Qonun ijodkorligi bosqichlarini muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering



Download 375,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/37
Sana11.07.2022
Hajmi375,01 Kb.
#775993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Javoblar YN DHN

R – Rules (Qonunlar) 
Kazusni hal qilish uchun quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar kerak bo’ladi: 
- O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (XVIII bob. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi) 
- “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 
tegishli moddalari , - “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 
tegishli moddalari 
A – Application (Yechim) 
Birinchi muammoga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Qonunchilik tashabbusi va uning bosqichlari 
nimalardan iborat ? 
Qonunchilik tashabbusi bu qonunni yaratish jarayoni, ya’ni qonun chiqaruvchi organ doirasidagi bevosita 
faoliyat 
qonunchilik 
tashabbusi 
ro‘yobga 
chiqishidan 
boshlanadi. 
Qonunchilik tashabbusi huquqi esa bu Konstitutsiyada belgilangan vakolatli organlar, tashkilotlar va shaxslar 
tomonidan muayyan qonun loyihasini yoki yangi qonun qabul qilish to‘g‘risida, shuningdek qonunni 
o‘zgartirish yoxud uni bekor qilish to‘g‘risidagi taklifning Oliy Majlis e’tiboriga taqdim etilishi va parlament 
tomonidan bu masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish haqida tegishli qaror qabul qilishdir. 
Qonunchilik jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 
- qonunchilik tashabbusi; 
- qonun loyihalarini ko‘rib chiqishga qabul qilish va loyihani muhokama qilish
- qonunlarni qabul qilish va ma’qullash; 
- qonunlarni imzolash, e’lon qilish. 
Amaldagi qonunchilikka binoan, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga muvofiq, 
qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik 
organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy 
sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan 
qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga 
oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasida qonun yaratish jarayoni mustahkamlangan. 
Unga asosan, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti tomonidan imzolangach va qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon 


qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi. Qonunlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan, konstitutsiyaviy qonunlar mutloq 
ko‘pchilik ovoz bilan (mamlakatimizda uchdan ikki qism ovoz bilan) qabul qilinadi. 
Qonunchilik palatasiga qonun loyihasini taqdim etgan subyektlar loyihaga quyidagilarni ilova sifatida taqdim 
qilishi shart: 
- qonun loyihasiga uning konsepsiyasi bayon qilingan holdagi tushuntirish xati
- o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek qonun loyihasi kiritilishi bilan bog‘liq 
qonunlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi qonun loyihasi; 
- o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi, o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi yoki qabul qilinishi lozim 
bo‘lgan qonunosti hujjatlarining ro‘yxati; 
- moddiy harajatlarni talab qiladigan qonun loyihalari uchun moliyaviy-iqtisodiy asoslar
- davlat daromadlarini kamaytirish yoki davlat xarajatlarini ko‘paytirish, shuningdek O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat budjeti moddalari bo‘yicha o‘zgartirishlarni nazarda tutuvchi qonunlarning loyihalari 
yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining xulosasi. 
Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy 
sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Konstitutsiyaviy qonunlar esa uchdan ikki qism ovoz bilan 
qabul qilinadi. Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun o‘n kun ichida Senatga ko‘rib chiqish 
uchun yuboriladi. 
Konstitutsiyamizga asosan, Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun Senat tomonidan ko‘rib chiqilib, 
ma’qullanishi kerakQonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullanadi. 
Senat tomonidan ma’qullangan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun Senat qarori bilan birgalikda 
belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
tomonidan qonun o‘ttiz kun ichida imzolanadi va e’lon qilinadi.
Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning matbuotda e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining 
majburiy shartidir. 

Download 375,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish