Universal
Kо‘p tarmoqli
Mavzuli
Shaxsga oid
Mamlakatshunoslik
О‘lkashunoslik
Universal qо‘llanmalar bilimning va amaliy faoliyatning hamma sohalariga va fan tarmoqlariga oid, kо‘p tarmoqli esa bir necha bilim sohalari bо‘yicha materiallarni aks ettiradi. Tarmoq qо‘llanmalar bilimning bir sohasiga oid bо‘ladi. Mavzuli qо‘llanmalar aniq bir mavzuga, masalaga va muammoga oid materiallarni qamrab oladi. Shaxsga oid qо‘llanmalar bir shaxsning hayoti va ijodiga oid barcha adabiyotlar haqida axborot beradi. Bunday kо‘rsatkichning ahamiyati shundaki, iste’molchi aynan о‘zini qiziqtirgan shaxsning asarlari, hayoti va ijodiga oid barcha turdagi materiallar bilan bir joyning о‘zida tanishadi. Mamlakatshunoslikka oid qо‘llanmalar bir yoki bir necha mamlakat haqidagi materiallarni aks ettiradi. О‘lkashunoslik xarakteridagi qо‘llanmalar esa mamlakat ichidagi bir joy haqidagi adabiyotlardan iborat bо‘ladi.
Qо‘llanmalar turiga, maqsadiga kо‘ra ayrim xususiyatlarga ega bо‘ladi. 1-xususiyati xronologik aniq chegaraga egaligida kо‘rinadi. Qо‘llanmaning maqsadidan kelib chiqqan holda aniq yillar davomida nashrdan chiqqan adabiyotlar va boshqa materiallar tanlab olinadi. Tо‘lalik xususiyati- agar kо‘rsatkich hisobga olish maqsadida tuzilsa, har tomonlama tо‘la bо‘lishi shartligi nazarda tutiladi. Masalan, davlat bibilografik kо‘rsatkichlarini tayyorlashda tanlangan davrda nashr etilgan tanlangan usulda qaysidir mezonga amal qilingan holda barcha turdagi adabiyotlar va boshqa materiallar hisobga olinadi.. Masalan, ijtimoiy yoki ilmiy ahamiyati, nashrlarning turi yoki biror bir belgisiga kо‘ra tanlanadi.
Har bir bibliografik qо‘llanma kо‘plab bibliografik yozuvlarning tartibga solingan kо‘rinishidir. Bu esa tanlangan tartibdagi –alifbo, sistemali, xronologik va boshqa- usulni qо‘llash bilan uzoq va mas’uliyatli mehnat natijasida yuzaga keladi. Bibliografik elementlarning qо‘llanilish meyori ham qо‘llanmaning turiga va maqsadiga kо‘ra belgilanadi. Masalan, axborot xarakteridagi qо‘rsatkichlarda bibliografik tavsif bilan chegaralansa, tavsiya kо‘rsatkichlarida albatta annotatsiya beriladi, referativ kо‘rsatkichlar esa referat bilan ta’minlanadi.
Ayrim bibliografik qо‘llanmalarda turli xil elementlar aralash keladi. Masalan, ommaviy kutubxonalar xodimlari uchun mо‘ljallangan, avval uslubiy-bibliografik tо‘plamlar deb yuritilgan uslubiy tavsiyanomalar. Uslubiy tavsiyanomalar bibliografik rо‘yhatlar, bibliografik sharxlar matni, shuningdek tanlangan mavzu bо‘yicha ommaviy tadbirlarni tayyorlash va о‘tkazish uchun namunalar bilan boyitiladi.
Bibliografik qо‘llanmalar mustaqil nashr sifatida ham boshqa nashrlar ichida (kitob , gazeta, jurnal, tо‘plam ) ham yoki ilova shaklida ham bosilishi mumkin. Bibliografik qо‘llanmalar nodavriy, davriy bо‘lishi mumkin. Nodavriy kо‘rsatkichlar asosan kitob, risola, varaqa, buklet, bir yoki bir necha tomlik, ruknli shaklda bо‘ladi. Masalan, shaxslarga oid bibliografik kо‘rsatkichlar mustaqil yoki bir ruknda alohida –alohida kitob va risola holida nashr etiladi. Davriy qо‘llanmalar haftalik, oylik, kvartallik, yillik, yarim yillik bо‘ladi.
Kartochka kо‘rinishidagi bibliografik nashrlar. Kitob palatalari yoki nashriyotlar tomonidan tayyorlab nashr qilinadi va uning maqsadi an’anaviy katalog va kartotekalarni tashkil etishda qо‘llashdan iborat. Bular kitobga, gazeta va jurnal maqolasiga, taqrizga bosma kartochkalar tuziladi. Annotatsiyali bosma kartochkalar nashr etish sohasida Rossiya Davlat kutubxonasi tajribasi tahsinga loyiq. Ular “Mir bibliografii” jurnalining 1998 yil 1 sonidan boshlab har bir sonida 200-250 ta adabiyotga annotatsiyali kartochkani va nashriyotlar manzili, telyefon raqamlari bilan birgalikda berib bormoqda.
Xususiy bibliografik mahsulotlar vazifasining xizmat kо‘rsatish tendensiyasiga mos holda о‘zgarishi bilan bog‘liq holda bibliografik qо‘llanmalar oraliq xarakterga ega bо‘lib bormoqda, axborot sohasining mutaxassislari ishining natijasi tugallanmay qolayapdi. Bunga sabab borgan sari axborotning siqiq, ammo tushunarli bо‘lishi talab etilmoqda. Mutaxassislar sо‘rog‘iga tо‘la javob berish maqsadida kutubxona va axborot organlari xodimlari bibliografik qidirish jarayonida mavzuli rо‘yhatlar, kartotekalar tuzadi, bibliografik ma’lumotlar bazasini yaratadi. Keyinchalik ular negizida mavzuli tо‘plamlar, daydjestlar, faktografik ma’lumotlar, tahliliy sharhlar yaratadi va iste’molchilarga xizmat kо‘rsatish jarayonida foydalanadilar.
Bibliografik qо‘llanmalar adabiyotlar kо‘rgazmasini tashkil etishda, mutaxassislar kunida va boshqa tadbirlarda ham oraliq usul hisoblanadi.
Ikkinchi bir an’ana bibliografik qidirish jarayonida hamda qо‘llanmalarni tuzish jarayonida axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda ish yuritishdan iborat. Jamiyatda tо‘laqonli axborot resurslarini yaratishga mо‘ljallangan adabiyotlarni aniqlash imkoniyati iste’molchilarga elektron shaklda bibliografik qidirishni taqdim etish bilan yaratiladi. Bu esa hujjatlar mazmunini tasvirlashning kо‘p qirraligini ta’minlaydi: tо‘ldirish, iste’molchilar sо‘rog‘i bо‘yicha shakllanadigan individual ma’lumotlar bazasini faollashtirish, axborotni ish yoki yashash joyiga yetkazishni ta’minlaydi.
Texnologik tarmoqlaridan foydalanish hududiy jihatdan imkoni bо‘lmagan va uzoq hududda istiqomat qiladigan kitobxonlarga elektron pochta orqali yoki chat texnologiya orqali xizmat kо‘rsatish imkonini beradi.
Maxsus dasturiy ta’minotga asoslangan chat xizmat kо‘rsatish iste’molchi-bibliograf ikkiyoqlama ta’sirga yо‘naltirilgan bibliografik punktda iste’molchilarga xizmat kо‘rsatishga о‘xshaydi. Kitobxon-bibliograf muloqoti bо‘lmagan paytda mustaqil avtomatlashgan qidiruvni olib borish uchun sо‘roqlar ma’lumotlar bazasini kitobxonlarga tavsiya etish ham yо‘lga qо‘yilmoqda.
Elektron ma’lumot xizmati kо‘rsatish boshlanishida sо‘roqlar epizodik yoki tartibsiz bajarilgan bо‘lsa, hozirgi paytda hamma xorijiy kutubxonalar о‘zlarining veb saytlarida “... dan sо‘ra” nomi bilan sahifa ochilgan.
Uchinchi bir tendensiyaga bibliografik xizmat kо‘rsatishning murakkablashuv jarayonida umuman, axborot faoliyatini ma’naviylash- tirish kiradi.
Bu tendensiya kunlik va kelgusi xizmat kо‘rsatish jarayonida turlicha shaklda namoyon bо‘ladi. Bir martalik bibliografik ma’lumotlarni bajarishda xujjatlarni kompleks, muammoli aks ettirish, uni sifatli tanlash, xabarlar matnining mazmunini ochib berish va qaysidir muammoning holati haqida tasavvur beruvchi umumlashma ma’lumotni taqdim etishga qaratiladi.
Adabiyotlarning retrospektiv kо‘rsatkichlari yoki ma’lumotlar bazasini yaratish imkoniyati tadqiqotlar va kashfiyotlarning yangi yо‘nalishlari yuzaga kelganda bо‘ladi. Muammoli mahsulotlarni tayyorlashning о‘ziga xos xususiyati axborotni tо‘plashning chegarasini belgilashda, turli tuman manbalarning keng doirasini jalb etishda, materiallar guruhini qayta ishlab chiqishda va obyekt ( voqea, hodisa) haqida ma’lumotlarni berishda kо‘rinadi. Masalan, “Bozor iqtisodiyotida innovatsiya” nomli bibliografik qо‘llanma ishlab chiqarishni yangilash, takomillashtirish, investitsiyalarni va yangi zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish bilan band keng mutaxassislar guruhiga mо‘ljallangan. Turli axborot manbalarini kо‘rib chiqish bilan quyidagicha bо‘limchalar ochish mumkin:
1. innovatika yangiliklar va о‘zgarishlar haqidagi fan sifatida;
2. innovatsiyaning mohiyati va turlari;
3.innovatsion jarayonlarning asosiy bosqichlari; ilmiy va innovatsion sohaning о‘zaro ta’siri;
4. innovatsion faoliyatni investitsiyalash
5.innovatsion faoliyat uchun investitsiyalar ajratish, innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligini oshirish;
6. о‘zgarishlar menejementi, tashkilotlarni ana shu yо‘lga о‘tkazish.
7. yangi narsaning mohiyatini qabul qilishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari; innovatsion tо‘qnashuvlarning oldini olishning mohiyati, uslubiyoti va sabablari.
8. innovatsion kommunikatsiyalar, innovatsion faoliyat infratuzilmasi.
9. turli sohadagi innovatsion faoliyat tajribasi.
Internet ma’lumotlaridan foydalanish kitobxonlarga bibliografik xizmat kо‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi va uni bir vaqtning о‘zida ham bibliografik ham faktografik xizmatga aylantiradi.
Xujjatlarni tanlashda axborotni bilish, uning imkoniyatlarini, ayrim matnli materiallarning imkoniyatlarini aniqlashga asoslanadi. Bundan tashqari hujjatlarni tanlashda mamlakatning, tashkilotning ilmiy-texnik potensiali, muammoni ishlab chiquvchi mualliflarning, an’anaviy va elektron hujjatlarning turlichaligi va alohidaligi ham hisobga olinadi.
Tо‘plangan hujjatlar mazmuni ularda va ma’lumotlar bazasida mavjud tayyor referatlar va annotatsiyalar yoki ularni mustaqil tuzish yordamida ochib beriladi. Mazmun qanchalik aniq va tо‘la ochib berilsa, u iste’molchilar uchun shunchalik foydali va keyingi ilmiy tadqiqot ishlari uchun zarur bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |