Qonunchilik tashabbusini sub’ektlari doirasini muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering.
Huquq ijodkorligi
– vakolatli davlat organlari va mansabdor shaxslarning (referendum chog‘ida – butun
xalqning) huquq normalarini o‘rnatish, o‘zgartirish, takomillashtirish va bekor qilishga yo‘naltirilgan maxsus
faoliyatidir. Huquq ijodkorligi faoliyatiga nafaqat yangi huquqiy normalar o‘rnatish, balki ilgari chiqarilgan
normativ-huquqiy qoidalarni o‘zgartirish va bekor qilish ham kiradi. Davlat huquqiy normani o‘rnatish yoki
ma’qullash orqali huquqni qo‘llash va huquqni qo‘riqlashdek serqirra, murakkab jarayonlarga turtki beradi.
Huquq ijodkorligi tufayli vujudga keltiriladigan huquq normalari davlat organlarining turli xil rasmiy
hujjatlarida aks ettiriladi. Bunday rasmiy hujjatlar normativ-huquqiy hujjatlar deb ataladi. Huquq ijodkorligi
davlat xarakteriga ega bo‘lgan aktiv faoliyatdir. Davlat organlari jamiyat taraqqiyoti ehtiyojlaridan kelib
chiqqan holda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish funksiyasini amalga oshirib boradilar.
Xalq, davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar yuridik normalarni o‘rnatuvchi subyektlar
sifatida e’tirof etiladi. Shu ma’noda huquq ijodkorligining turlari haqida so‘z yuritish mumkin.
Huquq ijodkorligining quyidagi turlari mavjud:
1) Xalqning bevosita huquq ijodkorligi.
Xalq tomonidan amalga oshiriladigan huquq ijodkorligining eng
yorqin ifodasi referendum – davlat va jamiyat hayotining o‘ta muhim masalalari bo‘yicha umumxalq ovoz
berishidir.
Referendum huquq ijod etishning alohida shakli sifatida xalqning o‘z irodasini bevosita bayon etishi
hisoblanadi. Bu huquqiy normalar yaratishning o‘ta nufuzli turi bo‘lib, referendum natijalari davlat hokimiyat
organlarining bironbir tarzdagi tasdiqlashiga muhtoj emas. Referendum yo‘li bilan qabul qilingan hujjat
mamlakat hududida oliy yuridik kuchga ega bo‘ladi va faqat referendum orqali bekor qilinishi yoki
o‘zgartirilishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasining «Referendum to‘g‘risida»gi Qonunini 1-moddasi). U
qat’iy irodaviy mazmundaga siyosiy-yuridik institutdir. Mohiyat-e’tibori bilan referendum davlatning u yoki
bu qarorining xalq ovozi bilan tasdiqlanishi, shu orqali unga uzil-kesil va umummajburiy xususiyat baxsh
etilishidir. Xalqning intilish va istaklari, manfaat va irodasini aniqlash hamda qonun darajasiga ko‘tarishda
referendum eng samarali usul hisoblanadi. «Xalq huquq ijodkorligi» tushunchasining butun mazmuni, barcha
qirralari birgina «referendum» instituti orqali batafsil ochilmaydi. Xalqning bevosita huquq ijodkorligi ancha
keng tushuncha bo‘lib, uning mazmuniga quyidagi voqeliklar ham kiradi:
– xalqning huquq tashabbuskorligi;
– huquqiy hujjat (qonun) loyihasining jamoatchilik (umumxalq) muhokamasi;
– huquqiy hujjatni, qonunni xalq ovoz berishi orqali qabul qilish (referendum).
Demak,
referendum
xalq
huquq
ijodkorligining
bir,
yakuniy
bosqichidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |