Qarshi davlat universiteti a dabiyotshunoslik kafedrasi bibliografiyashunoslik



Download 370,55 Kb.
bet9/36
Sana15.06.2022
Hajmi370,55 Kb.
#672549
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36
Bog'liq
Мажмуа BIBLIOGRAF to`g`ri

Bibliografik yozuv - bibliografik axborot elementi va bibliografik qidirish maqsadida hujjatning tarkibi va mazmuni haqidagi rasmiy ma’lumot, о‘ziga xos ahamiyatga, funksiyaga, aniq axborot berishga mо‘ljallangan bir qancha elementlardan tashkil topadi. Bibliografik yozuv turli xil bibliografik qо‘llanmalarni tuzish, kutubxona kataloglarini tashkil etish va boshqa maqsadlarda qо‘llaniladi. Bu uning turli-tumanligini va xususiyatini kо‘rsata-di. Xususan, an’anaviy va elektron kataloglarda qо‘llaniladigan bibliografik yozuvlarda albatta nashrni fondda saqlash shifri kо‘rsatiladi. Umumlashma bibliografik yozuvda qayta nashr haqidagi, bir nashrning yoki hujjatning bir necha xil tarjimalari va unga berilgan taqrizlar haqidagi ma’lumotlar tо‘planadi. Masalan, taqrizlar haqidagi bibliografik yozuv ikkita tasvirni birlashtiradi: hujjatning bibliografik tasvirii va taqrizning bibliografik tasvirii. Bibliografik yozuvlar unga kiritilgan elementlarning tarkibiga kо‘ra ham ajratiladi. Bular: tavsif boshi, bibliografik tavsif, annotatsiya yoki referat, indekslash tushunchalari, hujjatni saqlash shifri, yо‘naltirish, xizmatga oid ma’lumotlar. Har bir element hujjat xarakterini u yoki bu darajada ochib beradi.
Bibliografik axborotning murakkab shakli bibliografik qо‘llanmalardir.
Bibliografik qо‘llanmalar
Bibliografik yozuv – bibliografik qо‘llanmaning zarur tarkibiy qismi – hujjatlashtirilgan bibliografik axborot mavjudligining bosh usuli va uning tarqatilishi hamda foydalanilishining asosiy vositasi sifatida keladi.
Bibliografik qо‘llanma – maqsadi, mazmuni, shakli bо‘yicha biriktirilgan kо‘p sonli bibliografik yozuvlar (tasvirlar) ning ma’lum bir tartibga solingan yig‘indisidir.
Umuman olganda, hujjat haqidagi har qanday hujjatlashtirilgan (yozma) axborot bibliografik qо‘llanma hisoblanadi: u xox yozma ma’lumot, adabiyotlarning bosma kо‘rsatkichi, yoki kutubxonaning katalogi.
Bibliografik qо‘llanma bitta yoki mingta bibliografik yozuvdan tashkil topishi mumkin, undan ham kо‘p bо‘lishi mumkin.
Bibliografik qо‘llanma о‘z navbatida yana bir necha toifa bо‘yicha: shakli, xili, janri, turi bо‘yicha klassifikatsiyalanadi.
Bibliografik qо‘llanmalarning quyidagi asosiy shakllari ajratiladi:
- bibliografik nashrlar - vaqtli, davomli va nodavriy (varaqalar, plakatlar, xatchо‘plar) qо‘llanmalar;
- mustaqil bо‘lmagan nashriyot shakllari (kitob ichi, jurnal ichi, gazeta ichi, maqolalar ichi bibliografik materiallar);
- kartochkali shakllari (kataloglar va kartotekalar);
- avtomatlashtirilgan axborot qidiruv tizimi (elektron bibliografik hujjatlar).
Bibliografik qо‘llanmalarning asosiy xillariga: bibliografik kо‘rsatkich, bibliografik obzor, bibliografik rо‘yxat kiradi:
1) Bibliografik kо‘rsatkich murakkab tuzilishga ega bо‘lgan, yordamchi apparatlar bilan ta’minlangan bibliografik qо‘llanma;
2) bibliografik obzor bibliografiyalash obyekti – hujjat haqida bir-biriga bog‘langan holda ma’lumot beruvchi bibliografik qо‘llanma;
3)bibliografik rо‘yxat sodda tuzilishga ega bо‘lgan, yordamchi apparatlarsiz bibliografik qо‘llanma.
Bibliografik qо‘llanmalarning alohida xillariga:
a) nashrlariga tuzilgan kо‘rsatkichlar,
b) bibliografik qо‘llanmalarga yordamchi kо‘rsatkichlar k i r a d i .
Bibliografik qо‘llanmalar turli janrlarda bо‘lishi mumkin. Odatda maqsadi va mazmunining о‘ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda bibliografik qо‘llanmalar quyidagi janrlarda tuziladi:
bibliografik monografiya – katta hujjatlar oqimini diqqat bilan, chuqur о‘rganish asosida tuzilgan ilmiy-yordamchi maqsadli yirik bibliografik qо‘llanmadir;
bibliografik lug‘atlar – kо‘rsatkichda aks ettirilayotgan shaxslarning asarlari, ularning hayoti va faoliyati haqidagi adabiyotlar tо‘g‘risidagi bibliografik axborotni shu shaxsning biografik ma’lumoti bilan qо‘shib yorituvchi nashr;
о‘qish rejalari – olingan masala bо‘yicha о‘qish tarkibi va ketma-ketligini aniq belgilab beruvchi qо‘llanmalar, ular kо‘proq yakka о‘qishga rahbarlik qilishda foydalaniladi;
kitoblar haqida suhbarlar – о‘qilgan kitoblari haqida kitobxonni eslab qolish qobiliyatini rivojlantirishga, о‘qigan kitobi haqida hikoya qilishga о‘rgatuvchi, о‘qishga rahbarlik qilishga mо‘ljallangan nashrdir.
kitobxonga esdaliklar – dolzarb mavzu yoki bir shaxsga mо‘ljallangan, u bilan dastlabki tanishtiruv uchun ma’lum sondagi adabiyotlarni aks ettirgan bibliografik qо‘llanmadir.
kitob xatchо‘plari – nashrdagi zarur sahifani belgilashga xizmat qiluvchi, qalin qog‘ozga bosilgan va turli tasvirlar va (yoki) reklama ma’lumotlarini aks ettirgan uzaytirilgan formatdagi varaqli nashr va boshqalar.
Bibliografik qо‘llanmalarning turlari tushunchasi juda muhim hisoblanadi. Qо‘llanmalar turli belgilariga kо‘ra turlarga ajratilishi mumkin.

Download 370,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish