Reja:
1.Sug`oriladigan yerlar.
2.Melyoratsiya qilinadigan yerlar.
3.Yangidan o`zlashtirilgan sharoitda tuproqlarni ishlash.
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyotlar.
Sug`oriladigan yerlar-tuproqni manbalardan olingan suv bilan sunʼiy namlash, melioratsiyannng bir turi. S tuproqning oʻsimlik ildizi tarqalgan qismida eng qulay suv rejimini hosil qiladi. Bu esa oʻsimliklarning tuproqdan oziq moddalar — mineral va organik oʻgʻitlarni oʻzlashtirishiga qulay sharoit yaratadi va qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan yuqori hosil olishni taʼminlaydi. S. yer hosildorligini sugʻorilmaydigan sharoitlarga qaraganda 8—10 marta oshiradi, intensiv dehqonchilikni joriy etish imkoniyatini beradi. Bu esa suv xoʻjaligi qurilishiga va yerlarni meliorativ oʻzlashtirishga sarflangan kapital mablagʻlarning tez (3—5 yil ichida) qoplanishini taʼminlaydi.
Xitoy, Hindiston, Pokiston, Eron, Rossiya, Yaponiya, Misr (ekin ekiladigan hamma maydoni sugʻoriladi)da, AQSH, Meksika, Italiya, Bolgariya, Fransiya va boshqa mamlakatlarda sugʻoriladigan yerlar 20-asrda ayniqsa tez kengayib bordi, yirik sugʻorish sistemalari barpo etildi. 20-asrning 50y.larida dunyoda sugʻoriladigan jami yer maydoni 121 mln.ga, 80y.larda 230 mln.ga dan koʻproqni, 20-asr oxirida 271,4 mln.ga ni tashkil etdi. Osiyoda 191,2, Shim. Amerikada 30,4, Yevropada 24,6, Afrikada 12,5, Avstraliyada 2,4 mln. ga ekin maydonlari sugoriladi (1999).
S. qadimiy davrlardan boshlab sugʻormasdan hosil olib boʻlmaydigan issiq mintaqalarda, keyinchalik esa yogʻin notekis yogʻadigan, natijada qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan barqaror hosil olinmaydigan zonalarda rivojlandi. Misr, Mesopotamiya, Oʻrta Osiyo, Meksika, Eronning quruq iqlimida odamlar toshqin suvlar bosadigan maydonlarda oziqovqatga yarokli oʻsimliklarni oʻstirishga oʻrgandi. Keyinchalik bunday yerlar marzalar bilan oʻralib, ularda suvni uzoq vaqt saqlab qolish va qishloq xoʻjaligi. ekinlaridan muntazam hosil olish imkoni yaratildi. Surxondaryo vohasi, Fargʻona vodiysining sharqiy qismi, Amudaryo deltasi, Zarafshon daryosi havzasida oʻtkazilgan arxeologik qazishlar muntazam S. Oʻrta Osiyoda mil. av. 2ming yillikda boshlanganligidan dalolat beradi. Amudaryoning quyi oqimida mil. av. 8—7-asrdan mil. 3asrgacha S. juda taraqqiy etgan. S.ning rivojlanishi va sugʻoriladigan maydonlarning kengayishi bilan suvni uzoq masofalarga olib borish ehtiyoji paydo boʻldi. Bosh inshooti sodda boʻlgan dastlabki kanallarning barpo qilinishi mil.dan av. 1ming yillik oʻrtalariga toʻgʻri keladi. Oʻrta asrlarda sugʻorma dehqonchiliqda buyuk kashfiyot — birinchi suv koʻtargich — chigʻir yaratildi. Natijada ariklar yoki tabiiy suv manbalaridan balandda joylashgan kichikroq yer uchastkalarini sugʻorish mumkin boʻldi.
Oʻrta Osiyoda sugʻoriladigan yerlarning keskin kengayishi 19-asr oxirlariga toʻgʻri keladi. Ammo yangi yerlarni rejali oʻzlashtirish va dehqonchilikka yaroqsiz boʻlib qolgan sugʻoriladigan yerlarni qayta tiklash, katta maydonlarni S. imkoniyatini beradigan yirik sugʻorish sistemalarini barpo etish faqat 20-asrning 20y.laridan boshlab olib borildi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda faqat 1965— 90y.larda sugʻoriladigan yerlar maydoni 5,8 mln.ga (1965)dan 8,8 mln.ga ga yetadi. Oʻzbekistonda esa 2001-yilda 4,3 mln.ga sugʻoriladigan yerlarda dehqonchilik qilindi (1914-yilda 1,8 mln.ga).
Sugʻoriladigan yer maydonlarining kengayishi qishloq xoʻjaligi.da suv isteʼmolining koʻpayishiga olib keldi. Natijada suv ombori qurish yoʻli bilan daryo oqimlarini mavsumiy, keyingi yillarda esa koʻp yillik tartibga solish muhim masalaga aylandi. Yuqori quvvatli nasoslarning yaratilishi qariyb 250– 300 m³/s suvni bosqichmabosqich balandlikka koʻtarib, qishloq xoʻjaligi. ekinzorlarini mashina yerdamida sugʻorishga imkon berdi. Hozirgi davrda Orol dengizi havzasida jami yillik hajmi 105 mlrd. m³ boʻlgan umumiy oqimning 95 mlrd. m³ suvi Sta sarflanmoqda. Bu esa suv resurslarini toʻldirish va sugʻorish sistemasining barcha boʻgʻinlarida suvni tejashni taqozo qiladi. Suv resurslarini toʻldirish asosan suvni havzalararo qayta taqsimlash (AmuBuxoro, AmuQorakoʻl, Qoraqum va boshqa kanallar), oqova va shoʻrlangan drenaj suvlaridan qayta foydalanish hisobiga amalga oshirilmoqda.
S. usullari va turlari. S tuproqqa meʼyorlangan (belgilangan) miqdorda suv berishini taʼminlaydigan, gidrotexnika qoidalariga asoslangan texnikaviy, agrotexnik va tashkiliyxoʻjalik tadbirlari majmuidan iborat. S. oʻtkaziladigan vaqtiga qarab muntazam va davriy turlarga boʻlinadi. S. maqsadiga qarab ehtiyot (yaxob), shoʻr yuvish, vegetatsion, oziqlantiruvchi (sharbat) va boshqa turga boʻlinadi. Ayrim hollarda bir turdagi S bir qancha maqsadlarda oʻtkazilish mumkin.
Qadimdan maʼlum boʻlgan oqizib suv berish usullari (bostirib, taxtalarga boʻlib, egatlar olib) astasekin takomillashib S.ning yomgʻirlatib sutrish, tomchilatib sugʻorish va tuproq ostidan suyurish, aerozol usulida sugʻorish singari takomillashgan usullar yaratildi. Iqlim quruq boʻlgan Oʻrta Osiyoda ekinlar koʻp miqdorda suv talab qiladi, shuning uchun sugʻoriladigan maydonlarda asosan tuproq (yer) ustidan oqizib suv berish va qisman yomgʻirlatib sugʻorish usuli qoʻllaniladi.
Keyingi yillarda S.ning mexanizatsiyalashtirilgan, yarim avtomatlashtirilgan, avtomatlashtirilgan va boshqa turlari paydo boʻldi (yana q. Sugʻorish normasi). O‘zbekistonning umumiy Yer maydoni 45 mln. gektardan kamroq. Bu
maydonni 33,2 mln. gektaridan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida foydalaniladi.
Buning ham asosiy qismi cho‘ldagi yaylov deb ataluvchi maydonlarga to‘g‘ri keladi
va 23 mln. gektarni tashkil qiladi. Asosiy qismi Ustyurt, Qizilqum va boshqa
hududlarga to‘g‘ri keladi.
Dehqonchilik maqsadida 5 mln. gektarga yaqin maydondan foydalaniladi.
Bundan 4,35 mln. gektar maydon sug‘oriladigan yerlar bo‘lib, dehqonchilikni
samarasi sug‘orish suvi bilan bog‘liq, ya’ni qishloq xo‘jaligi ekinlarini suvga bo‘lgan
talabi sug‘orish hisobiga qondiriladi. Bu hududlarda sug‘orish tartiboti, sug‘orish
me’yori katta rol o‘ynaydi.
Qishloq xo‘jaligida foydalanadigan lalmikor yerlar miqdori 790,4 ming
gektarni tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining "Yer qonuniga" binoan yer fondi foydalanish
bo‘yicha etti turga (2-jadval) bo‘linadi. 1998 yilda Yer kodeksida o‘zgarishlar
kiritildi.
Sug‘oriladigan yerlar qishloq xo‘jalik mahsulotini 95% ni etishtirishda xizmat
qiladi. Qishloq xo‘jaligi esa volyuta keltiruvchi asosiy tarmoq, ya’ni manba
hisoblanadi. Bulardan tashqari yuqorida qayd qilganimizdek 790,4 ming gektar
yerimiz lalmikor dehqonchilikda foydalaniladi.
Bu yerlar qatoriga nisbatan yuqori darajada gumus bilan ta’minlangan to‘q tusli
bo‘z tuproqlar tipchasi mansub bo‘lib, mashhur, qattiq, ya’ni qayroqi bug‘doy va
boshqa don turlarini etishtirishda xizmat qiladi.
Afsuski bunday yerlar, ya’ni lalmikor tuproqlar ko‘p emas: Jazzax viloyatida
227.8, Qashqadaryoda 252.0, Samarqandda 183.5, Surxondaryoda 42.1, Toshkentda
39.5, Navoiyda 20.8 ming gektarni tashkil qiladi. Bu maydonlar turli darajada
eroziyaga uchragan va dehqonchilikni olib borish jarayonida katta ehtiyotlik talab
qiladi, aks holda eroziya tezda yerlarni degradatsiyaga uchratadi.
Bu guruh tuproqlar, ya’ni to‘q tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan maydonlar namlik
bilan ta’minlangan yerlar hisoblanadi. Katta mehnat sarf qilmasdan, namgarchilik
yaxshi bo‘lgan yillari nisbatan yuqori hosil olish mumkin.
Demak asosiy diqqat va e’tibor ana shu, ya’ni sug‘oriladigan yerlar va lalmikor
yerlarning unumdorligini oshirish, saqlash va qayta tiklashga qaratilmog‘i darkor.
Rasmiy xujjatlar ma’lumotiga ko‘ra sug‘oriladigan maydonlarning 53% yoki 2
mln. 286 ming gektari turli darajada sho‘rlangan. Kuchsiz sho‘rlangan yerlar
maydoni 1 mln. 125 ming gektar yoki 58% ni tashkil qiladi. O‘rtacha darajada
sho‘rlangan yerlar 650 ming gektar yoki 33%, kuchli sho‘rlangan yerlar maydoni 250
ming gektar atrofida bo‘lib, sho‘rlangan yerlarga nisbatan 14% ni tashkil qiladi.
Keyingi ilmiy izlanishlar natijalariga ko‘ra kuchsiz darajada sho‘rlangan
yerlarda 20-25% miqdorda qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi kamayadi,
demak sho‘rlanmagan yerlarga nisban 1/4 hissa kam hosil olinadi.
O‘rtacha darajada sho‘rlangan yerlarda esa 30-40%, ayrim hollarda 50% gacha
hosil kamayadi. Kuchli darajada sho‘rlangan yerlarda esa hosil 80% gacha kamayadi
yoki butunlay nobud bo‘lishi mumkin. Kuchli darajada sho‘rlangan yerlarning 70
ming gektari Qoraqalpog‘iston respublikasi hududiga, 65 ming gektari esa Sirdaryo
viloyatiga to‘g‘ri keladi. Demak, 135 ming gektar yer ikki viloyatga to‘g‘ri keladi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, odatdagi sho‘r yuvish usullarida kuchsiz va
o‘rta darajada sho‘rlangan yerlardagina sho‘r yuvish ishlarini to‘la tamomlash, ya’ni
yerlarni sho‘rsiz yoki sho‘rlanmagan holatigacha suvda eruvchi tuzlardan tozalash
15
mumkin. Ammo hozirgacha qo‘llanilib kelinayotgan usullar bilan kuchli darajada
sho‘rlangan yerlarni davolash, yaxshi va juda yaxshi natijalarga olib kelgani yo‘q.
O‘zlashtirilishi nisbatan oson yerlar, ayniqsa sho‘rini yuvish oson bo‘lgan
maydonlar o‘zlashtirilib bo‘lgan. Hozirgi kunda o‘zlashtirish maqsadida qolgan,
ya’ni ajratiladigan yerlarni meliorativ holati juda noqulay va nobob. Sho‘rlik darajasi
yuqori, suv o‘tkazuvchanligi yomon, gipsli, shox-arzikli yerlar o‘zlashtirilishi
mumkin bo‘lgan yer zahiralarini katta qismini tashkil qiladi. Bunday yerlardan
foydalanish jarayonida agrotexnologik, agromeliorativ jarayonlar buzilishi tezda
yerlarni bir turdan ikkinchisiga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Natijada Yer fondi
foydalanishi va turlari bo‘yicha o‘zgarib turadi. Yerlarni o‘zlashtirilishi natijasida
lalmi, qishloq xo‘jaligi uchun yaroqsiz yerlar sug‘orilib, sug‘orma dehqonchilik
yerlari qatoriga o‘tadi.
Noqishloq xo‘jalik maqsadlarida turli qurilishlarga sug‘oriladigan yerlarni
ajratilishi, binolar, korxonalar qurilishi va boshqalar ham Yer fondi turlarini
o‘zgartirib yuboradi. Bunday o‘zgarishlarni aniq hisobga olib borish ishi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomoniidan 1992 yil 14 avgustda tasdiqlangan
11/48-273 shakl asosida olib boriladi. Bu yer hisobi har yili birinchi yanvargacha
Yerga egalik qiluvchi va foydalanuvchi xo‘jaliklar, tashkilotlar, tumanlar va
viloyatlar bo‘yicha bajariladi. Bu xujjatlardan qishloq xo‘jalik ekinlari turlarini
joylashtirish, olinadigan hosilning taqsimoti va boshqa sohalarda foydalaniladi. U
quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi. Sug’oriladigan yerlarni tekislash suv, mineral o’g’it va qishloq xo’jalik texnikalaridan samarali foydalanishning asosiy shartlaridan biridir. Yaxshi tekislanmagan yerlarda suv bir xil taqsimlanmaydi. Suv isrofgarchiligi 2 - 3 barovar ko’payadi, tuproqlarni botqoqlanishi va sho’rlanishi kuchayadi, mineral o’g’itlardan foydalanish darajasi past bo’ladi. Sug’oriladigan yerlar yaxshilab tekislanganda, dalalar teng taqsimlanib, tuproqqa bir vaqtda sifatli ishlov berishga erishiladi, undagi tuproq bir tekis namiqadi, sug’orish meyori kamayadi, sug’orish shaxobchalarini qurish bilan bog’liq ishlarning hajmi kamayadi, qishloq xo’jalik ishlarini mexanizasiyalashtirish imkoni ko’payadi, sug’orish ishlariga kam mehnat sarflanadi, hosil ortadi. Yaxshi tekislangan yerlarda suvchining ish unumdorligi kuniga 2-3 gektarni tashkil etsa, tekislanmagan yerlarda bor-yo’g’i 0,5-0,8 gektarni tashkil etadi. Yerlarni tekislash, yangi va sho’rlangan yerlarni o’zlashtirish hamda yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish garovidir. Ekin maydonidagi baland joylar tuprog’ini uning past joylariga keltirib to’kish, yani undagi past balandliklarni, o’nqir-cho’nqir joylarni yo’qotish yo’li bilan shu maydon yuzasida malum nishab yaratish (yoki unda gorizontal yuza hosil qilish) yer tekislash deyiladi. Yer tekislashda bajariladigan tuproq ishlari hajmiga bog’liq holda, tekislashni uch usulga ajratish mumkin. a) asosiy (kapital) tekislash; b) qisman tekislash; v) joriy tekislash. Asosiy (kapital) tekislash. Yer tekislash usulining eng ko’p mehnat talab qiladigan turi asosiy tekislashdir. Bu usul asosan yangi yerlarni o’zlashtirishda qo’llaniladi. Asosiy tekislashda sug’orish uchastkasi sirtining tabiiy ko’rinishi butunlay o’zgaradi, nishablik esa sug’orish texnikasiga moslashtriladi. Shuning uchun, bunda juda katta hajmdagi tuproq ishlarini bajarishga to’g’ri keladi. Asosiy (kapital) tekislash ishi maxsus loyiha-xarita asosida olib boriladi. Loyiha tarkibiga reja ko’rinishida yoki qator profillar ko’rinishida, maxsus ish chizmalari, shuningdek, ish hajmini hisoblash qaydnomalari, sxemalar ko’rinishidagi turli qo’shimcha materiallar va shunga o’xshashlar kiradi. Tekislash vaqtida tuproqning ustki (unumdor) qatlamini iloji boricha saqlab qolishga, yani uni juda chuqur joylarga keltirib to’kmaslikka intilish kerak. Aks holda uchastka tuprog’ining unumdorligi kamayib ketadi va yerdan mo’l hosil olib bo’lmaydi. Qisman tekislash. Qisman tekislashda sug’orish uchastkasi topografik yuzasining xarakteri o’zgarmaydi. Qisman tekislash ishlari loyixa-xaritaga asosan olib boriladi. Bunda yerning tabiiy nishabligi qisman o’zgartiriladi, qisman faqat do’ngliklar, o’nqir-cho’nqirlar, keraksiz eski kanallar, yo’llar tekislanadi. Qisman tekislash bilan sug’orishga yetarli darajada sharoit tug’dirish mumkin bo’lmagan holdagina asosiy tekislash ishlari qilinadi. Joriy tekislash. Asosiy (kapital) tekislangan uchastka sirtida vaqt o’tishi bilan yer haydash, sug’orish va boshqa dehqonchilik ishlari tasirida o’nqircho’nqirlar paydo bo’ladi. Tuproqqa ishlov berishda hosil bo’lgan mana shu pastbalandliklarni yo’qotish- joriy tekislash deyiladi. Xo’jalikdagi uchastkalar yilda bir marta, albatta joriy tekislanishi lozim. Joriy tekislash xo’jalikning o’z kuchi va mashinalari bilan bajariladi. Har yili shudgordan so’ng yoki ekish oldidan egat va pushtalar, o’qariqlar, ayrim do’ngliklar tekislanadi. Tekislash ishlari ko’z bilan chamalab olib boriladi. Kichik xajmdagi tuproq ishlari bajariladi. Tekislashda yengil texnikadan va qo’l kuchidan foydalaniladi. Bunda ish hyech qanday loyixasiz, dalachilik brigadasining brigadiri yoki xo’jalik gidrotexnigi rahbarligida olib boriladi. Joriy tekislashda uzun bazali tekislagich juda qo’l keladi: bu mashina uchastka yuzini mexanik ravishda tep-tekis qilib ketadi. 2. Ekish oldidan tuproqqa ishlov berish: Qatqaloqni yumshatib, tuproqda nam saqlash; yumshoq qatlam hosil qilish; urug’larning qiyg’os unib chiqishi uchun sharoit yaratish; begona o’tlarga qarshi kurash. Respublikamizdagi ilg’or xo’jaliklar tajribasiga ko’ra, yerni ekin ekishga tayyorlashda har bir agrotexnika tadbirini xo’jalikning tuproq - iqlim sharoitini hisobga olgan holda amalga oshirish lozim. Yerni ekin ekish oldidan ishlash shudgorni boronalashdan boshlanadi. Boronalanganda dalaning yuzasi tekislanadi, o’sib chiqayotgan bir yillik begona o’tlar yo’qotiladi, kesaklar maydalanadi, hosil bo’lgan qatqaloq yumshatiladi va nam bug’lanishining oldini oladi. Yerni ekin ekishdan oldin ishlashni yer yetilmasdan oldin boshlab yuborish ham katta zarar keltiradi, chunki yog’ingarchilikdan keyin tuproqda qalin qatqaloq hosil bo’ladi, uning yuza qismi zichlashadi. Shuning uchun tuproqning yetilganligiga etibor berish, bahorda shudgorning 8-10 sm chuqurlikdagi tuprog’i yetilishi bilan yerni ishlay boshlash kerak. Respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitiga bu muddat taxminan qo’yidagi davrlarda to’g’ri keladi: Surxandaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida – fevral oyining birinchi yarmi yoki mart oyining birinchi besh kunligi; Farg’ona vodiysi (Andijon, Namangan va Farg’ona viloyatlarida) mart oyining birinchi yarmi; Sirdaryo, Jizzax, Toshkent va Samarqand viloyatlarida mart oyining ikkinchi yarmi; Xorazm va Qaraqalpog’iston respublikasida mart oyining uchinchi un kunligi yoki aprel oyining birinchi besh kunligi, bahor qanday kelishiga qarab bu muddatlar biroz o’zgarishi mumkin. Yerni ekin ekish oldidan ishlash usullari shudgorning holatiga va yerga yaxob berish hamda tuproqning sho’rini yuvish muddatiga qarab belgilanadi. Yaxob berilmaydigan, sho’ri yuvilmaydigan yerlarni ekin ekishga tayyorlash uchun bir ikki marta boronalanadi, so’ngra mola bostiriladi. O’t bosgan yerlarda yumshatgichlar va kultivatorlardan foydalanilgani ma’qul. Bunda ularga keng o’tkir g’ozpanjalar o’rnatish kerak, chunki o’tlar yaxshiroq qirqiladi. Shudgor serkesak bo’lsa, yaxshilab maydalash va organik-mineral o’g’itlarni aralashtirish uchun diskli boronalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Lekin ildizpoyali begona o’tlar tarqalgan maydonlarda bu usuldan foydalanib bo’lmaydi. Yaxob beriladigan, tuprog’i sho’r va kuzgi shudgordan yoki asosiy haydashdan keyin sho’ri yuvilgan yerlarni chigit ekishga tayyorlashda maxsus qo’shimcha ishlar bajariladi, yani bahorda egat, marzalar va boshqa balandpastliklar tekislanadi, so’ngra yaxob berish uchun egat va o’qariqlar olinadi. Tuproqning mexanik tarkibiga qarab, egatlar orqali gektariga 1000-1500 m3 hisobida suv beriladi. Yer yetilishi bilan o’qariqlar tekislanadi va dala ikkita ketma-ket ulangan boronada bir o’tishda bo’ylamasiga yoki ko’ndalangiga boronalanadi. Chigit ekishgacha yerni yaxshi yumshatish uchun chizel-kultivator, kultivator va diskli boronalardan foydalaniladi. Chigit ekish oldidan shudgor yana boronalanadi, so’ngra mola bostirilib, so’ng chigit ekiladi. Sho’ri yuvilgan yerlar ham ekin ekishga shu tartibda tayyorlanadi. Bahorda yerni sayozroq bo’lsa ham qayta haydashga yo’l quymaslik kerak. Agar yaxob berilganda yoki tuproq sho’ri yuvilgandan keyin yer juda zichlashib, begona o’t bosgan bo’lsa, plugning ag’dargichlarini olib qo’yib yumshatish mumkin. Ko’klamda haydaladigan yerlarni iloji boricha barvaqt yer yetilishi bilanoq ishlashga kirishish kerak. Shunday qilinganda, tuproq da nam ko’proq to’planadi, ekish davridagi qiyinchiliklar bartaraf etiladi, ekish kompaniyasi qisqa va qulay muddatlarda o’tkaziladi. Yer bahorda haydalganda zudlik bilan diskalash va boronalash kerak. Aks holda tuproqdagi nam tez bug’lanib ketadi. O’suv davrining boshlarida g’o’za yaxshi rivojlanishi, keyinchalik ko’saklar yetilishini taminlash uchun azotli va fosforli o’g’itlarning bir qismini bahorda yerni ekin ekishga tayyorlash vaqtida solish foydalidir. O’g’it kultivator va chizelga o’rnatilgan o’g’itlagichlarda solinadi. O’g’it agregat soposhkalari bilan 14-16 sm chuqurlikka solinib yoki yer yuzasiga sepilib, so’ngra uni 8-10 sm chuqurlikda chizel yoki disk bilan yumshatib, tuproqqa aralashtirish va ko’mish ham mumkin. Yerni ekin ekilgandan boshlab to hosili yig’ishtirib olinguncha o’z vaqtida sifatli qilib ishlash ulardan yuqori hosil yetishtirishda asosiy tadbir hisoblanadi. Chunki bu tadbirlar tufayli o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun muayyan sharoit yaratiladi. 3. Yerni ekin ekkandan keyin ishlash. Qator oralari ishlanadigan ekinlarga ishlov berish. Yoppasiga ekilgan kuzgi va bahorgi ekinlarga ishlov berish. Tuproqni ekin ekilgandan keyin ishlash qator oralari ishlanadigan va yoppasiga ekilgan kuzgi hamda bahorgi ekinlarni ishlash tizimiga bo’linadi. a) Qator oralari ishlanadigan ekinlarni parvarish qilish. Respublikamiz tuproqlari yomg’ir yoqqandan keyin qurishi bilan qatqaloq bo’lishiga moyil. Tuproqning mexanik tarkibi qancha og’ir va tuproq sho’r bo’lsa, qatqaloq yana ham qattiq bo’ladi. Shuning uchun ekinzorlarda bahorgi yomg’irlardan keyin hosil bo’lgan qatqaloqni zudlik bilan yumshatish lozim. Qatqaloq o’z vaqtida yumshatilmay kechiktirilsa, uning qattiqligi va qalinligi ortib boradi, yumshatish qiyinlashadi va zarari katta bo’ladi. Agar chigit unib chiqqan va unib chiqish oldida bo’lsa, rotasion motigadan, maboda, chigit yoki makkajo’xori unib chiqib, qatorlari bilingan bo’lsa, rotasion yulduzchalar o’rnatilgan kultivatorlardan foydalaniladi. Agar chigit ekib bo’lishi bilan yog’in yeg’sa, qatqaloqni yoppasiga yumshatadigan yengil, tishining uzunligi 6-8 sm bo’lgan «zig-zag» borona bilan qatorlarning ko’ndalangiga boronalash mumkin. Ekinlar qator orasini ishlash muddati va chuqurligi tuproqning holatiga, begona o’tlar bilan ifloslanganligiga va ob-havo sharoitiga qarab belgilanadi. Birinchi kultivasiya maysalar unib chiqqandan boshlanadi. Kultivatorning ikki chetidagi pichoq 6-8 sm, o’rtasidagi g’ozpanja yumshatgich 10-12 sm chuqurlikda ishlatiladi. G’o’za qator oralarining qanday kenglikda (60 yoki 90 sm) bo’lishidan qatiy nazar kultivasiya qilishda 8-10 sm kenglikda himoya zonasi qoldiriladi. Keyingi kultivasiyada yumshatuvchi ish organlarining chetdagi pichog’i 8-10 sm, o’rtadagisiniki esa 14-26 sm chuqurlikda ishlatiladi. Ikkinchi, uchinchi va keyingi kultivasiyalarda himoya zonasi 10-12 sm gacha kengaytiriladi. Har galgi sug’orishdan so’ng yer yetilishi bilan kultivasiya o’tkazish lozim. Bu namlikni saqlashni taminlaydi. G’o’za o’suv davrida 4-5 marta kultivasiyalanadi. Ko’p o’t bosgan hamda ildizpoyali begona o’tlar tarqalgan dalalar chopiq qilinadi. O’simliklarga ishlov berishni oziqlantirish bilan birga qo’shib olib borish kerak. G’o’za rivojlanishining birinchi davrida azot va fosforni, shonalash davrida azotni va gullash-hosil tugish davrida azot va fosforni ko’proq talab qiladi. Xo’jalikning tuproq iqlim sharoitiga qarab, mavsumda g’o’za 3-7 marta va undan ortiq, har xil sxemalarda sug’oriladi. Har galgi sug’orishdan oldin okuchniklar yordamida 18-22 sm chuqurlikda egatlar olinadi. b) yoppasiga ekilgan kuzgi ekinlarni parvarish qilish. Sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida ekiladigan kuzgi boshoqli ekinlarga kuzgi bug’doy va kuzgi arpa kiradi. Kuzgi bug’doy, arpa kuz-qishki va bahorgi nam zaxirasidan yaxshi foydalaniladi. Biologik kuzgi navlari erta kuzda ekilganda, eng yuqori hosil olinadi. Kuzgi bug’doy bu muddatda ekilganda qishgacha ildiz tizimi baqquvat rivojlanadi, yaxshi tuplaydi va shu fazada normal qishlab chiqadi. Kuzgi bug’doy nay chiqarish va boshoqlash davrida suvga eng talabchan bo’ladi. Tuproqning namligi optimal darajada saqlansa, u garmseldan zararlanmaydi. Erta kuzda ekilgan don ekinlariga kuz-qish davrida yaxob suvi beriladi. Kuzgi bug’doy va arpani o’suv davrida 2-3 marta sug’orish kerak. O’zbekiston sharoitida kuzgi don ekinlarini bahorda o’z vaqtida sifatli boronalash natijasida tuproq namni yaxshi saqlaydi, havo almashinishi yaxshilanadi, mikroblar faoliyati faollashadi, bir yillik begona o’tlar 3-8 marta kamayadi va hosil gektariga 1,5-2,0 s/ga ortadi. Ekinzorlarda bir yillik begona o’tlarni yo’qotishda gerbisidlardan granstar, xussar, pardner bir yillik begona o’tlarga, ko’p yillik begona o’tlarga qarshi fyuzilad super qo’llash yaxshi natija beradi. Kuzgi don ekinlarini to’planish va nay chiqarish fazasida azot bilan oziqlantirish muhim ahamiyatga ega. v) Yoppasiga ekilgan bahorgi ekinlarni parvarish qilish. O’zbekiston sharoitida yoppasiga ekiladigan bahorgi ekinlarga bahorgi bug’doy, arpa, ko’p yillik o’tlardan beda va boshqa o’simliklar kiradi. Bu ekinlar ekilgandan keyin yer kamroq ishlanadi. Hozirgi vaqtda bahorgi arpa va bug’doy ekinlari deyarli ekilmaydi, asosan kuzda ekilmoqda. Malumki, beda, suli yoki arpa bilan aralashtirilib ekiladi. Ikkinchi va uchinchi yili beda tuproqning yuqori qatlamini biroz zichlashtiradi. Natijada tuproqning suv o’tkazuvchanligi, aerasiyasi susayadi. Bedapoya erta bahorda og’ir zig-zag borona bilan boronalanadi. Birinchi yili bedapoya boronalanmaydi ham, disklanmaydi ham. Dastlabki yili bedani o’t bosib, uning namlik va mineral moddalariga sheriklik qiladi. O’t bosgan maydonda beda siyraklanadi, ayniqsa ildizpoyali ko’p yillik begona o’tlar o’sgan yerda esa keskin kamayadi. Bedapoyadagi begona o’tlarga qarshi kurashda birinchi o’rimni barvaqt va past o’rish katta ahamiyatga ega. Bedani ikkinchi va uchinchi yili og’ir tishli boronada boronalash yoki disklash katta ahamiyatga ega. Bu ishni bahorda, xali beda ko’karmasdan, yer yetilishi bilanoq bajarish kerak. Ikki marta sifatli qilib boronalash yaxshi natija beradi. Bedapoya boronalanganda yoki disklanganda yer yumshab, nam yaxshi singadi va yaxshi saqlanadi, o’na boshlagan begona o’tlar quriydi. Shuningdek, tuproq aerasiyasi yaxshilanadi, fitonomus bilan zararlanish kamayadi, bedaning ildiz bug’zidagi kurtaklar o’yg’onib, qo’shimcha poya chiqaradi va hosilining sifati yaxshilanadi. Ikkinchi va uchinchi yili bedapoya surunkasiga boronalanmasa yoki diskalanmasa, bedapoyada begona o’tlar ko’payib, oqibatda beda siyraklashib ketadi. Beda dukkakli o’simlik bo’lgani uchun fosforli va kaliyli o’g’itlarga talabi katta. Bedaning ikkinchi va uchinchi yili o’sish davrida erta bahorda gektariga 100 kg fosfor, va 75-100 kg kaliy o’g’iti sepiladi. Mineral o’g’itlar solingandan keyin diskli borona bilan uni yaxshilab ko’mish kerak. Yer sug’orilganda o’g’itlar erib, ildiz oziqlanadigan qatlamga o’tadi. Beda nam sevar o’simlik. Shuning uchun 2-3 yillik bedani har o’rimdan keyin sharoitga qarab 2-3 marta sug’orish yuqori hosil olishda asosiy omildir.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish to’grisidagi strategiyasida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish; sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, melioratsiya va irrigatsiya ob’ektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish; global iqlim o‘zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli choratadbirlar ko‘rish tadbirlari aytib o’tilgan. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlar, ayniqsa, sug’oriladigan yerlar shubhasiz barcha xalqlarning bebaho xazinasi va yashash sharoitining muhim manbai hisoblanadi. Ushbu yerlardan oqilona va samarali foydalanish, ularning yer fondini kengaytirib borish insoniyat oldida doim bosh masala bo’lib kelgan. Bu, ayniqsa aholi soni va oziq – ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabning uzluksiz o’sib borishi bilan o’zining ifodasini topadi. FAO-YUNESKO ma’lumotlariga qaraganda oxirgi o’tgan yarim asr davomida dunyo aholi sur’atining 3 mlrd. dan 6,4 mlrd. ga oshgani holda qishloq xo’jaligida haydab ekiladigan yerlar bor yo’g’i 8 foizgagina oshganligi ushbu yerlarning insoniyat oldida qanchalik qadr-qiymatga ega ekanligini anglab olish mushkul emas. Yer-cheklangan va qayta tiklanmaydigan tabiiy resursdir. Bugungi kunda uning sho’rlanishi, sahrolanishi, irrigatsion va shamol eroziyasi, tuproqning har xil texnik chiqindilar bilan ifloslanishi, gumus va oziqa elementlarning kamayib ketishi kabilar ushbu resursga jiddiy havf solmoqda. Hozirda respublikamizning umumiy 44410,3 ming gektar yer maydonidan qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlari 25681,3 ming gektarni yoki umumiy 6 yer fondining 57,8% ni tashkil qiladi. Shundan qishloq xo’jaligida intensiv foydalaniladigan yerlar, ya’ni sug’oriladigan maydonlar 4,3 mln gektarni tashkil qilib, ushbu yerlar respublikamizning «oltin fondi» hisoblanadi. Ular jami yer fondining 10 foizga yaqinini tashkil etib, yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarining 95 foizini yetkazib beradi. Bu esa respublikamiz qishloq va xalq xo’jaligi tarmoqlarining ishlab chiqarish faoliyatini belgilab berib, davlatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirishda bosh omil bo’lib xizmat qiladi. Bugunda respublikamizda sug’oriladigan yerlarning 49 foizi turli darajada sho’rlangan bo’lib, buning qariyib 18 foizi kuchli va o’rta darajada sho’rlangan yerlardir, 23 foizdan ortig’i esa boniteti past yerlar toifasiga kiradi. Meliorativ holati qoniqarsiz yerlarning katta qismi Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Farg’ona viloyatlariga to’g’ri keladi. Bugungi kunda qishloq xo’jalik mutaxassislari oldida respublikamiz ekin maydonlarini turli salbiy holatlardan himoya qilish, ularga qarshi kechiktirib bo’lmas chora-tadbirlarni ishlab chiqish va qo’llash kabi ishlari bosh masala bo’lib turibdi. Bu esa, o’z navbatida, tarbiyalanayotgan yosh kadrlarni bilimli mutaxassislar qilib tarbiyalashni talab etadi.
Tuproq melioratsiyasi deganda tuproqlarni tubdan yaxshilash tushuniladi. Insoniyat tarixida toki shu kunga qadar tuproqga bo’lgan extiyoj tobora ortib kelmoqda va tuproq xom ashyo yetishtiradigan birdan – bir asosiy vosita bo’lib kelgan va kelgusida ham shunday bo’lib qoladi. Ishlab chiqarish xom ashyolarini oshirish, inson talabini qishloq xo’jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashda har jihatdan xo’jalikda yerlardan oqilona foydalanish bilan birga, xayotda ijtimoiy, ekologik taraqqiyotdan tashqari tuproqlarning o’zida tashqi va ichki sharoit ham mavjud qilishlarini taqoza qiladi. Yuqorida keltirilgan sharoitlar ayrim tuproqlarda tabiatni o’zi hosil qilgan bo’lsa, ayrim tuproqlarda esa bu sharoitlarni inson o’zining ongli mehnati, kuchi, bilimi bilan barpo qilishi kerak, ya’ni yerlarga ishlov berish, sug’orish, quritish, o’g’itlash, haydash kabilar yerlarni (tuproqlarni) tabiiy sharoitini tubdan o’zgartiradi, ya’ni yaxshilab melioratsiya qiladi. Demak, melioratsiya so’zi tuproqlarni hamma xossalarini hisobga olgan holda uni batamom yaxshilash yo’llarini axtarib, oxirgi bosqichda unumdorlik darajasini yanada yaxshilash bilan yakunlanadi. Shuni qat’iy ko’rsatib o’tish lozimki, biz qishloq xo’jaligida mustahkam melioratsiyaga ega bo’lishimiz kerak, bu qachonki yerlarning fizik xususiyatlari, kimyoviy tarkibi, hosil berish darajasi, sarmoya sarf qilish yo’li bilan amalga oshirilsa-yu, ya’ni tuproqlarni hosildorligi oshib boshqa tuproqlarga nisbatan ko’proq hosil bera olsa, bu holda biz qo’shimcha hosil olish bilan bir qatorda shu yerlarda tabiatni yaxshi tomonga o’zgartirishga ega bo’lamiz, ya’ni melioratsiya tabiiy sharoitni o’zgartirishga – yaxshilashga bevosita ta’sir qila oladigan asosiy omillardan biri ekanligi to’g’risidagi fikrga ega bo’lamiz. Demak, xulosa qilib shuni aytish mumkinki, melioratsiya ishlari orqali 12 tuproqlarning tabiiy sharoiti yaxshilana borishi bilan insoniyatni yashash sharoiti ham yaxshilana borib, davlatning rivojlanishi darajasi ham ortadi. U yoki bu mamlakatda aholi sonini ortib borishi, sanoatning hamda insoniyatning qishloq xo’jaligi mahsulotiga bo’lgan ehtiyojini ortishi natijasida melioratsiyaga bo’lgan talabi yanada kuchayadi. Bu o’rinda O’zbekiston yerlarining meliorativ holatiga alohida to’xtalib o’tish lozim. Respublikamiz 44,787 ming gektar maydongaega bo’lib, shundan sug’oriladigan yer maydoni 4280 ming (1 yanvar 2002 yilgacha) gektarni tashkil qiladi. Olimlar ta’kidlaganidek, mazkur sug’oriladigan maydonning 50% dan ortig’i sho’rlanishga qarshi ishlarni olib borishga muhtoj. Birgina bu emas, O’zbekiston barcha sug’oriladigan tuproqlar melioratsiyasining u yoki bu turiga muxtoj. Jumladan, ko’pgina sug’oriladigan yerlar relef sharoitining noqulayligi tufayli suv eroziyasiga uchragan, cho’l zonasida esa ko’pchilik maydonlarda shamol eroziyasi hukm suradi. Buning ustiga bu zonada qurg’oqchilik tez–tez qaytarilib turadi. Tuproqlar degumifikatsiya, zichlanish, ishqorlanish, sho’rtoblanish va boshqalarga qarshi meliorativ tadbirlarga muxtoj. Yuqorida bayon etilganlarni nazarda tutib, ushbu darslikda tuproqlar genezisini, tarqalishini, tarkibini, xossalarini xisobga olgan holda tuproq unumdorligini har xil yo’llar bilan yo’qolishiga yo’l qo’ymaslik uchun uning oziqa, havo, issiqlik, suv omillarini to’g’ri boshqarish orqali tabiiy va iqtisodiy unumdorlikni saqlash yo’llarini izchillik bilan ishlab chiqish va uni amaliyotga tadbiq qilish, shuningdek sug’orish mintaqasi tuproqlari uchun xos bo’lgan to’g’ri suv tartibotini, sug’orish texnologiyasini yangilash, sho’rlarning kelib chiqishi, sho’r yuvish ishlarini to’g’ri tashkil qilish va o’tkazish, nihoyat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida zamonaviy agrotexnikaviy va meliorativ choralarni o’tkazish to’g’risida fikr yuritiladi.
Xulosa:
Xuosa o`rnida shuni aytishimiz mumkunkiy biz bu mavzu orqali o`zimizga juda ko`p ma`lumotlar oldik.Sug`oriladigan yerlar nima? Melyoratsiya nima? O`zlashtirilgan yerlar qanday yerlar? VA ularga qanday ishlov beriladi shu kabi savollarga javob topdik.Bu bilmlarimizni biz kelajada albatta qo`llab birorta ilmiy yutuqlarga erishamiz deb o`ylayman.Bu yutuqlarimizga albattakiy olgan bilimlarimiz asos bo`ladi.
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1.Tuproqshunoslik va dehqonchilik-A.Ramazanov,S.Buriyev .Toshkent-2018
2.Tuproq banitirofkasi-o`quv qo`llanma.Isag`liyev .Farg`ona 2019
3. Ekish oldidan tuproqni ishlashda mashinatraktor agregatlaridan toʻgʻri foydalanishga oid tavsiyalar, T., 1980; Baymetov R. I., Miraxmatov M., Toʻxtakuziyev A.
4, Obrabotka pochvi na povishennix skorostyax dvijeniya v zone xlopkovodstva, T., 1985.
Do'stlaringiz bilan baham: |