Qarshi davlat universiteti a dabiyotshunoslik kafedrasi bibliografiyashunoslik



Download 370,55 Kb.
bet14/36
Sana15.06.2022
Hajmi370,55 Kb.
#672549
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
Bog'liq
Мажмуа BIBLIOGRAF to`g`ri

Axborot iste’molchisi – mustaqil bilim olish, о‘quv malakasini oshirish, ilmiy bilim olish va ilmiy salohiyatini oshirish, ishlab-chiqarish malakasini oshirish va boshqa maqsadlarda axborotdan foydalanuvchi shaxs. Yuqori darajada axborot-kutubxona va bibliografik xizmat kо‘rsatish uchun hujjatlar ilmiy asoslangan holda klassifikatsiya qilinishi lozim. Shaxsning professional-ishlab chiqarish faoliyati, egallab turgan lavozimi, ma’lumot darajasi, yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, о‘qish madaniyati darajasi, bibliografik manbalardan foydalana olish qobiliyati, ruhiy va boshqa xususiyatlari klassifikatsiya asosiga olinadi. Chunki inson - kitobxon ham bibliografiyaning obyektidir.
Hujjat va axborot iste’molchisi mazmun mohiyatiga kо‘ra matbuot asari (kitob,nashr) va kitobxon (bibliografik axborot iste’molchisi) tushunchalaridan farqlanadi. Ilmiy axborot faoliyati faqatgina matbuot asari bilan emas, balki barcha kо‘rinishdagi axborot resurslari (elektron resurslar) bilan ham bog‘liq. Bibliografiya ham hozirda ham matbuot asari ( kitob, gazeta, jurnal), ham hujjatlarning boshqa turlari bilan ham ishlaydi.
Kitob, gazeta va jurnallar tarixan insoniyat bilimining manbai, uning bilimlarini aks ettiruvchi, tо‘plovchi va saqlovchi vosita hamda inson bilimini oshirish va ruhiy ta’sir vositasi bо‘lib kelgan. Kitobning о‘rnini hech narsa bosolmaydi. Ammo, keyingi paytda boshqa axborot tashuvchi resurslar ham bibliografik faoliyat doirasiga singib bormoqda. Demak, kitob-kitobxon tizimi ham bibliografiyaning obyektidir. Bu keyingi paytda hujjat-axborot iste’molchisi tizimi bilan boyidi.
2. Bosma mahsulotlarni klassifikatsiyalash
Nashrlar qurilishiga kо‘ra kitob, jurnal, gazeta, varaqaga; belgisiga kо‘ra matnli, notali, kartografik va izonashrga bо‘linadi.
Eng muhim belgisi nashrning davomiyligi yoki chiqishining xarakteridir. Bunga kо‘ra nodavriy ( bir martalik), vaqtli va davomli nashrga bо‘linadi.
Bir marta nashr etilgan asar nodavriy deyiladi, zarur bо‘lgan holdagina qayta nashr etilishi mumkin, bunda ham albatta qayta nashr etilgani haqidagi ma’lumot kо‘rsatiladi. Qayta nashrda tо‘ldirilgani, qisqartirilgani, tuzatilgani, о‘zgartirishlar kiritilgani kо‘rsatiladi. Kitob 48 sahifadan ortiq bо‘lgan matnli nashr. Risola esa 48 sahifagacha bо‘lgan matnli nashr. Varaqalar 1 sahifadan 4 sahifagacha hajmda bо‘ladi. Vaqtli bо‘lmagan nashr bir tomlik yoki bir necha tomlik bо‘ladi. Kо‘p tomlik nashr bir maqsadga, bir mavzuga yoki bir yо‘nalishga, poligrafik bezatilishga ega bо‘lgan bir necha kitobdan iborat bо‘ladi.

Download 370,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish