2
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad – Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarda texnik-texnologik ob`ektlarni integrallashgan boshqarish tizimlarini asosini belgilovchi o`lchash vositalarini umumiy strukturalarini tushunish, ularga tegishli turli hisob-kitob ishlarini bajara olish va ularni to`g’ri tanlash bo`yicha yo`nalish profiliga mos bilim, ko`nikma va malakani shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga avtomatik boshqarish tizimlarining asosini belgilovchi sohaning texnologik o`lchashlari va asboblariga qo`yilgan talab darajasidan kelib chiqib hisob-kitob qilish, to`g’ri tanlash, loyiha hujjatlarini tayyorlashni o`rgatishdan iborat.
Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi – Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari asosiy umumkasbiy fanlardan biri hisoblanib, 3- va 4- semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashina va mexanizmlar nazariyasi, metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, gidravlika va gidro yuritma mashinalar va avtomatlashtirishning texnik vositalari va h.k.) va ixtisoslik (texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va avtomatlashtirish sistemalarini loyihalash, o‘rnatish va sozlash) fanlaridan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi.
II. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg’ulotlari)
2.1. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. “Sohaning texnologik o`lchashlari va asboblari” faniga kirish. Sohaning texnologik o`lchashlari va asboblari fanining tarixi va rivojlanish tendentsiyalari. Sanoat korxonalarida qo`llaniladigan texnologik o`lchashlar va asboblar to`g’risida umumiy ma`lumot.
2 – mavzu. O`lchash xatoliklari. O`lchash vositalarining strukturaviy sxemasi to`g’risida umumiy tushunchalar. Nazorat qilish vositalari va sistemalarning strukturasi va ularni umumiy tashkil etuvchilari. Datchiklarni, o`zgartirgichlarni, axborotlarni uzatish va avtomatik nazorat qilish tizimlarini va ikkilamchi asboblarni ishlash sxemalari va strukturaviy sxemalari.
3- mavzu. Haroratni nazorat qilish. Umumiy tushunchalar. Harorat shkalalari. Harorat o`lchash vositalarini tasnifi. Kengayish termo metrlari.
4- mavzu. Suyuqlik termometrlari. Mexanik termometrlar. Manometrik termometrlar.
5- mavzu. Potentsiometrlar. Avtomatik potentsiometrlar. Termo EYUK – ni me’yorlashtiruvchi o`zgartirkichlar. Muvozanatlashgan va muvozanatlashmagan ko`prik sxemalar. Avtomatik muvozanatlashgan ko`prik sxemalar.
|