Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

Metodik eksperiment
. Ilmiy tadqiqot ishi yuzasidan aniq ma’lumotlar 
to`plashda pedagogik eksperimentning imkoniyatlari benihoya katta. Bu usul 
ona tilidan yaratilgan dastur va darsliklarni sinovdan o`tkazib, ularni yutuq va 
kamchiliklarini aniqlash, ona tili darslari hamda sinfdan va maktabdan tashqari 
ishlarni tashkil etish yuzasidan ishlab chiqilgan usul, vosita va usullarni 
tekshirib ko`rib, ularning samaradorlik darajasini belgilash imkonini beradi. U 
O`zbekiston Respublikasi XTVning roziligi olingandan keyin maktab 
pedagogika kengashining maxsus qarori bilan rasmiylashtiriladi. 
Pedagogik eksperiment uch bosqichdan iborat bo`lishi mumkin: 
1) aniqlov eksperiment; 
2) shakllantiruvchi eksperiment; 
3) yakuniy nazorat eksperimenti. 
Eksperimentning birinchi bosqichi tadqiqot muammosi uning obyekti, 
predmeti, ilmiy farazi, yangiligini aniqlashni, hal qilinadigan asosiy masalalar 
doirasini belgilashni taqozo etadi. Bu bosqichda tadqiqot yo`nalishi bilan 
bo`g`liq ilmiy-pedagogik va ilmiy-usulik adabiyotlar har tomonlama chuqur 


22 
o`rganiladi hamda tahlil etiladi; o`quvchi va o`qituvchi faoliyati shu nuqtai 
nazardan o`rganilib, mavjud holat yuzasidan ilmiy xulosalar chiqariladi. 
Ikkinchi bosqichda ishlab chiqarilgan metodika (ta’lim mazmuni, 
o`qitishning yangi usullari va vositalari kabilar) eksperimental sharoitda 
sinovdan o`tkaziladi; natijalar qayd qilib boriladi. Buning uchun nazorat 
guruhlari 
(sinflari) 
va 
tajriba-sinov 
guruhlari 
(sinflari) 
tanlanadi, 
eksperimentator 
o`qituvchilar 
belgilanadi, 
bu 
o`qituvchilar 
maxsus 
tayorgarlikdan o`tkaziladi v.h. Tajriba - sinov ishlarining sinov natijalari magnit 
tasmasiga yozib olinishi va keyinchalik o`rganilib, tahlil etilishi ham mumkin. 
Ekspriment tajriba-sinov ishlarining boshi va oxirida, maxsus bo`lim 
o`rganilgandan keyin yoki har bir chorakning oxirida o`tkazilishi mumkin. 
Erishilgan natijalar matematik tahlildan o`tkaziladi va qiyoslanadi.
Eksperimentni faqat tajriba-sinov sinfi doirasidagi o`tkazish ham mumkin. 
Unda nazorat sinfi tanlanmaydi va erishilgan natijalar eksperimentning 
boshlanish paytidagi holat bilan qiyoslanadi. 
Shakllantiruvchi bosqich eksperimentatordan o`quvchilar faoliyatini diqqat 
bilan kuzatishni, olinayotgan natijalarni tahlil etib, yutuq va kamchiliklarni 
hisobga olib borishni, maxsus qaydlar yuritishni talab etadi. Agar zarurat 
tug`ilsa, ayrim o`rinlar takroriy eksperimentdan o`tkazilishi mumkin. 
Yakuniy nazorat eksperimenti shakllantiruvchi eksperiment tugagandan 
so`ng o`tkaziladi. Yakuniy nazorat yozma ish, og`zaki savol-javob, test sinovlari 
orqali o`tkazilishi mumkin. O`quvchilardan olinadigan nazorat diktantlari
bayon va insholar, ular tuzgan matnlar yakuniy eksperiment natijalaridir. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish