Mavzu: Chok turlari. Zanjir chokdan foydalanib kashta tikish Kashtachilikning rivojlanish tarixi va ish usullari Kashtachilikning rivojlanish tarixi va ish usullari Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda katta ahamiyatga egadir. Kashta tikishni bilish orqali kiyimlarni yangilab olish, ko`pgina kerakli buyumlarni: salfetkalar, panno, fartuk, yostiq jildlari, yaqin kishilarga qilinadigan sovg`alar bezash va tayyorlash mumkin. Kashta tikish san`atining ko`p asrlik tarixi bor. Arxeologik topilmalarda yozilishicha, qadimdan uy-ro`zg`or buyumlari – sochiqlar, to`r hoshiya, dasturxonlar, bayram va kundalik kiyimlar, peshbandlar, bosh kiyimlar va boshqa narsalar kashtalar tikib bezatilgan. Kashta tikish usullari, gullari, ranglarning mujassamlanishi avlod-dan-avlodga o`tib, takomillashib bordi. Sekin-asta eng yaxshi milliy xususiyatlari bilan xarakterli betakror kashta namunalari yaratildi . Xalq ustalari kashta tikib bezagan buyumlar chiroyli gullari bilan, ranglarining bir-biriga mosligi, to`la mutanosibligi, bajarish usullarining aniqligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimiz muzeylarida xalq kashtachiligining ko‘plab Mamlakatimiz muzeylarida xalq kashtachiligining ko‘plab namunalari to‘plangan, ayniqsa, XIX asr kashtalari eng yaxshi saq-lanib, shu kunlargacha yetib kelgan. Kashtachilikda ishlatiladigan chok namunalaridan foydalanib kiyimlarni, uy-ro‘zg‘or va xona an-jomlarini bezatish mumkin. Bu vaqtda, albatta, xavfsizlik qoidalariga amal qilish zarur, ya’ni kashta tikish da to‘g‘ri o‘tirish, yorug‘likni chap tomondan tushib turishi, asbob-moslamalardan to‘g‘ri foydalanish kerak. Qo‘lda kashta tikish uchun juda oddiy asboblar kerak bo‘ladi. Bular: igna, angishvona, qaychi, santimetr tasmasi, qutichada saqlanishi kerak. Kashtachilikda ishlatiladigan chok namunalarini tikish Kashtachilikda quyidagi chok turlari ishlatiladi. Qaytma chok. Bu chok bir xil yiriklikdagi qaviqlarning uzluksiz qatoridan iborat bo‘ladi. Ignani o‘ngdan chapga yuritib, birinchi qaviq bilan shu qaviq yirikligi-dagi oraliq hosil qilinadi. Ikkinchi qaviqni tushirish uchun ip chapdan o‘ngga yotqizib birinchi qaviq tugagan joydagi nuqta ga igna sanchila- di-da, qaviq yirikligida o‘ngiga chiqariladi. Uchinchi va undan keyingi qaviqlarni tushirishda, ularning o‘zidan oldingi qaviq tugagan joyga igna sanchiladi. Qaytma chokni qaviqlar orasida ochiq joy qoldirib tiksa ham bo‘ladi. Suv chok. Bir-biriga zich joylashgan qator qiya qaviqlar dan iborat bo‘ladi. Bu chokni chapdan o‘ngga tomonyoki o‘zidan oldinga qaratib yo‘naltirib tikish mumkin. Suv chokni tikayotgan-da ip doimo bir tomonda – chapda yoki o‘ngda bo‘lishi kerak. Tikayotganda ip yo‘nalishini o‘zgartirib bo‘lmaydi, chunki chok-ning tuzilishi buzilib qoladi. Qaytma chok Zanjir chok Iroqisimon chok. Gazlamadan sug‘urib chiqarilgan ikkita ip izi bo‘y-lab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulining chizig‘idan tikiladi. Bunda kashta gulining goh u, goh bu tomoniga navbatma-navbat igna san-chib, qaviqlar chapdan o‘ngga tomon joylashtirib boriladi. Iroqisimon chok. Gazlamadan sug‘urib chiqarilgan ikkita ip izi bo‘y-lab yoki ixtiyoriy konturli kashta gulining chizig‘idan tikiladi. Bunda kashta gulining goh u, goh bu tomoniga navbatma-navbat igna san-chib, qaviqlar chapdan o‘ngga tomon joylashtirib boriladi. Gazlamaga igna sanchilgan joylar oralig‘i bir xil bo‘lishi kerak. Yo‘lning o‘rtasi bo‘ylab qaviqlar chalishib boradi. Har bir yangi qa-viq oldingi qaviq ustiga tushadi. Ba’zan ziychok ham deyiladi, chun-ki bu chok bilan gazlamaning chetlari tikiladi. Gazlamani teskari to-moniga 3–4 sm bukib, gazlama rangidagi ip bilan ko‘klab chiqiladi. Petlya chok qaviqlari chapdan o‘ngga tomon gazlama ziyiga per-pendikular joy lashtirib tikiladi. Bu choklar gardish- siz tikiladi. Chok qaviqlarining yirikligi bir xil bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |