Qarshi davlat universiteti a dabiyotshunoslik kafedrasi bibliografiyashunoslik



Download 370,55 Kb.
bet8/36
Sana15.06.2022
Hajmi370,55 Kb.
#672549
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
Мажмуа BIBLIOGRAF to`g`ri

Bibliografik xabar
Bibliografik axborotning mavjudlik shakllari xilma-xil va tarixiy о‘zaro bog‘liq. Lekin har qanday bibliografik axborot tarkib topadigan bо‘lakcha – bibliografik xabar barcha xilma-xil kо‘rinishdagi bibliografik axborot uchun umumiy hisoblanadi.
Bibliografik xabar bibliografik ma’lumotdan, ya’ni bibliografiyalanayotgan hujjatning muallifi, sarlavhasi, chiqish ma’lumotlari va boshqalar kabi hujjatdan yoki boshqa manbalardan olinadigan ma’lumotlardan tashkil topadi.
Har bir alohida olingan bibliografik ma’lumotlar bibliografik xabar, demak bibliografik axborot ham bо‘la olmaydi. Ular bibliografik xabarning tarkib topishi uchun zarur bо‘lgan qismi, xolos.
Demak, bibliografik xabar bibliografik ma’lumotlardan tarkib topadigan yaxlit tuzilishdagi bibliografik axborotning keyingi bо‘linmas qismidir.
Bibliografik xabar og‘zaki yoki yozma – hujjatlashtirilgan shakllarda berilishi mumkin.
Og‘zaki bibliografik xabar kutubxona-bibliografik amaliyotda og‘zaki bibliografik ma’lumotlar berishda, kitobxonlarni bibliografik axborot bilan ta’minlashda, og‘zaki bibliografik obzorlar va maslahatlar о‘tkazishda keng qо‘llaniladi.
Bibliografik xabarning hujjatli qayd qilingan shakli b i b l i o g r a f i k yo z u v d i r .
Bibliografik yozuv qator qismlarni о‘z ichiga olgan murakkab tuzilishga ega bо‘lishi mumkin. Bibliografik yozuvning zarur kichik qismi hujjatning b i b l i o g r a f i k t a s v i r i d i r .
Masalan, Nosirov R. Xalq qо‘shiqlari kompozitsiyasi: monografiya /Abdulla Qodiriy nom. ToshdMI; mas’ul muharrir B.Sarimsoqov.- T.: Fan, 2006.- 180 b.
Bunday bibliografik tasvir bibliografik yozuvning qisqacha shaklidir. Boshqa qismlari – annotatsiya, refereat, predmet ruknlari, saqlanish shifri va boshqalar zaruriy emas va ular bibliografik yozuvga zaruriy hollarda kiritiladi.
Bibliografik tasvirlarni tuzish metodlari – kutubxona-bibliografiya fanlarining eng rivojlangan qismlaridan biridir. Bibliografik tasvir mavjud ekan, demak, bibliografik axborot ham mavjud, bibliografik tasvir yо‘q holda esa bibliografik axborot ham bо‘lmaydi.
Bibliografik tasvir ham hujjat tо‘g‘risidagi ayrim ma’lumotlar yig‘indisidan tashkil topadi, u bо‘laklar ham mustaqil ravishda bibliografik tasvir bо‘la olmaydi.
Bibliografik tavsifda bu hujjatni boshqa hujjatlar oqimi orasida aniq va bir xil ma’noli о‘xshashligini ta’minlash – asosiy zaruriy vazifa hisoblanadi
“Bibliografik yozuv. Bibliografik tavsif: Umumiy talablar va tuzish qoidalari: О‘z DSt 1215” davlat standartida “Bibliografik tavsif – sohalar va elementlarning kelish tartibi va tо‘ldirilishini belgilab beruvchi va hujjatni umumiy tavsiflash hamda identifikatsiyalash (aynan tenglashtirish) uchun mо‘ljallangan hujjat haqidagi bibliografik ma’lumotlarning yig‘indisidir” deb ta’riflanadi.
Unda hujjatni qidirish uchun zarur bо‘lgan hamma ma’lumotlar, ya’ni kitob yoki maqolaning muallifi, sarlavhasi, bosilgan joyi, yili, jildlari, sahifalari beriladi. Masalan:
О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi: О‘n ikkinchi chaqiriq О‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining о‘n birinchi sessiyasida 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan (2002 yil 27 yanvarda о‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga kо‘ra hamda uning asosida qabul qilingan 2003 yil 24 apreldagi О‘zbekiston Respublikasining Qonuniga muvofiq Konstitusiyaning XYIII, XIX, XX, XXIII boblariga tuzatish va qо‘shimchalar kiritilgan).- T.: О‘zbekiston, 2003.- 40 b.
Bu tasvirda keltirilgan ma’lumotlar yuqoridagii standart talabi asosida olingan ma’lumotlardir va ular hujjatni identifikatsiyalashni ta’minlaydi (ya’ni hujjatning о‘zisiz ham u tо‘g‘risida dastlabki zarur ma’lumotni olish imkonini beradi).

Download 370,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish