5
Samarqand - 2015
D.O`rinbayeva. Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy
qo`llanma. - Samarqand, 2015. 195 bet.
M
as’ul muharrir: S.Yuldasheva
Taqrizchilar:
SamDU professori I.Mirzayev
SamDU dotsenti M.Boltayev
Ushbu qo`llanmada keyingi yillarda umumiy o`rta ta’lim maktablarida
“Ona tili” fanini o`qitish sohasida yuz bergan yangiliklar va o`zgarishlarni
inobatga olgan holda, yangicha ta’lim usuli va mazmunida o`qitishning uslubiy
jihatlari bayon qilingan.
Bugungi kunda ona tili o`qitish metodikasi ilg`or
tajribalar, fikr-
mulohazalar, pedagogik va axborot texnologiyalar asosida taraqqiy etib boradi.
Qo`llanma oliy o`quv yurtlarining o`zbek filologiyasi fakultetlari talabalari va
umumiy o`rta ta’lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan ona tili fani
o`qituvchilari uchun mo`ljallangan.
6
UMUMIY O`RTA MAKTABLARDA ONA TILI
O`QITISH METODIKASINING UMUMIY MASALALARI
UMUMIY O`RTA MAKTABLARDA ONA TILI O`QUV
PREDMETI SIFATIDA
Ona tilining umumiy o‘rta ta'lim tizimida tutgan
o‘rni va ahamiyati
Respublikamiz Prezidenti I.Karimov O`zbekiston Oliy Majlisining
birinchi sessiyasidagi ma’ruzasida aytganlaridek, "Taraqqiyot taqdirini ma’naviy
jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. ...Aqliy zakovat va ruhiy ma’naviy salohiyat
ma’rifatli insonning ikki qanotidir". Shunga ko`ra, davlatimiz rahbari tashabbusi
bilan mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimining
joriy qilinishi natijasida
mustaqil fikrlovchi, o`z aqli, tafakkuri va salohiyatini to`la namoyon eta oluvchi,
ma’suliyatli, keng dunyoqarashga ega bo`lgan, ozod va hur fikrli inson -
barkamol shaxsni tarbiyalash umummilliy maqsadga aylandi. Umumiy o`rta
ta’lim tizimi bor imkoniyati va kuchini ana shu maqsadni amalga oshirish uchun
qaratdi. Ulug` maqsadni amalga oshirishda ona tili o`qitishning o`rni muhimdir.
Ona tili nafaqat maktabda o`quv predmeti (o`zi alohida fan sifatida
o`qitiladi), balki o`qitish vositasi (boshqa fanlar uning yordamida o`qitiladi)
hamdir.
7
Ona tili o`quv predmeti sifatida shu bilan xarakterlanadiki, uning
o`rganadigan sohasi tilning o`zidir. Ona tili, ayniqsa , uning yozma shakli butun
madaniyatimizning
boyliklarini, fan-texnika yutuqlarini avaylab saqlovchi va
avloddan avlodga yetkazib beruvchi yagona xazinadir. Bu bilan u tarixni,
avlodlarni bir-biriga bog`laydi. O`quvchilar boshqa fanlarni puxta o`zlashtirish
uchun, avvalo, ona tilini yaxshi bilishlari, yuqori nutq malakasini egallashi
zarur.
Maktabda ona tili faning mundarijasi va vazifalari
tilshunoslik faning
mundarijasi va vazifalari, o`quv predmeti sifatida ona tilining o`ziga xos
xususiyati, o`quvchilarning yosh xususiyatlari va psixologik rivojlanishi
to`g`risidagi ma’lumotlar, bolalarda ona tilidan bilim, ko`nikma va malakalarni
shakllantirish jarayonining xususiyatlari, tajriba
va maktab amaliyoti bilan
belgilanadi. Til va uning grammatik qurilishi haqida bilimga ega bo`lgan, ona
tilini qo`llash imkoniyatlari bilan qurollangan, adabiy tilda to`g`ri talaffuz
qiladigan va ifodali o`qiy oladigan, ham grammatik jihatdan,
ham stilistik
jihatdan to`g`ri, ravon yozma va o`g`zaki nutq ko`nikmalariga ega bo`lgan
barkamol avlodni tarbiyalash maktabda ona tili o`qitishning asosiy vazifalaridan
biridir. Shunday qilib, fan sifatida ona tili o`qitish metodikasining o`z predmeti,
vazifasi, nazariy va ilmiy sohasi bo`lib, bir qator fanlar o`rtasida uning ma’lum
o`rni bor. Bu fan ham boshqa fanlar kabi rivojlanib, taraqqiy etib bormoqda.
Til fikrni shakllantirish va bayon qilish, taassurot, his-kechinmalarni
ifodalashda muhim o`rin tutadi. Til jamiyat a’zolarining bir-biri bilan o`zaro
aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Bu vosita qanchalik takomillashsa,
fikr
shunchalik aniq, ta’sirchan ifodalanadi. Demak, kishilarning o`zaro
munosabati, his-tuyg`ulari, kechinma va holatlari til vositasida aniqlashadi.
Maktabda ona tilini chuqur o`rganish zarurati tilning bajaradigan asosiy
vazifalaridan kelib chiqadi.
K.D.Ushinskiy maktab o`quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat
berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan. Ona tili boshqa fanlarni
o`qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida
o`rganiladi. Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va
mehnatga havasini uyg`otishda ham alohida o`rin tutadi.
8
Til muhim tarbiya vositasidir.
Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni
o`qigan bola o`zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala
madaniyatini egallaydi.