«O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING AYRIM MODDALARIGA O'ZGARTISH VA QO'SHIMCHALAR KIRITISH TO'G'RISIDA (78, 80, 93, 96 VA 98-MODDALARIGA)»GI
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida
(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2011 y., 16-son, 160-modda)
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011 yil 16 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011 yil 25 martda ma'qullangan
1-modda. O'zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Prokuratura to'g'risida»gi 746-XII-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasining 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan 257-II-sonli Qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001 yil, № 9-10, 168-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 6, 249-modda; 2008 yil, № 9, 487-modda, № 12, 636-modda) 12-moddasining ikkinchi qismidagi «O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori hamda uning o'rinbosarlarini» degan so'zlar «O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini» degan so'zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 mayda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to'g'risida»gi 818-XII-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan 524-II-sonli Qonuni tahririda) (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9-10, 138-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 12, 465-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:
1) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning o'rinbosarlari, vazirlar, davlat qo'mitalarining raislari kiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi hukumatining boshlig'i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o'z lavozimi bo'yicha kiradi.
Bosh vazir nomzodi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko'p deputatlik o'rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko'p deputatlik o'rinlarini qo'lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko'rib chiqqanidan keyin o'n kun muddat ichida uni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko'rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishincha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining yarmidan ko'pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
Agar ovoz berish vaqtida Bosh vazir nomzodi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati a'zolari umumiy sonining ko'pchilik ovozini ololmasa, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraktsiyalari bilan qo'shimcha maslahatlashuvlar o'tkazganidan so'ng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.
Vazirlar Mahkamasining a'zolari Bosh vazir taqdimiga binoan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Bosh vazir va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o'rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to'g'risida qaror qabul qiladi. Bunda Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste'foga chiqadi.
Yangi Bosh vazir nomzodi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraktsiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o'tkazilganidan so'ng O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko'rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.
Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida o'z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi»;
2) 41-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi «d» band bilan to'ldirilsin:
«d) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda»;
3) 15-moddaning ikkinchi qismi:
quyidagi mazmundagi ettinchi xatboshi bilan to'ldirilsin:
«O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini tayinlash hamda lavozimidan ozod etish to'g'risidagi taqdimnomani kiritadi»;
ettinchi xatboshisi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
4) 20-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O'zbekiston Respublikasining Prezidenti O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga asoslangan holda Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlarini hamda Bosh vazir farmoyishlarini bekor qilishga haqli».
3-modda. O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to'g'risida»gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 213-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimchalar kiritilsin:
1) 8-modda birinchi qismining 15-bandi birinchi xatboshisi «shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish» degan so'zlar bilan to'ldirilsin;
2) 9-modda birinchi qismining 6-bandidagi «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va» degan so'zlardan keyin:
«uning o'rinbosarlarini» degan so'zlar chiqarib tashlansin;
«Hisob palatasi raisini» degan so'zlar bilan to'ldirilsin.
4-modda. O'zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to'g'risida»gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002 yil, № 12, 215-modda; 2003 yil, № 5, 67-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda) 8-moddasi birinchi qismining 15-bandi birinchi xatboshisi«shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish» degan so'zlar bilan to'ldirilsin.
5-modda. O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to'g'risida»gi 522-II-sonli Qonuni (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9-10, 136-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda) 22-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko'p deputatlik o'rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko'p deputatlik o'rinlarini qo'lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni ko'rib chiqqanidan keyin o'n kun muddat ichida uni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko'rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash to'g'risidagi taqdimnomasi mazkur taqdimnoma kiritilgan kundan e'tiboran etti kun ichida Qonunchilik palatasi tomonidan ko'rib chiqiladi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko'pi ovoz bergan taqdirda Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.
Agar ovoz berish vaqtida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Qonunchilik palatasida Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining ko'pchilik ovozini ololmasa, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti barcha fraktsiyalar bilan qo'shimcha maslahatlashuvlar o'tkazganidan so'ng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Qonunchilik palatasi o'rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to'g'risida qaror qabul qiladi. Bunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste'foga chiqadi.
Yangi O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha fraktsiyalar bilan tegishli maslahatlashuvlar o'tkazilganidan so'ng O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko'rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Qonunchilik palatasining O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uch kun ichida O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Qonunchilik palatasini tarqatib yuboradi.
Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish to'g'risidagi qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uch oy ichida o'tkaziladi».
6-modda. O'zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to'g'risida»gi 523-II-sonli Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9-10, 137-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda) quyidagi o'zgartishlar kiritilsin:
1) 18-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash to'g'risidagi taqdimnomasi Senat tomonidan uning yaqin oradagi majlisida ko'rib chiqiladi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun Senat a'zolari umumiy sonining yarmidan ko'pi ovoz bergan taqdirda Senat tomonidan tasdiqlangan hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Qonunchilik palatasi o'rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to'g'risida qaror qabul qiladi. Bunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste'foga chiqadi.
Yangi O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraktsiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o'tkazilganidan so'ng O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko'rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
Senatning O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini tasdiqlash masalasi yuzasidan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uch kun ichida O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Senat tomonidan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Senatni tarqatib yuboradi.
Senat tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish to'g'risidagi qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uch oy ichida o'tkaziladi»;
2) 25-moddadagi «va uning o'rinbosarlarini» degan so'zlar «O'zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi» degan so'zlar bilan almashtirilsin.
7-modda. O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to'g'risida»gi O'RQ-88-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 161-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda) quyidagi o'zgartish va qo'shimcha kiritilsin:
1) 4-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko'p deputatlik o'rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko'p deputatlik o'rinlarini qo'lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni ko'rib chiqqanidan keyin o'n kun muddat ichida uni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko'rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun tegishincha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining yarmidan ko'pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
Agar ovoz berish vaqtida O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati a'zolari umumiy sonining ko'pchilik ovozini ololmasa, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraktsiyalari bilan qo'shimcha maslahatlashuvlar o'tkazganidan so'ng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o'rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish to'g'risida qaror qabul qiladi. Bunda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste'foga chiqadi.
Yangi O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraktsiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar o'tkazilganidan so'ng O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga ko'rib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish to'g'risidagi qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uch oy ichida o'tkaziladi»;
2) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi «d» band bilan to'ldirilsin:
«d) O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda».
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.
O'zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.
Do'stlaringiz bilan baham: |