymiz. E2 nuqtaga mos keluvchi optimal majmuadagi A ne’mat miq-dori A2 ga teng va u A1A3 umumiy samarani ikki qismga ajratadi: A1A2 va A2A3 . A2A3 o’zga-rishga daromad samarasi deyiladi va A1A2 o’zgarishga - almashtirish samarasi deyiladi.

Download 4,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish