Predmet rubrikasi - AQT elementi va hujjatning asosiy mazmunini aks ettiruvchi predmet yoki masalaning qisqa shaklini anglatadi.
Bibliografik yozuvda kо‘pincha annotatsiya va referat ham beriladi.
Annotatsiya hujjatning mazmuni, mohiyati, shakli va boshqa hususiyatlariga qisqacha xarakteristika beradi va bibliografik tavsifni tо‘ldiradi, noma’lum sarlavhani aniqlaydi va ijtimoiy ahamiyatiga va vazifasiga kо‘ra ma’lumot va tavsiyaviy xarakterga ega bо‘ladi.
Ma’lumot annotatsiyasi sarlavhadagi noaniqlikni ochib beradi, muallif haqida, bibliografik tavsifda aks etmagan asar mazmuni, janri va boshqa xususiyatlari haqidagi ma’lumotlarni beradi. Bunday annotatsiyalar rasmiy, ilmiy, ishlab chiqarish, ma’lumotnoma nashrlariga berilib, bir necha sо‘zdan, ikki – uch qator jumlagacha bо‘ladi.
Tavsiya annotatsiyalari hujjat haqida, uning ahamiyati va hususiyatlari, mazmuni va ahamiyatiga kо‘ra unga yaqin bо‘lgan adabiyotlar orasida tutgan о‘rni haqida axborot berish, kitobxonni qiziqtirish maqsadida qо‘llaniladi va tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘lgan tavsiya va maslahatdan iborat bо‘ladi va xajmiga kо‘ra ma’lumot annotatsiyasidan katta bо‘ladi.Ular ilmiy-ommabop, badiiy, bolalar adabiyoti, ommaviy-siyosiy nashrlar mazmunini ochishda qо‘llaniladi.
Referat bu muallif (tuzuvchi) ning tanqidiy fikrlaridan holi, qо‘shimcha mulohazalarsiz hujjatning asosiy faktik ma’lumotlarini va mazmunini yorituvchi ma’lumot yoki “Birinchi darajali hujjatda nima haqda ma’lumot beriladi? “ degan savolga javob berib axborotlilik ( hujjatning mazmuni haqida qisqa axborot berish) xususiyatiga ega. Referat hujjatning qaysi bilim sohasiga yoki fan tarmog‘iga oidligiga kо‘ra ijtimoiy, gumanitar, tabiiy-ilmiy, texnik adabiyotlar haqidagi referatlar, qaysi usulda berilishiga kо‘ra: umumiy yoki referat-qaydlar; hujjat mazmunini izohlab berishiga kо‘ra ixti-soslashgan yoki muammoli referatlar, referat manbalarining soniga kо‘ra monografik, referat-fragmentlar, sharxli yoki guruhli; yoritib berish shakliga kо‘ra matnli,illyustratsiyali, aralash bо‘ladi; xajmi va izchilligiga kо‘ra qoidaga kо‘ra 850 belgidan oshmagan qisqa, kengaytirilgan (bu hujjat hajmining 10-15 % ni tashkil etadi), muallifiga kо‘ra ( mualliflik-avtoreferat, referentlar yoki axborot-bibliografik xizmat ishchilari tomonidan tuzilgan referatlar va boshqalarga ajratiladi.
Yо‘naltirish (Ssilka) hujjat qismini bibliografik yozuv, bо‘lim, predmet rubrikasi bilan bog‘laydigan element. U “qarang”, “shuningdek, qarang” (sm., sm.takje) kabi ikki xil kо‘rinishda beriladi. Bu vazifalarni bibliograf yoki axborot-kutubxona markazi xodimi amalga oshiradi. Buning uchun bibliografiyalash texnologiyasini bilishi shart bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |