FAN BО‘YICHA MA’RUZA MATNI
1- Modul. Bibliografiyashunoslik:nazariyasi va metodologik asoslari.
1-Mavzu. Bibliografiya tarixi: bibliografiya tushunchasi, kelib chiqishi, zamonaviy talqini. Bibliografiyaning ahamiyati
Reja:
1. “Bibliografiyashunoslik” fani. Bibliografiya tushunchasi, uning kelib chiqish tarixi .
2. Bibliografiyalashning obyekti, predmeti, vazifasi va maqsadi, jamiyat hayotida fan, texnika, ishlab chiqarishdagi ahamiyati, shu fanga oid nashrlar tipologiyasi, ular bilan ishlash, bibliografik axborotni olib borish yо‘llari va boshqa axborot organlari bilan munosabati va hamkorligi..
Qadimda insonlar kitobsiz yashaganlar. Ular bir-birlari bilan og‘zaki fikr almashish bilan cheklanganlar. Jamiyat taraqqiyoti va inson bilimining kengaya borishi tufayli oddiy sо‘z bilan fikr almashish kamlik qilgan. Kishilarda olgan bilimlari va tajribalarini bir-biriga uzatishning, avloddan-avlodga qoldirishning murakkabroq shaklini vujudga keltirish ehtiyoji tug‘ilgan.
Kishilar insoniyat bilimini saqlab qolish, tarqatish va rivojlantirish imkoniyatiga ega bо‘lgan vositani – yozuvni, qо‘lyozma kitobni yaratdilar. Birinchi qо‘lyozma kitob va uning kitobxonlarini paydo bо‘lishi hujjatlar kommunikatsiyasi (aloqa yо‘llari) tizimining paydo bо‘lishini anglatadi.
Bosma sо‘z, ya’ni kitob ijtimoiy taraqqiyotning muhim omilidir. Kitoblar о‘zida qadimda yashagan kishilar va zamondoshlarimizning bilim va tajribalari, aql-zakovatlari va ijodiy fikrlari hamda hayoliy orzularini aks ettiradi. Qisqasi, kitobda insoniyat aql-zakovatining yutuqlari aks ettiriladi.
Ammo qо‘lyozma kitob о‘zining noyobligi, ulkan moddiy qimmati va yetib borishi qiyin bо‘lganligi tufayli juda cheklangan holda bilim manbai vazifasini bajarar edi, xolos.
Kitob ishlab chiqarish va tarqatish usulini tubdan о‘zgartirish zarur edi. Bu о‘zgarishni kitob bosish ishi, ya’ni bosma kitobning yaratilishi kiritdi. Bosma kitobning vujudga kelishi ijtimoiy hayotning taqozosi edi.
Qо‘lyozma kitob, keyinchalik bosma kitob vujudga kelmaganda asrlar osha yig‘ilib borilgan moddiy boyliklar bizgacha yetib kelmagan bо‘lar edi. Bosma kitobning yaratilishi “kitob-kitobxon” tizimini vujudga keltirdi, ular hujjatlar aloqa yо‘llari tizimida bosh rolni egalladi. Lekin shuning bilan birga sotsial axborotni о‘zida aks ettirib boruvchi, turli usulda qayta ishlash, saqlash va tarqatish vositalari ham yaratila bordi. Natijada hujjatlar va axborot iste’molchilari muloqoti tizimida ularning asl xilma-xilligi ortadi. Hozirda bu tizim inson faoliyatining keng kо‘lamdagi, favqulodda murakkab tuzilishga ega bо‘lgan, keng tarqalgan va tabaqalashgan sohasi hisoblanadi. Uni kо‘rib chiqish uchun u bilan bog‘liq bо‘lgan asosiy tushunchalarning ta’rifini keltirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |