Xolchayon tarixi Reja



Download 28,02 Kb.
Sana14.04.2022
Hajmi28,02 Kb.
#550729
Bog'liq
Xolchayon tarixi


Xolchayon tarixi
Reja:
Kirish
1 Xolchayon shahrini kashf etlishi va uning hozirgi o’rni
2 Xolchayon tarixi
3 Xolchayon madanyati
Xulosa

Ilk temir asrining yodgorliklari XX asrning oxirgi choragida Sherobod, Muzrobod, Boysun, Termiz sug‘orilishi vohalarda ancha faol o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi A.A.Asqarov boshchiligidagi Sherobod arxeologik ekspeditsiyasi fanga muhim kashfiyotlarni olib kirdi. Xususan, O‘rta Osiyo xalqlari shahar madaniyatining shakllanishi, rivojlanish dinamikasi, topografiyasi, lokalizatsiyasi, yodgorliklarning turlanishi, qatlamshunoslik, sopollarning turlanishi va umuman moddiy madaniyatini arxeologik manbalar orqali o‘rganishda muhim ishlar amalga oshirildi. Bu yo‘lda G.A.Puganchenkova, A.A.Asqarov, A.S.Sagdullaev, E.V.Rtveladze, T.SH.Shirinov, SH.R.Pidaev, B.Turg‘unov, SH.B.Saydullaev, T.J.Annaev, Z.Xoliqov kabi arxeolog olimlarning hissasi munosib bo‘ldi. Kuchuktepa, Tallashqon, Jarqo‘ton yodgorliklarini akademik A.Asqarov, t.f.d.professor T.SHirinov t.f.d A.Berdimurodov, SH.Shaydullaevlar tomonidan, Termiz shahridagi Nomsiztepa T.J.Annaev tomonidan o‘rganilishi va ilmiy harakatga kiritilishi,shuningdek hayitobod tepa yodgorligining mudofaa devorlari va Boburtepadan topilgan moddiy ashyoviy dalillarni bu davr madaniyatini o‘rganishdagi ahamiyati katta. Hayitobod xarobasi Surxondaryoning o‘ng qirg‘og‘I, Jarqo‘rg‘on tumani markazidan 7 km shimolda joylashgan. Bu yodgorlik Baqtriya ekspeditsiyasining ishtirokchisi K.Sobirov tomonidan o‘rganilgan bu erning mudofaa devori ustida quyi qatlamidan qadimgi Baqtriya davriga oid mudofaa devori topilgan. Qazishma davrida Hayitobod tepaning qal’a qismidan ilk o‘rta asrlarga izsiz sopol idishlar ham topilgan. Hayitobodtepaning tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilishi shuni ko‘rsatadiki, eramizdan avvalgi I ming yillikning o‘rtalarida Shimoliy Baqtriyaning birgina qishlog‘I emas, balki bu erda mudofaa devori bilan o‘rab olingan qal’a va yirik markaz mavjud bo‘lganligini tasdiqlaydi.




Surxon vohasi moddiy madaniyat tarixining eng qadimgi davrini o‘zida aks ettirgan Xolchayon 1960-yilda arxeologlar tomonidan aniqlanib, bu yodgorlik tarix faniga boy tarixiy manbalarni taqdim etdi. Qadimiy tarixiy qadamjolar hisoblangan. Qorabog‘, Maslahat, To‘g‘anoq, Sichqon, Shayit, Qo‘y-qirqilgan, Qo‘y-To‘rabek, Xonaqa tepaliklari arxeolog olimlar tomonidan o‘rganilib, xalq og‘zaki ijodiyotda rivoyat sifatida asrlardan-asrlarga o‘tib kelayotgan fikrlar tarxiy jihatdan ilmiy tahlil etildi. Xolchayondagi Xonaqa tepaligi ostida qadimda hashamatli saroy bo‘lgan. Ushbu topilma miloddan avvalgi V-I asrlarda gurkirab yashnagan Xolchayon saroyining hashamatli binosidagi 6 ustun ayvon bilan 10 xonani o‘z ichiga olgan bo‘lib, asosiy markaziy zalda bir-biriga o‘xshamagan 35 ta erkak va ayollar qiyofalari va 7 ta otda elib kelayotgan chavandozlar qiyofasi devorlarga rasm sifatida chizilgan. Markaziy zaldagi marosim ishtirokchilarining qiyofasi nihoyatda san’at asari sifatida mukammal ishlangan bo‘lib, Xolchayon topilmalaridagi xaykallar 40 yildan ortiqroq O‘zbekiston tasviriy san’at Davlat muzeyida namoyish etilib, San’atshunoslik instituti ilmiy kolleksiyasini boyitib turibdi.1959-yilning bahorida Xolchayon jamoa xo‘jaligining texnik ta’mirlash joyi kengaytirilayotganda buldozer kichik bir tepalikning chetini qirqqanida uchta tosh ustun bo‘laklarini sudrab chiqargan, topilgan narsalar arxeologlarga xabar qilindi. Natijada 1960-yilda San’atshunoslik institutining professori G.A. Pugachenkova rahbarligidagi ekspeditsiya Xolchayon tepaligini tekshira boshlaydi. Bu erdan topilgan yodgorliklar olimlarning har qanday tasavvuridan oshib tushdi, fanga yana bir tarixiy boylik Baqtriya badiiy madaniyatining ajoyib yodgorligi qo‘shildi. Xolchayon topilmalarini ilmiy tekshirish jarayonida Xonaqohtepa, Qorabog‘tepa, Maslahattepa kabi tepaliklar ochib o‘rganildi. Xonaqohtepadan saroy poydevori toshdan, devori esa qalin (1,04- 2,30 m) xom g‘ishtdan ishlanganligi aniqlandi.Denovning qadimiy Xolchayon qishlog‘ida joylashgan Qorabog‘tepa qadimiy manzilgohidan muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, arxitektura qurilishi uchun nodir hisoblangan, uy-joy qurilishi uchun toshdan yo‘nib ishlagan, har biri kamida 400-500 kilogramm keladigan ustun tagida o‘rnatilgan uchta tagkurslarning topilishi alohida ahamiyatga egadir. Ushbu nodir manbalarni marhuma, taniqli olima akademik Galina Anatolevna Pugachenkova 1960-yil “O‘zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi”ni tashkil qilib, ilk bor ushbu tagkurslarni ilmiy asoslab berdi. Qorabog‘tepadan taxminan 500 metr uzoqlikdagi Xonaqox tepaligida qazilma ishlarini olib borish jarayonida, loydan ishlangan varanglar bilan qoplangan 30 tadan ziyod noyob ayvonlarni aniqladi. Nodir xaykallarni o‘rganish jarayonida 4 gektar erni egallagan Qorabog‘tepa shaharchasining darvozasi o‘rnini va uning mustahkam devorini o‘rganishda alohida o‘rin tutdi. 1961-1962-yillarda Qorabog‘tepa atrofi paxtazor dalalar, tutzorlar bilan o‘ralib, arxeologik qazish jarayonlarida birorta ham uy yoki tomorqa yo‘q edi. Bahodir Turg‘unov Dalvarzintepada ishlayotgan vaqtida, Qorabog‘tepa qishlog‘idagi bir tepalikdan tangalar, ikkinchi tepalikdan qimmatbaxo topilmalar uchrayotganligini eshitib, Qorabog‘tepa arxeologik qazishma ishlarida ishtirok etishga harakat qildi. Natijada 1961-yildan tepalikka oid markaziy qism, ya’ni arkni o‘rganishga qatnashdi. Qazishma ishlari davrida avvalo 3 dona, keyinchalik esa bitta tosh tagkurs topilib, ularning atrofida esa xom g‘ishtdan tiklangan devor qoldiqlari va oz bo‘lsada, sopol buyum bo‘laklari ham o‘raganildi. Qazishma davrida topilgan devor, chamasi ayvonning o‘rni bo‘lib, uni eni 1 m, 36 sm. Bo‘lib, ushbu eshik orqali asosiy zalga kirilgan.Ilmiy tadqiqotlar davrida topilgan ulkan toshlar 2300-2400 yillar avval tayyorlangan bo‘lib, chamasi 60-70 km olisdagi Boysun tog‘idan olib kelinganligi taxmin etiladi. Ushbu devor qoldiqlari va uy egasining badavlat shaharliklardan biri bo‘lsa kerak, deb taxmin qilindi. Eng muhimi bu kabi me’moriy yodgorliklari Rim va Yunoniston me’morchiligiga mansub bo‘lib, bunday yodgorliklar dunyoning ko‘p mamlakatlarida, jumladan, Markaziy Osiyodagi qadimiy hashamatli binolarida, xususan, Surxon vohasidagi Xonaqo tepaligidagi podsho saroyi, Dalvarzintepa, Ayritom buddaviy yodgorliklarida ham ko‘plab uchraydi G.A. Pugachenkova “Xolchayon”1 kitobida miloddan avallgi III-I asrlarda Chag‘oniyon taraqqiy etgan, gullab yashnagan manzil ekanligi, Xolchayonda tangalar uy-buyum jixozlari, xumdon va boshqa buyum-ashyolar yuksak did bilan tayyorlanganligini qayd etadi. Milodning III-IV asrlarida Xolchayonning quyirog‘ida, Surxondaryo bilan Qizilsuv daryosi qo‘shilgan joyida qadimgi manzilgoh shakllanganligi ikki daryo oralig‘ida joylashgan ushbu manzilgoh uchburchak shaklida paydo bo‘lgan qadimgi Chag‘oniyonning asosi ekanligi qadimshunos olimlar tomonidan ilmiy o‘rganildi. Akademik V.V.Bartoldning qayd etishicha, “Qadimgi, ya’ni miloddan ilgari dunyoga kelgan Chag‘oniyon davlatining poytaxti ana shu uchburchak ichida joylashgan” degan fikrni izohlab berdi. Uning izohida Chag‘oniyon davlatining markazi Termizdan 24 farsax, bundan Chag‘onrud (Surxondaryo) oqib o‘tishini ta’kidlaydi.Chag‘oniyon bozoriga Vaxshivor, Sina, Sangardak, Xonjiza tog‘ qishloqlaridan savdo ahli kelib, keyinchalik savdo-sotiq ishlarini yo‘lga qo‘yish jarayonida mahalliy aholi bilan aralashib, shahar hududida mahalliy aholi sifatida o‘troq joylashgan. Tog‘lik aholining ko‘zlari ko‘k, qirra burun, sersaqol kishilar bo‘lib, ular Chag‘oniyon qal’asi atrofida joylashib, mol bozorida o‘z otlarini ko‘z-ko‘z qilib, minib hayqirib, qichqirib otlarni choptirganligi tarixiy manbalarda aks etgan. Chag‘oniyon tarixi dunyoni larzaga solgan Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) davrida ham yirik madaniyat markazi ekanligi turli tarixiy manbalarda va arxeologik topilmalarda aks ettirilgan. 2Aleksandr Makdonskiy miloddan avvvalgi 329-yili Oks (Amudaryo)dan o‘tib, Kampirtepani bosib olib, so‘ng tez orada Transoksaniya (Movarounnahr)ni zabt etdi. Miloddan avvalgi 327-yil bahorida uning qo‘shini Hisor tog‘ tizmalari orasida joylashgan qasrda yashiringan Oksiartga qarshi yurishlar olib borib, katta qiyinchiliklar bilan tog‘ cho‘qqisidagi qal’ani zabt etgan, ammo Oksiart omon qoladi. Bunga sabab uning go‘zal qizi Ravshanakka (yunoncha manbalarda Roksana deb keltiriladi) Aleksandrning uylanishi va buning evaziga Oksiartni o‘z qo‘shinlarining bir qismiga lashkarboshi qilib tayinlanishi bo‘lgan. Ushbu tarixiy manbalar Aleksandr Makedonskiyga qarshi Chag‘oniyon hududida ham milliy ozodlik harakatlari olib borilganligi va ushbu hudud mustahkam shahar qal’alaridan iborat bo‘lgan manzilgoh ekanligi qayd etiladi.Chunki, Iskandar yurishlarini yozib qoldirgan Arrian Oksariat tayinlagan sarkardaning kuchli jangovar ekanligini qayd etish bilan birga Iskandarning mahalliy aholidan sarkarda tayinlagan qarorini chin yurakdan ma’qullaydi. Iskandar qalbini tog‘ qiziga topshiradi. U erda aholi bilan aloqani yanada mustahkamlash uchun o‘z yordamchilarini, lashkarboshilaridan ming (ba’zi manbalarda o‘n ming) kishiga erli aholining mingta (o‘n mingta) qizini olib beradi. Mahalliy erli xalqqa uylanib, shunday ajoyib manzarali va boy erlarni tark etmasdan qolib ketgan yunonlar ichida muhandislar (arxitektorlar) va haykaltaroshlar bo‘lib, ular erli xalqlar bilan me’morchilik san’ati sirlarini o‘rtoqlashib, mahalliy xalqqa yunon qurilish san’atini o‘rgatgan. Chunki Xolchayon qurilish san’atida va haykallarida yunon uslubi kengroq qo‘llanilgan.Tadqiqotlar natijasida topilgan katta haykal kallasida yunon uslubi o‘zini alohida aksini topgan. Eng muhimi Xolchayon topilgan tangalarda O‘zbekiston, Tojikiston, Afg‘oniston, Pokiston va Hindiston erlarida keng tarqalgan dastlabki, kushon tangalaridagi kabi sirli shaxs tasviri kengroq zarb qilingan. Xolchayon tangalarning yuz tomoniga bir tomonga qarab turgan hukmdor tasviri bo‘lib, ikkinchi tomonda esa Osiyoliklar kiyimidagi qurollangan otliq podshohga g‘alaba xudosi Nika toj kiydirayotganligi aks etgan. Tangadagi yozuvda “hukmdor Geray Sanab-Kushon” degan so‘zlar bitilgan, Geray dastlabki Kushon hukmdori Kujula Katfizdan oldin yashagan, uning zamonida kushonlar imperiyasi tarkib topmagan edi. Geray hokimiyat tepasiga chiqqach, Kushonlar tangasini birinchi bo‘lib zarb etdi. U o‘zigacha bo‘lgan yunon-makedon hukmdorilarga o‘xshab, Yunoniston madaniyatiga ko‘r-ko‘rona taqlid qilmadi, aksincha Osiyo madaniyatini unga uyg‘unlashtirdi. Xolchayon xaykallarida Geraydan tashqari boshqa saroy a’yonlari, chetdan kelgan elchilar, ot choptirib ketayotgan chavandozlar, sozandalar, masharabozlar ham tasvirlangan. Xolchayon haykallaridagi o‘xshashlik, Xolchayon Gerayning yoki unga yaqin og‘a-inilarining turarjoyi bo‘lgan, degan xulosaga olib keladi.Xolchayondan topilgan bir qator noyob osori atiqalar Kushonlar davrida Chag‘oniyon moddiy madaniyati naqadar yuksalganligidan dalolat beradi. Xolchayondagi tekshirishlar Baqtriya-Kushon zamonining binokorlik texnikasi to‘g‘risidagi ma’lum tasavvurni yanada kengaytirdi. Xolchayon saroyi arxitektura jihatidan g‘oyat muhimdir. Asosiy zalining uch devori 3 m balandlikda oq ganch bilan suvalgan, undan yuqori qismlarda mahobatli haykallar joylashtirilgan. To‘rtinchi devorning to‘q qizil fonida oq ganchdan barg, gul, bir bosh uzum tasvirlanib, naqsh solingan. Saroyning asosiy zalidan chiqiladigan ayvondagi naqshlarda erkaklar surati ham bor: erkaklardan biri baqtriyalikka, yana biri mo‘g‘ulga o‘xshaydi. Uch metr balandlikdagi panel tepasidagi haykal qizil va qora rang mineral bo‘yoq bilan bo‘yalgan. Haykallarning kattaligi odam bo‘yining uchdan ikki qismiga to‘g‘ri keladi. Topilgan ayol haykali ham diqqatga sazovordir: yuzi keng, oq dubulg‘a toshda hurpaygan sochlari aniq ko‘rinib turadi. Haykal tanasidan topilgan parchada haykal ustidagi xalat yoki yoping‘ich saqlangan, xalat tagida to‘q qizil rang ko‘ylak ustidan beldan yuqorida oq tasma bog‘langan. Bu haykal, tanasi, vaziyati, qo‘llarining turishi, dubulg‘a va xalatiga qaraganda, ma’buda Afina haykali bo‘lsa kerak. Markaziy Osiyoga yunonlar ma’budasining qiyofasini makedoniyalik Iskandar olib kelgan, albatta. Xolchayon haykallari orasida Mitra, Nika va boshqa ma’budalarning qiyofalariga yaqin qiyofali haykallar ham bor. Haykal parchalari orasida Xolchayon sozandalari haykallarini ham uchratish mumkin. Baqtriya-Kushon yodgorliklarining yuksak san’atida ellin haykaltaroshligi bilan Parfiya san’ati an’analari ko‘rinadi. Xolchayon haykali hozirgacha noma’lum desa bo‘ladigan qadimgi Baqtriya san’atining allaqachonlar unutilib ketgan so‘qmoq yo‘lidagi yorqin izlaridandir. 3 Xolchayondan topilgan Demitriy tangasi hamda Qorabog‘tepada miloddan avvalgi I asrlarga oid imoratlar qayd etilgani bunga misol bo‘la oladi. Xolchayonda ossuariy sifatida og‘ir qopqoqli a’lo darajada tayyorlangan xum topilgan. Uning ichida bir to‘p ko‘krak suyagi va shikastlangan bosh suyagi yotardi. Aftidan, «ko‘mishga tayyorlash» marosimida «Avesto»dagi mazdakchilik qonun-qoidalariga amal qilingan ko‘rinadi. Murda dastlab yirtqich qushlar yoki maxsus boqilgan murdaxo‘r itlar eb ketishi uchun qo‘yilgan. So‘ngra tozalangan suyak qoldiqlari suyakdonga joylashtirilgan.Surxon vohasi qadimiy tarixini o‘rganishda taniqli arxeolog olim Baxodir Turg‘unov va San’atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti professor Galina Anatoevna Pugachenokova rahbarligida Xolchayon qishlog‘idagi Xonaqo tepaligida 1960-1963-yillari tadqiqot ishlarini olib borib, loydan ishlangan 35 taga yaqin erkak, ayol va otlarning elib ketayotgan chavandoz haykallari va ularning bino zallarining devorlarida qay shaklda o‘rnatilganligi haqida baxslashib turganlarini aks ettirgan devoriy sur’atlarni aniqladilar. G.A.Pugachenkova va B.Turg‘unov tepalik ostidan topilgan bir necha mis tangalarni aniqlab, tangalar miloddan avvalgi IV va milodiy I asrlarga mansub ekanligini aniqlab, ushbu tepalikda podshoning hashamatli saroy qurilganligini, ushbu saroyga bundan 2400-2300 yil avval asos solinganligini isbotlab berdi. Bahodir Turg‘unovning bevosita olib borgan tinimsiz izlanishlari natijasida 2007 yil Xolchayondagi Qorabog‘ tepaligida maxsus qadimiy davrni aks ettiruvchi topilgan arxeologik manbalar asosida muzey ma’nosida uy ayvoni tashkil etildi. Unda huddi Yunon – Rim arxitekturasidagidek hashamatli saroylarning ustunlari tagiga o‘rnatilgan 3 dona ohaktoshdan yo‘nib ishlangan, og‘irligi 400-500 kilogramm keladigan tagkursilar o‘rnatilgan. Bahodir Turg‘unov Qorabog‘tepadagi qazilma ishlarini davom ettirib, ushbu joydan yana o‘sha tagkursilardan bittasini topib olib, muhim manbani ilmiy asoslab berdi.Qorabog‘tepada olib borilgan tadqiqotlarda me’morchilik elementlari, Rim-yunon me’morchilik yodgorliklarida miloddan avvalgi IV-III asrlarda keng qo‘llanilgan, keyinchalik ko‘p davlatlarga tarqalgan, shu jumladan, Markaziy Osiyo yodgorliklarida ham ko‘plab uchraydigan holat takrorlangan. Chunki ushbu me’morchilik elementlari, ya’ni binoning tagkurslari Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Italiya va Fransiya me’moriy inshootlarida ham mavjudligi alohida ahamiyatga ega. Ushbu topilmalar Xonaqa tepaning ayvonida Dalvarzintepadagi ikkita boy badavlat shaharliklar uylari ayvonlarida, Ayritom, Eski Termizdagi Fayoztepa va Qoratepa buddaviy yodgorliklarida ham shu maqsadda ishlatilgan.Tadqiqotlar natijasida Eski Termizning hajmi 500, Dalvarzintepaning 47, Budrachtepaning 100 dan ortiqroq, Zartepaning 16, Beshkapaning 8, Kampirtepalarning 7, Qorabog‘tepaning 4 gektar maydonga ega ekanligi aniqlandi. Shuningdek, xarita orqali Boysunda 17, Sariosiyoda 27, Termizda 29, Sherobodda 30 ta, Sho‘rchi 48 ta, Denovda 53 ta saqlanib qolgan qadimiy shahar, shaharcha, manzilgoh va alohida cho‘qqayib turgan tepaliklar mavjudligi ma’lum bo‘ldi. Milodiy II asr oxiri III asr boshlarida Kushon imperiyasi inqirozga yuz tutadi, bu jarayon Xolchayonda ayniqsa, yorqin iz qoldirgan. Qorabog‘tepa istehkomi darvozasi katta yong‘inda qolgan va uning izlari kushonlar davri qurilishlarida yong‘in qatlami tarzida saqlangan. Xonaqohtepada o‘rganib chiqilgan uchala imorat ham xarob etilgan yoki qulatilgan, bu hol ayniqsa, saroyda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu erda qimmatbaho ashyolar va ibodat buyumlari talon-toroj qilib ketilganligi bilan birga, taxtxonada tosh tagliklardan biri ag‘darib tashlangan, ayvonda esa ustun tagliklari qo‘porilgan, ba’zilari uloqtirib yuborilgan. Demak, Xolchayon taqdirida arxeologik jihatdan muhrlanib qolgan o‘limga mahkumlik III asr boshida Kushon shohligini qamrab olgan umumiy voqea bo‘lgan.
Xulosa
Bu ma'lumotlardan shuni bilishimiz mumkinki o'lkamiz qadim davlardanoq rivojlangan madaniyatlarga ega bo'lgan . Yuqorida Qorabog'tepa o'rgangan yodgorligi muhim obyekt hisoblanadi . Uni organish orqali tarixni tarixni chuqqurroq o'rganishimizga yordam beradi . Mana shunday arxeologik obyektlarni o'rganish jarayonida ozimiz bilmagan mazlumotlarga ham ega bolamiz va ular yangi haqida bemalol o'z fikrlarimizni bu bildirishimiz mumkin . Biz yodgorliklarimizni tadqiq qilish orqali uni butun dunyoga tanitishimiz va turizm soxasini keng yo'lga qo'ya olamiz .
Foydanilgan adabyotlar

  1. Г.А.Пугаченкова “Искусство Бактрии епоху Кушан”

  2. “Городская культура Бактрии-Тохаристона и Согд”

  3. Г.А.Пугачекова,Е.В.Ртвеладзе “Северная Бактрии-Тохаристон очерки истории и культури”

  4. Internet malumoti Google: www/wikipedia.uz.




1 Г.А.Пугачева “Скульптура Халчаяана”

2 Г.А.Пугаченкова “Искусство Бактрии епоху Кушан”

3 “Городская культура Бактрии-Тохаристона и Согд”

Download 28,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish