Dori vositalari haqida malumot. Dori shakllari va ularning tasnifi. Dori turlari texnologiyasi va ishlab chiqarilishi
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI SANOAT FARMATSIYA FAKULTETI SANOAT FARMATSIYA YO’NALISHI 105-A GURUH TALABASI XOMIDOVA SHAXRIZODA TOMONIDAN MUTAXASSISLIKKA KIRISH MODULIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI. DORI VOSITALARI, TURLARI VA SHAKLLARI. REJA:
DORI VOSITALARI HAQIDA MALUMOT.
DORI SHAKLLARI VA ULARNING TASNIFI.
DORI TURLARI TEXNOLOGIYASI VA ISHLAB CHIQARILISHI.
DORI HAQIDA MALUMOT.
Dori — kasalliklarni davolash yoki oldini olish uchun ishlatiladigan modda. Har qanday D.ni odamlarga qoʻllashdan oldin hayvonlarda sinab koʻriladi va klinikalarda kuzatiladi. D.lar kimyo-farmatsevtika zavodlarida sintetik moddalardan, oʻsimlik, hayvon yoki mikrobiologik mahsulotlardan, tez buziladigan ayrim D.lar esa dorixonalarda tayyorlanadi. D.lar turli xilda, mas, suyuq (qaynatma, tindirma, eritma, suspenziya va boshqalar), yumshoq (surtma, liniment, krem, pasta va boshqalar), qattiq (sochma, tabletka, draje, granula va boshqalar) hamda alohida inʼyeksiya maqsadlari uchun ampula holida chiqariladi.
Taʼsiriga koʻra, yurak D.lari, surgi, siydik haydaydigan, ogʻriq qoldiradigan, issiq tushiradigan, narkotik, uyqu keltiradigan va boshqa D.lar boʻladi. Bevosita kasallikning qoʻzgʻatuvchisiga taʼsir qiladigan D.lar alohida guruhni tashkil etadi, bularga bezgak, zaxm, silga qarshi va boshqa D.lar kiradi. Ular kimyoviy terapevtik vositalar deb ataladi. D.larning shifobaxsh taʼsiri bemorning yoshi, ahvoli va dozata bogʻliq. Katta doza organizmni zaharlashi, kam doza esa kasallik qoʻzgʻatuvchisini oʻsha D.ga chidamli qilib qoʻyishi mumkin
D.lar sirtga ishlatiladi, ichiriladi, nafas yoʻli orqali yuboriladi va inʼyeksiya qilinadi. Ularning kuchi, taʼsiri organizmga qay yoʻl bilan va qanchalik tez kiritilishiga bogʻliq. Baʼzi D.lar takror yuborilganda organizmda toʻplanib taʼsir etadi (qarang Kumulyasiya). D.ni koʻrkoʻrona qabul qilish yaramaydi, chunki koʻp kasalliklar belgisi bir-biriga oʻxshaydi, uning uchun keraksiz D.larni qabul qilish sogʻliqqa zarar yetkazadi. Organizmga kirgan D.lar qisman parchalanadi va oʻzgaradi, keyin buyrak, hazm va nafas yoʻllari, ter va boshqa orqali chiqib ketadi.

D.lar uyda bolalarning boʻyi yetmaydigan joyda saqlanishi kerak. Har bir D.ni yaroklilik muddati yorligʻida qayd qilinadi, belgilangan mudsatdan uzoq saqpanganda taʼsirini yoʻqotadi. Keyingi yillarda xorijdan keltirilgan D.lar xili bir kadar ortdi, shu bois uni faqat vrach maslahati bilan qabul qilish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |