Qonun ijodkorligi bosqichlarini muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy baho bering


To’rtinchi muammoga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Prezident qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan



Download 375,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/37
Sana11.07.2022
Hajmi375,01 Kb.
#775993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Javoblar YN DHN

To’rtinchi muammoga e’tibor qaratadigan bo’lsak, Prezident qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan 
qayta ko‘rib chiqish tartibiga amal qilinmaganligini ta’kidlab, qonunni imzolamasligi huquqiy jihatdan 
to’g’rimi ? 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi 
qabul qilingan tahririda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 
deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan 
ma’qullansa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon 
qilinishi kerak. Mazkur kazusda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun to‘g‘ridan 
to‘g‘ri qayta ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritilishi va Qonunchilik 
palatasi deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinib, imzolash uchun O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentiga yuborilgani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tegishli qonunchilik 
hujjatlariga muvofiq keladi. Shunday ekan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni Qonunchilik palatasi 
tomonidan qayta ko‘rib chiqish tartibiga amal qilinmaganligini ta’kidlab, qonunni imzolamasligi huquqiy 
jihatdan to’g’ri emas. Qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq , qonun 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak. 
C – Conclusion (Xulosa). 
Mazkur kazusda Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan 
ma’qullangan Qonun imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborilgani aytilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti esa qonunning ayrim moddalariga e’tiroz bildirib, tavsiya va takliflar 
bilan qonunni Qonunchilik palatasiga qaytardi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga 
muvofiq , O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunning ayrim moddalariga e’tiroz bildirib, tavsiya va 
takliflar bilan qonunni Qonunchilik palatasiga qaytarishga vakolatli hisoblanadi va bu huquqiy jihatdan to’g’ri 
hisoblanadi. Prezident tomonidan qaytarilgan qonun to‘g‘ridan to‘g‘ri qayta ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik 
palatasi majlisining kun tartibiga kiritildi. Bu qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga 
kiritilishi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 
Qonunning 17-moddasiga muvofiq hisoblanadi. Lekin Qonunga hech qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar 
kiritilmasdan, u Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilindi va 
imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi. Mazkur kazusda Qonunga hech qanday 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmasdan qayta ovozga qo’yilishi qonunchilik hujjatlariga zid hisoblanadi, 
ya’ni qonunni qayta ko’rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan Prezident bildirgan tavsiya 
va takliflarlar inobatga olingan holda ko’rib chiqilishi lozim. Prezident qonunni Qonunchilik palatasi 
tomonidan qayta ko‘rib chiqish tartibiga amal qilinmaganligini ta’kidlab, qonunni imzolamasligi huquqiy 
jihatdan noto’g’ri hisoblanadi, mazkur vaziyatda qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n 
to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.


22. Huquqni sharhlash – maxsus yuridik vakolatli organlarning huquqni qo‘llashni tartibga solish maqsadida 
huquqiy normalar talablari mazmunini aniqlash va tushuntirish bo‘yicha faoliyatini anglatadi. Shu ma’noda 
aytish mumkinki, huquq normalarni sharhlash huquqni qo‘llash jarayonida muhim o‘rin tutadi. Sharhlash o‘z 
navbatida huquqni amalga oshiruvchilarni huquq normalarini bir xil ma’noda tushunish va aynan qo‘llashga 
yo‘naltiradi. Zero, huquqni qo‘llashdan oldin uning ma’no va mazmunini yaxshilab anglab olish kerak. 
Sub’ektlarga bog‘liq ravishda huquqni sharhlashning rasmiy va norasmiy turlari ajratib ko‘rsatiladi.

Download 375,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish