Qonun ijodkorligi bosqichlarini muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering


Ikkinchi muammoga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Prezident qonun loyihasining ayrim moddalariga



Download 375,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/37
Sana11.07.2022
Hajmi375,01 Kb.
#775993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Javoblar YN DHN

Ikkinchi muammoga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Prezident qonun loyihasining ayrim moddalariga 
e’tiroz bildirib, tavsiya va takliflar bilan qonunni Qonunchilik palatasiga qaytarishga haqlimi ? 
Yuqorida ta’kidlanganidek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasi qonun ishlab chiqilishi 
protsessini o’z ichiga oladi. Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati 
ma’qullagan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kun ichida 
yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon 
qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga qaytarishga haqli.
Demak, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti qonun loyihasining ayrim moddalariga e’tiroz bildirib, tavsiya va takliflar bilan qonunni 
Qonunchilik palatasiga qaytarishga haqli isoblanadi. 
Uchinchi muammoga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Prezident tomonidan qaytarilgan qonunning 
Qonunchilik palatasi majlisida qayta ko‘rib chiqish tartibi qanday ? 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 17-
moddasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaytargan qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib 
chiqish tartibi to’g’risida bo’lib, unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e’tirozlar 
bilan qaytarilgan qonun Qonunchilik palatasi tomonidan bir oylik muddatda qayta ko‘rib chiqilishi kerak. 
Mas’ul qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun yuzasidan xulosa beradi. 
Mas’ul qo‘mitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqish 
masalasi belgilangan tartibda Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik 
palatasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: -qonunni O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda qabul qilish; -qonunni bundan buyon ko‘rib 
chiqmaslik; -qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda ma’qullash. 
Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan 
ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, Senatga ma’qullash uchun yuboriladi. 
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasi 
Qonunni Senat tomonidan qayta ko‘rib chiqish tartibi to’g’risda bo’lib, unga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi 


Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun qayta ko‘rib chiqish uchun bevosita Qonunchilik palatasiga 
yuboriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi qayta ko‘rib chiqishda 
ilgari qabul qilingan tahrirda ma’qullagan qonun belgilangan tartibda Senatga yuboriladi. 
Mas’ul qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan va Qonunchilik palatasi ilgari 
qabul qilingan tahrirda ma’qullagan qonun yuzasidan xulosa beradi. 
Mas’ul qo‘mitaning xulosasi olinganidan keyin qonunni Senat tomonidan qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi 
masala belgilangan tartibda Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritiladi. Senat qayta ko‘rib chiqish 
natijalari bo‘yicha qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
Senat tomonidan qayta ko‘rib chiqishda senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik 
ovozi bilan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun Senat qarori bilan birgalikda belgilangan 
tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. 
Senatning qayta ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi qarori 
mazkur qaror qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Qonunchilik palatasiga yuboriladi. 
Agar Senat rad etgan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun Qonunchilik 
palatasida qayta ko‘rib chiqilganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Senatning e’tirozlarini 
hisobga olgan holda yangi tahrirda qabul qilinsa, ushbu Qonunni Senat yangidan qabul qilingan qonun sifatida 
belgilangan tartibda ko‘rib chiqadi. 

Download 375,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish