4-mavzu: Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish
jarayonlarida jismoniy tarbiyaning mohiyati.
Reja:
1.Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish sharoitida jismoniy
tarbiya va sport tizimini tashkil qilish hamda boshqarish
2.Sport menejmentining paydo bo‗lishi, uning jismoniy tarbiya va sportni
boshqarishdagi ahamiyati.
3.Jismoniy tarbiya va sport soxasida menejment asoslari, ularning tushunchalari.
4.Bozor iqtisodiyoti sharoitida jismoniy tarbiya va sport
tizimini tashkil qilish
hamda boshqarish.
5. Menejmentlik,
undan
jismoniy
tarbiya
va
sport
tizimida foydalanish; menejment funksiyasining tahlili,
sport tashkilotlari
faoliyatlarining afzalliklarini baxolash.
6. Sport menejmentida moliyaviy-iqtisodiy va xuquqiy asoslar. Sportchilarni iqtisodiy-
ijtimoiy himoyalash.
Tayanch so’z va iboralar:
Jamiyat taraqqiyoti,ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish,sportni
boshqarish, Jismoniy tarbiya va sport soxasida menejment,Xuquqiy
asoslar , himoyalash,ta‘lim,
tarbiya
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
Sportni boshqarish haqida umumiy tushuncha berish,
Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlarida jismoniy tarbiyaning
mohiyati
va sportni boshqarishda kasbiy bilim, ko‗nikma va malakalarga ega qilish.
O’quv faoliyati natijalari:
Menejmentlik,undanjismoniy tarbiya va sport tizimida foydalanish; menejment funksiyasining
tahlili, sport tashkilotlari faoliyatlarining afzalliklarini baxolash;
Sport menejmentida moliyaviy-iqtisodiy va xuquqiy asoslar. Sportchilarni
iqtisodiy-ijtimoiy
himoyalash.
O‗zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning davlat idoralari va jamoat
tashkilotlari avvaldan mavjud bo‗lib, ularning tizimlari xam xozirgi sharoitlar asosida
faoliyat ko`rsatib bormoqda. Jismoniy tarbiya va sportni
boshqarishning davlat
idoralari tizimida bosh vazifani bajaruvchi O‗zbekistan Davlat jismoniy tarbiya va sport
vazirligi xisoblanadi. Shuningdsk, o`quv yurtlari va boshqa tarbiyaviy muassasalarda ham
jismoniy tarbiya va sport ishlari ma`sul vazirliklar, boshqarmalar,
kompaniyalar,
korporatsiyalar va xakazolar tomo-nidan amalga oshiriladi. Bu, o`z navbatida, davlat
tizimini tashkil etadi.
Turli sport jamiyatlari, ularning quyi tarmoqlari hamda
O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi, sport turlari bo`yicha uyushmalar
/federatsiyalar/, assotsiatsiyalar va xakazolar esa
jismoniy tarbiya va sportni
boshqarishning jamoat tizimlari xisoblanadi.
Bu ikki yo`nalishdagi asosiy tizimlarda menejerlik xususiyatiga ega bo‗lgan o`z-
o`zini moliyaviy taminlash maqsadida xo`jalik yuritish, pullik xizmat va xomiylik
soxalari faoliyat ko`rsatmoqda.
O‗zbekistonda olib
borilayotgan turli isloxatlar, ayniqsa, bozor iqtisodiyoti
munosabatlarining yangi bosqichlar sari qadam qo`yishida jismoniy tarbiya va sportni
boshqarishning yangi shakl va mazmunlari yuzaga kelmoqda.
Yangi jamoalar
/komanda/, federatsiyalar, assotsiatsiyalar, maktabdagi faoliyat ko`rsatuvchi sport klublari,
soglomlashtirish markazlari va xakazolar menejerlik faoliyatiga kirib borish
imkoniyatlariga ega bo‗lmoqda.