Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


“Fonetika” dan:  1-masala



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

“Fonetika”
dan: 
1-masala.
Avval unli, keyin undosh tovushlarni talaffuz qilib ko`ring. Siz 
ular orasida qanday farqni sezyapsiz? Qaysi belgilarga qarab ularni unli va 
undosh tovushlarga ajratdingiz?
A, i, o, e, u, o`
tovushlarining unli tovush 
ekanligini isbotlang. 
2-masala.
Qatiq-qattiq, dara-darra singari so`zlarning farqi bormi? 
Ularning bir so`z emasligini isbotlang. 

Leksika”
dan 
1-masala.
Uzukning ko`zi, buloqning ko`zi, taxtaning ko`zi yoki o`tkir til, 
o`tkir so`z, o`tkir nigoh (qarash) birikmalarida ko`zi va o`tkir so`zlarining 
ko`chma ma’noda qo`llanilganligini isbotlang. 
2-masala.
Gaplardagi antonimlarga e’tibor bering. Ular yakka holda 
kelganida qanday ma’noni va juft holda kelganda qanday ma’noni anglatadi? 
1. To`yga do`st-dushman keladi. 2. Ertayu kech fikrim shu. 
3.Qishloqning butun katta- kichigi bu umumxalq hashariga qo`shildi 
(S.Ahmad).
Bu gapdagi antonimlarni boshqa so`zlar bilan almashtirib ko`ring-chi! 
Bundan qanday xulosa chiqardingiz? Namuna: To`yga hamma keladi. Doim 
fikrim shu. 
 “Morfologiya”
dan: 


111 
1-masala
. Quyida berilgan ikki gapni taqqoslang. 1. Chol minbarga chiqib 
yigitchasiga gapirdi. 2.Tanishib olaylik, otingiz nima yigitcha? 
Yigitcha so`zining ma’nosida farq bormi? Siz bundan qanday xulosa 
chiqardingiz? 
2-masala
. Quyidagi to`rtlikni diqqat bilan o`qing. Nega shoir 
shu
olmoshini uch misrada takror qo`llagan? 
Ukam, yovuzlarning topganlari shu, 
O`z o`g`lin it bo`lib qopganlari shu, 
O`z qalbin nafratlab yopganlari shu, 
Mo`min Mirzo, ukam, seni o`ldirdilar.
(A.Oripov)
O`qituvchi o`quv masalalarini o`zi tuzishi yoki darslikda berilgan ijodiy 
xarakterdagi o`quv topshiriqlardan foydalanishi mumkin. Agar topshiriq shartida 
o`z fikr – mulohazalarini dalillar bilan asoslash so`ralmagan bo`lsa, unga 
muayyan o`zgartirishlar kiritish mumkin. 
Shunday qilib, masala tipidagi o`quv topshiriqlari muammoli vaziyat 
yaratishning muhim usulidir. Chunki masala o`quvchini harakatga keltiradi, uni 
izlanishga undaydi, qiziqtiradi. 
Muammoli 
vaziyat 
yaratishda 
o`rganiladigan 
til 
hodisalarining 
murakkablik darajasi ham hisobga olinadi. Chunki o`qituvchi til hodisalarining 
murakkablik darajasidan kelib chiqib, muammoli vaziyat yaratishning usulini 
tanlaydi. Oldindan o`quvchilarga ma’lum darajada tanish bo`lgan til
hodisalarini o`rganishda ko`proq kuzatish, taqqoslash kabi usullardan 
foydalanilsa, O`quvchilarga tamoman notanish bo`lgan mavzularni o`rganishda 
muammoli savol qo`yib, darslikdan javob izlash usulidan foydalaniladi. 
Muammoli vaziyat yaratishda sinf o`quvchilarining o`zlashtirish darajasi, 
til hodisalarini tushunishi va aqliy faoliyat usullaridan foydalanishi kabilar ham 
hisobga olinadi. Agar sinf o`quvchilarining o`zlashtirish darajasi past bo`lsa,
yengilroq ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanishga to`g`ri keladi. 
Muammoning mohiyatini anglash ta’limning birinchi bosqichidir. Keyingi 
bosqichlar: muammoni echish, natijani hisobga olish kabilar birinchi 
bosqichning to`g`ri uyushtirilganligiga bog`liq. Ayniqsa, birinchi bosqichda 
o`zlashtirishi bo`sh o`quvchilarni muammoli vaziyatga olib kirish o`qituvchiga 


112 
ancha murakkablik tug`diradi. Buning uchun o`qituvchi tabaqalashtirilgan ta’lim 
imkoniyatlaridan unumli foydalanishi lozim. 
Shunday qilib, qo`yilgan muammoni to`gri echishni ta’minlash uchun: 
a) muammoning maqsad va mohiyatini o`quvchilarga to`g`ri anglatish; 
b) o`rganilgan mavzular yuzasidan puxta va izchil bilimlarning 
mavjudligiga erishish; 
c) har bir o`quvchida musraqil ravishda ijodiy ishlar malakalarini tarkib 
toptirish; 
d) o`quvchilarni maqsadga yo`naltira bilish; 
e) muammoni yechishning eng samarali va qulay yo`lini belgilash juda 
katta ahamiyatga ega. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish