Keys stadi. Mehnat taklifiga daromad ta’siri: tarixiy yo`nalishlar, lotereya
g'oliblari va karnegi taxmini
Orqaga yo`nalgan mehnat taklifi egri chizig`i g'oyasi dastlab oddiy nazariy qizi-quvchanlik kabi tuyulishi mumkin, lekin aslida, unday emas. Dalillar mehnat taklifi egri chizig`i uzoq vaqt davomida orqaga yo`nalishiniko`rsatadi. Yuz yil avval, ko`p odamlar bir hafta olti kun ishlashgan. Bugungi kunda, hafta besh kunlik ish norma. Shu bilan bir-ga ish haftasi uzunligi kamayib,tipik ishchi ish haqi (Inflyatsiya o`zgarishi bilan) ortib bormoqda.
Bu yerda iqtisodchilar bu tarixiy voqeani qanday tushuntirishadi: Vaqt o`tishi bilan texnologiya ishchilar samaradorligini va, shunday qilib, mehnatgatalabni oshirdi. Meh-natga talab ortishi muvozanat ish haqini ko`tardi. Ish haqi ko`tarilishi, mehnat uchun mukofot bo`ladi. Biroq, juda ko`p mehnatni rag'batlantirishga javoban, ishchilar ko`p-roq hordiqni tanlashadi. Boshqa so`zlar bilan aytganda, yuqori ish haqining daromad ta'-siri almashtirish ta'siridan baland bo`ladi.
Mehnat taklifiga daromad ta'siri kuchli ekanligini yana boshqa dalillari juda ko`p, ma-salan: lotereyalar g'oliblari. Lotereyada yirik mukofotlar sovrindorlari, daromadlarini o`zgarishi natijada ularning byudjet sig`imini tashqariga siljitadi.
G'oliblarining ish haqi o`zgarmagani sababli ularning byudjet sig`imi o`zgarmay qo-ladi. Shuning uchun almashtirish ta'siri yo`q. Lotereya g'oliblarini xatti-harakati o`rgani-lib, biz mehnat taklifiga daromad ta'sirini izolyatsiyalashimiz mumkin.
Lotereya g'oliblarini o`rganish natijalari ajoyib bo`ladi. O`sha g'oliblardan kim 50000 $ dan ortiq yutsa, deyarli 25 foizi bir yil ichida ishlashni kamaytiradi va boshqa 9 foizi mehnat soati sonini kamaytiradi. Yana $ 1 milliondan ortiq yutuq g'oliblarining de-yarli 40 foizi ishlashni to`xtatadi. Bunday katta yutuq mehnat taklifiga daromad ta'siri sezilarli bo`ladi.
Huddi shunday natijalar 1993 yilda Quarterly Journal of Economics jurnalida chop etilgan vasiyat olish qanday qilib shaxsning mehnat taklifiga ta'sir qilishini o`rganishda topilgan. Tadqiqot bir kishi$ 150,000 danortiq meros olsa,$ 25,000 dan kam meros ol-gan shaxsdan ko`ra to`rt marta ko`p ishlashni to`xtatadi degan ehtimoli topildi. Ushbu topilma 19-asr sanoatchisi Endryu Karnegi hayron qoldirmadi. Karnegi "Odatda o`g'liga ulkan boylik qoldirgan ota ona o`g'lining iqtidori va kuchini o`ldiradi, va uni foydasiz va kam munosib hayot kechirishga olib keladi." deb ogohlantirgan.
Bu Karnegi mehnat taklifiga daromad ta'sirini sezilarliligini va uning otalik nuqtai nazardan qayg'ulidir. Karnegi hayoti davomida va vafotidan keyin o`zinig ulkan boyligi dan ko`p sadaqa berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |