Qarshi davlat universiteti a dabiyotshunoslik kafedrasi bibliografiyashunoslik



Download 370,55 Kb.
bet15/36
Sana15.06.2022
Hajmi370,55 Kb.
#672549
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Bog'liq
Мажмуа BIBLIOGRAF to`g`ri

Vaqtli nashrlar - gazeta, jurnal va byulletenlar bо‘lib, ularning xususiyati nashrdan chiqishda ma’lum bir tartibda raqam ketma ketligiga egaligidir. “Periodika”- sо‘zi grekcha sо‘zdan olingan bо‘lib, vaqtli, yana boshlangan, qaytayotgan degan ma’noni anglatadi.
Davomli nashrlar - tо‘plangan materialning hajmiga kо‘ra muntazam bо‘lmagan chiqish tartib raqamiga ega bо‘ladi. Davomli nashrlar tor yо‘nalishdagi ilmiy axborot uchun muhim manba hisoblanadi. Unda biror bir tashkilot yoki muassasaning ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid ma’ruzalar, xabarlar, maqola va boshqa materiallar beriladi. Davomli nashrlar asosan “Ilmiy ishlar”, ”Asarlar”, “Ilmiy xabarlar”, “Xabarlar” kabi umumiy nomlar bilan chiqariladi. Har biri chiqishi esa alohida tartib raqamiga ega bо‘ladi.
Davriy nashrlar ma’lum bir davrda chiqish raqami bilan chiqariladi. Ana shunday nashrlardan biri “Qizil kitob” yо‘qolib borayotgan yoki yо‘qolish xavfida bо‘lgan noyob о‘simlik va hayvon turlarini qayd etib boruvchi va ular haqida ma’lumot beruvchi ma’lumotnoma xarakteridagi davlat hujjati. Unda avval о‘simlik yoki hayvon haqida ma’lumot beriladi, uning yо‘qolib borishiga sabab va omillar haqida, yо‘qolishining oldini olish uchun tavsiyalar beriladi.
Nashrlar, matbuot asarlari va boshqa hujjatlar bibliografiyalash obyekti hisoblanadi.
B i b l i o g r a f i ya l a sh – bibliografik axborotni tayyorlash jarayonidir. Bu ish kutubxonaning u yoki bu bо‘limiga ma’lum darajada xos bо‘lgan bibliografik ishining tarkibiy qismidir.
Demak, bu hujjatlarga AKM da bibliografik ishlov berilishi zarur.
Bibliografik ishlov – bibliografik yozuvni kutubxonaning an’anaviy katalogida, kartotekalarda, bibliografik kо‘rsatkichlarda, qо‘llanmalarda va zamonaviy elektron katalogda aks ettirish uchun bajariladigan jarayonlar yig‘indisi. Bibliografik ishlov bibliografik yozuv elementlarini aniqlash, tavsif boshini shakllantirish, bibliografik tavsifni tuzish, indekslash, annotatsiyalash yoki referat tuzish va boshqa elementlarni berish va bosh maqsadi hujjatni tanlash, о‘rganish, о‘qish, kо‘rib chiqish, qо‘shimcha materillar bilan tanishish, asar haqidagi ma’lumotlardan foydalanish, tanqidiy maqolalarni kо‘rib chiqish jarayonida u haqda tо‘liq axborot tayyorlash va uni iste’molchiga yetkazish maqsadida chiqish ma’lumotlarini tayyorlashdan iborat.
Bu ish dastlab bibliografik yozuv elementlarini aniqlash, tavsif boshini shakllantirish, bibliografik tavsifni tuzish bilan bajariladi.
Bibliografik tavsif – sohalar va elementlarning kelish tartibi va tо‘ldirilishini belgilab beruvchi va hujjatni umumiy tavsiflash hamda identifikatsiyalash (aynan tenglashtirish) uchun mо‘ljallangan hujjat haqidagi bibliografik ma’lumotlarning yig‘indisidir” deb ta’riflanadi.
Unda hujjatni qidirish uchun zarur bо‘lgan hamma ma’lumotlar, ya’ni kitob yoki maqolaning muallifi, sarlavhasi, bosilgan joyi, yili, jildlari, sahifalari beriladi.

Takrorlash uchun savollar :


1. Bu davrda bibliografiyaning qaysi turi juda yaxshi rivojlandi?
2. Bibliografiyaning nazariy masalalariga nima sababdan e’tibor kuchaydi?
3. Bu yirik davrda tuzilgan bibliografik materiallarning hozirgi davr uchun ahamiyatini gapirib bering.



Download 370,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish