Mashg‘ulot Sohaviy farmoyish hujjatlarining xususiyatlari



Download 19,94 Kb.
Sana02.03.2023
Hajmi19,94 Kb.
#915956
Bog'liq
13-mavzu


13-mashg‘ulot
Sohaviy farmoyish hujjatlarining xususiyatlari.


Reja:

  1. Farmoyish hujjatlarining turlari.

  2. Farmoyish hujjatlarining sohalarda qo‘llanishi.



Tаyanch soʻz va iboralar:
Farmoyish hujjatlari, farmoyish hujjatlari, leksik xususiyat, stilistik xususiyat, buyruq, qaror, nizom, farmon, nutqiy qolip, matn tayyorlash.
Muayyan muassasa, tashkilot oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida buyruq, farmoyish, ko`rsatma kabi farmoyish hujjatlaritayyorlanadi. Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda
tuziladi.
Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoit ko`rsatiladi, asos qilingan buyruq (hujjat)ga havola qilinadi. Asoslashga ehtiyoj bo`lmagan hollarda to`g`ridan to`g`ri buyruqning farmoyish qismi beriladi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» so`zini bosh harflar bilan ikki nuqta qo`yib yozishdan boshlanadi. Shundan so`ng farmoyish yoziladi. Agar farmoyish bir nechta bo`lsa, bandlarga ajratilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi fe’lning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin, o`tkazilsin, qabul qilinsinkabi). Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani, ba’zan esa ilgarigi joriy yoki boshqa hujjat bekor qilinganligi qayd etiladi. Ba’zan farmoyishdan so`ng buyruqqa asos bo`lgan hujjat nomi ham ko`rsatiladi.
Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling:
– hujjat jo`natilayotgan (yozilayotgan) tashkilot
nomini, mansabdor shaxs ismi, otasining ismi va familiyasini rasmiy nomlanishlariga to`la muvofiq holda
yozish;
– hujjat matniga aniq sarlavha qo`yib, sarlavhani
bosh harflar bilan yozish; masalan: xizmat safari haqida;
– hujjat turiga muvofiq uning zaruriy qismlarini
o`rniga muvofiq joylashtirish, tartibi, harflar hajmini to`g`ri belgilash;
– gap qurilishida so`zlar tartibiga qat’iy rioya qilish;
– matnda ko`chma ma’noli so`z va iboralarni, qochiriq yoki kinoyaga ishora qiluvchi birikmalarni, mavhum ma’noli so`zlarni qo`llamaslik;
– murakkab tuzilishdagi jumlalardan, ritorik va hishayajon mazmunidagi gaplardan foydalanmaslik;
– norasmiy va asoslanmagan ma’lumot yoki dalillarni kiritmaslik;
– muayyan andazaga solingan, qoliрlangan, soha atamasi sifatida qabul qilingan birikmalarni qo`llash;
– qabul qilinmagan qisqartma va belgilarni qo`llamaslik;
– so`zlar va gaplarda imlo me’yorlariga amal qilish, tinish belgilarni o`z o`rniga to`g`ri qo`yish, tuzatish yoki o`chirishlarga yo`l qo`ymaslik;
– matnning yozilish sanasini, imzolovchi shaxs lavozimi va ismi, familiyasini aniq ko`rsatish. Masalan: 2010- yilning 18- oktabri, «Hashar» shirkati raisi Said Olimov kabi.
NAMUNA:
Vazirlik nomi
Muassasa nomi
SARLAVHASI
00.00.0
joyi №____
B U Y R U Q
Asoslovchi (kirish) qismi
______________________________________________________
______________________________________________________
BUYURAMAN:
1.______________________________________________________
2.______________________________________________________
3. ______________________________
4. Buyruq ijrosini nazorat qilish_______________ zimmasiga yuklatilsin (lavozimi va familiyasi to‘liq yoziladi)
Direktor: (imzo) I.Familiyasi
Adabiyotlar:

  1. Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N. Ish yuritish (amaliy qo‘llanma). – Toshkent, O‘zME, 2014.

  2. Абдураҳмонов Ғ. Стилистик нормалар ҳақида//Ўзбек тили ва адабиёти, 1969, № 6, 51-б.

  3. Бегматов Э., Бобоева А., Асомиддинова М., Адабий норма ва нутқ маданияти. Т.,1983.

  4. Иброҳимов С. Нутқ маданияти ва адабий талаффуз ҳақида Т.,1972.

  5. Нутқ маданиятига оид масалалар. (Мақолалар тўплами) Т.,1973.

  6. Тожиев Ё., Ҳасанова Н., Тожиматов Ҳ. Йўлдошева О. Ўзбек нутқи маданияти ва услубият асослари. Т.,1994.

Download 19,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish