Glossariy ekonomiks



Download 20,61 Kb.
Sana01.01.2023
Hajmi20,61 Kb.
#897336
Bog'liq
1-mavzu glassariy


GLOSSARIY
Ekonomiks ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, resurslar taqchilligi sharoitida kishilar, ishlab chiqaruvchilar va jamiyatning qanday optimal tanlov qadul qilishini o’rganadigan fandir.
Iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xo‘jaliklardan, xo‘jaliklararo, davlatlararo birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar o‘rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat o‘ta murakkab ijtimoiy tizim.
Ehtiyoj – insonning yashashi va kamol topishi, umuman insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo‘lgan hayotiy vositalarga bo‘lgan zarurat.
Moddiy ehtiyoj – moddiy ko‘rinishdagi ne'matlar vositasida qondiriluvchi zarurat.
Ma'naviy ehtiyoj – insonning shaxs sifatida kamol topishi, dunyoqarashi va ma'naviyatining shakllanishi uchun taqozo etiladigan nomoddiy ne'mat va xizmatlarga bo‘lgan zarurat.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni – ehtiyojlarning miqdoran o‘sib, sifat jihatidan takomillashib borishi.
Iqtisodiy resurslar – tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui.
Ishlab chiqarish – kishilik jamiyatining mavjud bo‘lishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan hayotiy ne'matlarni yaratish jarayoni.
Taqsimot – ishlab chiqarish omillari va uning natijalarini iqtisodiyotning turli qism va sub'ektlari o‘rtasida taqsimlash jarayoni.
Ayirboshlash – jamiyat a'zolarining iqtisodiy faoliyat turlari yoki ishlab chiqarish natijalari bo‘yicha o‘zaro almashish jarayoni.
Iste'mol – ehtiyojlarni qondirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning ishlatilishi jarayoni.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti – iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida hayotiy ne'matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganish.
Iqtisodiy qonun – iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalari, ularning o‘zaro bog‘liqligi.
Iqtisodiy kategoriyadoimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushuncha.
Makroiqtisodiyot iqtisodiyotni yaxlitligicha o’rganadi
Mikroiqtisodiyot iqtisodiyotni muayyan birliklarini tadqiq etadi.
Pozitiv iqtisodiyot faktga asoslangan mulohazalar bilan shug’ullanadi
Normativ iqtisodiyot bo’lsa, subyektiv baholash bilan cheklanadi.
Yer. Iqtisodchilar uchun ishlab chiqarich jaroyonida ishtirok etadigan barcha tabiiy resurslar yer deb tushuniladi, jumladan, ekin maydonlari, o’rmonlar, mineral va neft zahiralari hamda suz resurslarini tashkil etadi.
Mehnat. Mehnat resursiga odamlarning mahsulot va xizmatlarlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan aqliy va jismoniy salohiyatlari kiradi. Kishilarning ko’rsatadigan hamma turdagi xizmatlarini umumlashtirib,“mehnat”deb atash mumkin bo’ladi.
Kapital. Iqtisodchilar uchun kapital (yoki kapital mahsulotlari) ga iste’mol tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarishda kerak bo’ladigan barcha vositalarni kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod-fabrikalar, omborxonalar, transport vositalari, yetkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi.
Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya'ni ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo‘shilishini ta'minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.Tadbirkorlik qobiliyati inson mehnatidan farqli o’laroq tadbirkorlik qobiliyati maxsus inson resursiga kiradi.
To‘la bandlik – iqtisodiyotdagi ishlab chiqarishga yaroqli bo‘lgan barcha resurslardan to‘la unum bilan foydalanish holati.
Muqobil xarajatlari har qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz kechishga to‘g‘ri keladigan boshqa mahsulot miqdori hisoblanadi
Iqtisodiy bashoratlash o’z ichiga uchta elementni qamrab oladi: taqchillik va tanlov, maqsadli hatti-harakat va marjinal tahlil. U kishilar va institutlarning marjinal xarajat va marjinal daromadga asoslanib ratsional qaror qabul qilishlarini kuzatadi.
Byudjet chizig’i kishlarning daromadlarini tejash muammosi bo’lib, xaridorning ma’lum pul daromadlari evaziga ma’lum narxda sotib olishi mumkin bo’lgan ikki xil tovar kombinatsiyasini ko’rsatadi.
Jamiyatda biror bir xizmat turi va mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan resurslarning hammasi iqtisodiy taqchil resurslar deb ataladi.
Download 20,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish