8-Mavzu:О‘zbekiston bibliografik ishining hozirgi ahvoli.
Reja:
1.О‘zbekistonda bibliografik axborot tizimining shakllanishi, nazariy masalalari; 2.Respublikada hozirgi davrda bibliografiya ishining tashkil qilinishida ”О‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati kо‘rsatishni yanada takomillashtirish tо‘g‘risida”gi О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7-iyundagi qarorining ahamiyati;
3.О‘zbekistonda davlat bibliografiyasi; Umumiy retrospektiv bibliografiya; О‘zbekistonda ilmiy yordamchi bibliografiya; Tavsiya bibliografik qо‘llanmalar tizimi; Kitob savdosi va nashriyotchilik bibliografiyasi; Respublikada bibliografiyashunoslik fani rivojlanishining asosiy yо‘nalishlari
Bibliografik axborotning dastlabki shakllari qadimda paydo bo‘lgan, ularning barchasi odamlar tomonidan yaratilgan. Bibliografik axborot bilan birga bibliografik faoliyat ham vujudga kelgan. Dastlab bibliografik faoliyat tasodifiy, onda-sonda uchraydigan, malakasiz xarakterda edi. Bu faoliyat bilan olimlar, yozuvchilar, monaxlar, nashriyotchilar, tarbiyachilar o‘zlarining asosiy ish faoliyatlaridan tashqari shug‘ullanganlar. Ko‘p hollarda bu maqsad uchun oddiy savodxon kishilar jalb qilinib, ular kitob to‘plamlarining ro‘yxatlarini, reyestrlarini tuzganlar. Keyinchalik, vaqt o‘tishi bilan bibliografiyada o‘z qonun va qoidalari paydo bo‘ldi va u inson faoliyatining malakali sohasi sifatida ajralib chiqdi. Bibliografik faoliyatning ajralib chiqish jarayoni juda murakkab tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi va XIX asrdagina malakali bibliograflar yetishib chiqdilar.
Bibliografik faoliyatning tarixiy murakkablashib borishi natijasida uning maqsadi va vazifasi, tashkiliy shakllari va metodlari yanada turli-tuman bo‘lib boradi va bibliografik faoliyat doirasida mehnat taqsimoti jarayoni boshlanadi. Bibliografik axborotni tayyorlash faoliyati iste’molchiga bibliografik axborotni yetkazish faoliyatidan ajralib chiqadi. Bu bilan bibliografik faoliyatning ikki asosiy jarayoni: bibliografiyalash va bibliografik xizmat ko‘rsatish ajratiladi.
Bibliografik ishlarning aniq metodikasi, tarixi, nazariy asoslarini ilmiy ishlab chiqish, tajribani umumlashtirish, malakali bibliograf kadrlarni tayyorlash va nihoyat, bibliografik faoliyatni tashkiliy boshqarishga zarurat paydo bo‘ldi. Amaliy bibliografik faoliyat (bibliografik axborotni tayyorlash va iste’molchiga yetkazish) bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot, pedagogik, boshqaruv faoliyatlari ham shakllanadi.
Bibliografik faoliyat (adabiyotlarga yo‘naltirish sifatida bibliografik axborot, obzorlar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatlari va x.k. tuzish) bilan olimlar, yozuvchilar, muxbirlar – asosiy kasbidan tashqari shug‘ullanmoqdalar.
Bibliografiyaning XX asrning 60-yillari oxirida sovet
faoliyat sohasi sifa- bibliografiyashunosligida bibliografiya
tida ta’rifi bo‘yicha 1-Davlat standartini ishlab chi-
qishda bibliografiyaning faoliyat sohasi sifatidagi tushunchasi ustunlik qilardi. Bibliografiya terminlari bo‘yicha dastlabki ikki (GOST 16418-70 va GOST 7.0-77) standartda “bibliografiya” atamasi amaliy bibliografik faoliyatni belgilash uchun qo‘llanilgan.
GOST 7.0 – 77 Davlat standartida bibliografiya “... jamiyatda matbuot asarlaridan foydalanishga ta’sir etish maqsadida bibliografik axborotni tayyorlash va iste’molchiga yetkazish bo‘yicha ilmiy-amaliy faoliyat sohasidir” deb ta’riflanadi.
Natijada “bibliografiya” va “bibliografik faoliyat” terminlari bir xil ma’noda (ma’nodosh) bo‘lib qolgan.
GOST 7.0 – 84 Davlat standarti tuzuvchilari esa yuqoridagi kelishmovchiliklar, kamchiliklarni hisobga olgan holda “bibliografiya” terminini standartdan chiqarib turishga qaror qildilar. Standartni esa “Bibliografik faoliyat.Asosiy terminlar va tushunchalar” deb nomladilar va u amaliy bibliografik faoliyatning asosiy tushunchalarini qamrab oldi.
Unda bibliografik faoliyat “... bibliografik axborotga bo‘lgan ehtiyojni qondirish bo‘yicha axborot faoliyati sohasi” deb ta’riflanadi. Bunda “axborot faoliyati sohasi” degan ta’rif hujjatlar axborot muloqoti tizimidagi barcha ijtimoiy institutlar tomonidan axborot ehtiyojlarini har tomonlama qondirish (aniqlash, shakllantirish va qondirish) bo‘yicha tashkil qilish, qayta ishlash, saqlash, qidirish va hujjatga qayd etilgan axborotni turli maqsadlarda (ilmiy-yordamchi, ixtisosli ishlab chiqarish, o‘quv-tarbiyaviy ishlar) foydalanishni o‘z ichiga oladigan faoliyat tushuniladi.
Demak, bibliografiyashunoslikda “bibliografiya”ga ilmiy tushuncha sifatida ikki xil qarash: keng va tor ifoda mavjud bo‘lgan. Bular orasida deyarli farq yo‘q, chunki ularning har ikkisi bibliografiyaga faoliyat sohasi sifatida bir xil qarashga asoslanadi.
Kutubxonaning tavsiya-bibliografik faoliyati bir necha yo‘nalishda olib boriladi:
- kitob fondi bilan ishlashda, adabiyotlar targ‘ibotida va kitobxonlarga kutubxona-bibliografiya xizmati ko‘rsatishning turli shakllarida tavsiya qo‘llanmalari va usullaridan foydalanish;
- tavsiyaviy bibliografiyalash (tavsiya biblografik qo‘lanmalarini tayyorlash va nashr qilish);
- tavsiya bibliografiyasi sohasida ilmiy-metodik, tashkiliy-boshqaruv, ilmiy-tadqiqot faoliyati;
- kitobxonlar va kutubxona xodimlarining bibliografik malakasini oshirish k a b i l a r.
Bunday yo‘nalishdagi ish asosan yirik universal va maxsus kutubxonalarda to‘la va rivojlangan holda tashkil etilgan.
Viloyat AKM larida esa shu o‘lka, mintaqa doirasida, bu joy xususiyatlari asosida ko‘proq o‘lkashunoslik doirasida bu faoliyat tashkil etiladi.
ARM larda esa tavsiya bibliografik qo‘llanmalaridan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishda, fondni shakllantirishda, kitob targ‘ibotining turli shakl va usullarida foydalanish bo‘yicha ish olib boriladi.
Tavsiya bibliografiyasining “kichik shakllari” ni tuzish bo‘yicha ham ish olib boriladi. Bunday qo‘llanmalar mustaqil bilim olish, bilimlar va kitob targ‘iboti, kasb tanlash bo‘yicha qiziqishlar klublarida a’zo bo‘lgan, texnik ijodiyot bilan qiziqqan shu kutubxona kitobxonlari uchun mo‘ljallanadi.
Kutubxonalar ish faoliyatining asosiy yo‘nalishi bo‘lgan tuzuvchilik ishi va bibliografik qo‘llanmalar boshqa yo‘nalishlar uchun asos bo‘ladi.
Kutubxonalarning tavsiya bibliografik faoliyati kitobxonning shaxsini har tomonlama va chuqur o‘rganishga asoslanadi. Bu faoliyat bibliografik axborotning baholash vazifasini to‘liq va bevosita amalga oshuvini ta’minlovchi yo‘nalishdir.
Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning ommaviy, guruhli va yakka shakllaridan keng foydalaniladi. Ulardan foydalanishdan asosiy maqsad – turli guruh kitobxonlari o‘qishiga rahbarlik qilish, qiziqishini shakllantirish, kitobxonlik aktiv faoliyat shakllarini rivojlantirish, o‘qish madaniyati va adabiyot tanlash darajasini ko‘tarishdir.
O‘qishga yakka rahbarlik qilishda tavsiya bibliografik faoliyatning usullari va bibliografik qo‘llanmalardan samarali foydalaniladi. O‘qishga yakka rahbarlik – bu kutubxonachining o‘qish mazmuni muttasilligi va madaniyatini shakllantirib boruvchi pedagogik jarayondir. Ular yordamida kutubxonachi kitobxonning umumiy ma’lumot darajasi, adabiyotlarni va masalaning mohiyatini bilishi, talablarini aniqlash, qiziqish va didini shakllantirish kabilarni aniqlab oladi. O‘qish jarayoni kutubxonachining kuzatuvi ostida kechadi.
Mustaqil bilim olish yo‘lidagi o‘qish maqsadi, mazmuni, kitobxonning xususiyati bo‘yicha turli-tumandir. Xuddi shu holda kutubxonachi yoki bibliograf o‘qish rahbari, bilim va kitob targ‘ibotchisi, tashkilotchi va tarbiyachi sifatida keladi. Tavsiya qo‘llanmalari kutubxonachi va kitobxon o‘rtasida zarur muomala belgisi bo‘lib qoladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ma’lumoti va o‘qish madaniyati darajasidan qat’iy nazar hamma kitobxonlar o‘qishga rahbarlik qilishga muhtojdirlar. Shu sababli kitobxonga xizmat ko‘rsatishda tavsiya bibliografik ta’sir etish ular o‘rtasidagi asosiy aloqa shaklidir.
Noaniq so‘roq yoki mavzuli so‘roq bilan murojaat qilgan kitobxonga katalog, bibliografik ko‘rsatkichlar bo‘yicha mustaqil qidirish o‘tkazish taklif qilinadi. Bu holda bibliograf maslahatli xizmat ko‘rsatadi, xolos.
Tavsiya qo‘llanmalari xizmat ko‘rsatishning ommaviy va guruhli shakllarida ham foydalaniladi.
Xulosa qilib aytganda, tavsiya bibliografiya xizmati kitobxonga xizmat ko‘rsatuvchi hamma bo‘linmalarda olib boriladi.
Ijtimoiy – siyosiy mavzudagi ma’lumotlar har qanday kutubxonaning bibliografik ishida katta о‘rin egallaydi. Bu esa kitobxonlar eng xilma-xil guruhlarining ijtimoiy turmush, ijtimoiy fanlar, muammolariga doimo qiziqib qarayotganligi bilan bog‘liqdir.
Bu ma’lumotlarning hususiyati mavzusi jihatidan ham bajarilishi qiyinligi jihatidan ham, kitobxon uchun talab qilinayotgan axborotning xususiyatlari jihatidan ham g‘oyat xilma-xildir.
Bibliografik ma’lumotlarni aniqlashga oid ma’lumotlar ancha katta о‘rinni egallaydi. Bu, avvalo davlat rahbarlarining asarlarini, davlat hujjatlarini, ular rahbarlari asarlarining e’lon qilingan joylarini aniqlashga qaratilgan talablaridir. Ana shunday izlanishlarning manbalari va uslubiyati ushbu о‘quv qо‘llanmaning oldingi boblarida kо‘rib chiqilgan. Jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari, yoshlar harakati va boshqalar) xalqaro, davlatlararo yoki jamoat tashkilotlari hujjatlarining nomlarini va e’lon qilingan joylarini aniqlash yuzasidan kо‘plab ana shunday talablar olinmoqda. Bu hujjatlarni izlash yо‘li, ularning asosiy nashrlari, shu jumladan ularning vaqtli matbuotda e’lon qilinishidir, chunki kо‘pincha eng yangi hujjatlarni sо‘raydilar (odatda u yoki bu tashkilotlarning organlari: «kasaba uyushmalari», «Yosh kuch», «Yoshlar ovozi» va boshqalardir). Izlanadigan hujjat mavzusi bilan bog‘liq xilma-xil bibliografik qо‘llanmalardan, shu jumladan kitob ichidagi va maqola ichidagi rо‘yhatlardan, kо‘pincha ham umumiy tusdagi, ham turli tashkilotlarga yoki ularning guruhlariga mos mahsus bag‘ishlangan spravka nashrlaridan foydalanish mumkin.
Kо‘rib chiqilayotgan sohadagi boshqa adabiyotga oid bibliografik ma’lumotlarni aniqlash ma’lumotlari umumiy bibliografiya kursida kо‘rib chiqilgan ma’lumotlarga о‘xshaydi. Ular ijtimoiy – siyosiy mavzuga tadbiqan bibliografik axborotni kо‘pincha eshitib (radio, televideniye orqali) qabul qilish bilan bog‘langandir. Ana shu kanallar bо‘yicha asosan yangi adabiyot tavsiya etiladi, shu adabiyotning tasvirini aniqlash uchun ham tarmoq, ham umumiy joriy bibliografiya manbalariga murojaat qilish g‘oyat maqsadga muvofiqdir. Bundan avval aytib о‘tilganidek, kitobxonlar kitob yoki maqolaning hissiyotli nomini (masalan, «Eman ildizlari», «Sakura shoxlari») kо‘pincha yodda saqlab qolib, ularning mualliflarini eslay olmaydilar. Bunday xollarda izlashning eng yaxshi yо‘li – kutubxonada tutilayotgan bо‘lsa, sarlavhalar kartotekasiga murojaat qilishdir. Bunday kartoteka bо‘lmagan taqdirda izlanayotgan asarning mavzusini aniqlab, qо‘llanmalarga, kо‘pincha publitsistik va ocherkaviy ijtimoiy-siyosiy adabiyotni kо‘plab о‘z ichiga oladigan tavsiya bibliografik qо‘llanmalarga murojaat qilgandan keyingina izlash muvaffaqiyatli amalga oshirilishi mumkin.
Bibilografik ma’lumotlardagi noaniqliklar kitob va maqola avtorlari, uslubiy kо‘rsatmalar mualliflari, adabiyotni og‘zaki tavsiya etgan shaxslar bibliografik madaniyatning pastligi bilan bog‘liq bо‘lsa, u vaqtda umumiy bibliografiya kursida kо‘rib chiqilgan izlashning eng xilma-xil manbalariga murojaat qilishga tо‘g‘ri keladi.
Mavzuli ma’lumot-ijtimoiy-siyosiy ma’lumotning eng murakkab va tez-tez uchrab turadigan turidir. Bibliograf uni bajarish chog‘ida mavzuning xususiyatlarinigina emas, shu bilan birga qо‘yilgan maqsadni,kitobning tayyorgarligini ham hisobga olish kerak. Mavzu ma’lumotlarni bajarish manbalari SBAning hajmi va xarakteriga, SBAdan ancha yirik tarmoq markazlari sifatida ham, xududlar korporatsiyalar tartibida ham foydalanish imkoniyatlariga bog‘liq.
Ommaviy kutubxonalarda ijtimoiy-siyosiy mavzudagi ma’lumotlar kо‘pincha takrorlanadigan xarakterga ega bо‘ladi. Ular davlatning navbatdagi hujjatlarni tematikasi, kasaba о‘quv tizimlarining dasturlari bilan, oliy о‘quv yurtlarida jamiyatshunoslikni yoki ijtimoiy fanlarni о‘rganish bilan bog‘liqdir. U mamlakatimiz turmushidagi, xalqaro hayotdagi voqealar, siyosiy kompaniyalari muhim sanalar, turli bayramlar va shu kabilar bilan belgilanadi. Ana shunday mavzuli ma’lumotlarning paydo bо‘lishini oldindan kо‘ra bilish mumkinligi tufayli ularni axborot – bibliografik xizmat kо‘rsatish rejimiga о‘tkazish tavsiya etiladigan tusdagi mavzuli kartotekalarini о‘z vaqtida tashkil qilish va adabiyot bilan doimo tо‘ldirilib turish, bibliografik obzorlar о‘tkazish va shu kabi ishlarni bajarish g‘oyat maqsadga muvofiqdir. Kitobxonlar doiralarining ozmi-kо‘pmi doiralarning jamoat topshiriqlarini bajarish bilan, xalq noiblarini, mahalla faollari va shu kabilarni mavzuli axborot orqali о‘z vaqtida ta’minlash bilan bog‘liq ma’lumotlarni ham shu tarzda oldindan kо‘zda tutishi mumkin.
Yosh kitobxonlarning ahloq-odob masalasi bо‘yicha mavzuli talablar (masalan, «Hozirgi kunimizda jasorat kо‘rsatish nima demak?», «Burch, shon-sharaf, vijdon nima?» va hokazo) tez-tez takrorlanib turadi. Bu esa ilgari aytib о‘tilganidek, kitobxonlarning ana shu guruhi uchun tavsiya bibliografik qо‘llanmalar tizimini tashkil qilgan chog‘da hisobga olinadi, bular yangi adabiyot hisobiga kartoteka tomonidan davom ettirilishi mumkin. Biroq mavzu talablar bо‘yicha bevosita ma’lumot-bibliografik xizmat kо‘rsatish muayyan kitobxonning xususiyatlarini ancha aniq hisobga olishni kо‘zda tutadi. Chunonchi, «Yoshlarning mehnati» ma’lumotini bajara turib, yosh kitobxonlarning kasb egallash darajasini ham (mehnatga, kasb tanlashga tayyorgarlik kо‘rishi yoki sanoat, qishloq xо‘jaligi va shu kabilarning muayyan tarmog‘ida ishlayotgani), talabining maqsadini ham (kasb tanlash, ma’ruza yoki nutq tayyorlash va hokazo) shaxs yakka tuzilishning xususiyatlari, idrok qilishning mantiqiy yoki xissiyotli tipini ham, о‘qish umumiy madaniyati saviyasini ham, ushbu mavzu bо‘yicha adabiyotdan habardorligini ham hisobga olish zarur.
Ommaviy kutubxonada mavzu ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, odatda, tavsiya etish xarakteriga ega bо‘lish lozim. Ularni tayyorlash uslubiyati har qanday boshqa bibliografik qо‘llanmalar tuzish qoidalariga mosdir. Nomutaxassis kitobxonlarning ma’lumot-bibliografik bо‘limida, ularning о‘qishiga bevosita rahbarlik, odatda amalga oshirildi. Chunonchi, aniq sо‘rovni qabul qilgan chog‘da mavzuga tuzatish kiritish, kitobxonlarning diqqat-e’tiborini siyosiy jihatdan ancha muhim bо‘lgan uning jihatlariga qaratish tez-tez rо‘y beradi. Masalan, tarixiy tusdagi mavzuli kitobxon voqea yoki tarixiy arbobning о‘zi tо‘g‘risidagina emas, shu bilan birga uning zamonamiz uchun ahamiyati haqida ham tasavvur olish imkoniyatiga ega bо‘lsin. Ba’zan ozmi-kо‘pmi xususiy tusdagi talablar о‘rtaga qо‘yilgan chog‘da, mavzu chegaralarini kengaytirish zarur bо‘lib qoladi, toki kitobxon uchun tо‘g‘ri uslubiy nuqtai nazardan о‘rganadigan bо‘lsin. Masalan, mustaqillik yillari о‘z о‘lkasi xalq hо‘jaligining rivojlanishi bilan qiziqayotgan kitobxonga umuman shu yillar tо‘g‘risidagi eng muhim manbani ham tavsiya etish kerak, bu esa Vatan rivojlanish vazifalari va yо‘nalishlari bilan taqqoslanib kо‘rish imkonini beradi. Tabiiyki mavzuning shu tariqa haddan tashqari kengaytirib yuborish yaramaydi, bu ishni о‘qishning aniq maqsadlarini va kitobxonning imkoniyatlarini hisobga olibgina qilish kerak.
Mavzuli ma’lumotda hamma eng muhim adabiyotni, avvalo bosh manba asarlarini tanlash muhim ahamiyat kasb etadi. Kо‘pincha ijtimoiy-siyosiy adabiyotgina emas, shu bilan birga badiiy adabiyot, tasviriy san’at nashrlari, audiovizual material ham foydali bо‘ladi. Tavsiya etiladigan adabiyotni mavjud bibliografik materiallarga yо‘naltirma berish bilan tugallash maqsadga muvofiqdir, bu esa kitobxonni mavjud bibliografik resurslarga e’tibor bilan qarashga о‘rgatish imkonini beradi.
Nomutahassis uchun mо‘ljallangan ma’lumot tavsiya etiladigan adabiyot hajmi, odatda uncha katta bо‘lmaganligi sababli u kо‘pincha tavsiya qilinadigan о‘qish tartibida yoki mavzu mazmunining о‘zi taqozo etadigan mantikiy tartibda joylashtiriladi. Masalan, yoshlarni milliy mafkura ruxida tarbiyalash tо‘g‘risidagi mavzuli ma’lumot boshda umumiy tusdagi adabiyot, avvalo bosh manbalar, hujjatlar beriladi. Shundan keyin mavzuning ayrim jihatlari bо‘yicha, milliy mafkura tarbiyasiga yо‘nalishlariga mos: mehnat tarbiyasi, vatanparvarlik va internatsional tarbiya va shu kabilar haqidagi adabiyot aks ettiriladi. Basharti ma’lumot hajm jihatidan ancha katta bо‘lsa, u xolda ana shu bо‘limlarining har birida asosiy va qо‘shimcha adabiyot ajratib kо‘rsatiladi. Agar ma’lumot ana shu ishni olib borayotgan kishilar (о‘qituvchilar, murabbiylar va boshqalar) uchun bajarilayotgan bо‘lsa, u vaqtda ma’lumot oluvchining qiziqishlariga qarab maktabda, ishlab chiqarishda, boshqa о‘quv tizimida mashg‘ulotlar jarayonida va shu kabi boshqa joylarda tarbiyaviy ish tajribasi tо‘g‘risidagi kitoblar va maqolalarni ajratib kо‘rsatish foydalidir. Yosh kitobxonlar uchun nazariy tusdagi yangi kitoblar va maqolalardan tashqari bibliografik manba ham foydali bо‘ladi, bu manba mehnatda, Vatanni himoya qilishda, о‘z internatsional burchini ado etishda va shu kabilarda mustaqil О‘zbekiston kishisi, yuksak ahloqiy fazilatlarni namoyon etishni yaqqol kо‘rsatib berishi mumkin. Bunday kitoblar ma’lumot mavzuli kichik bо‘limlaridan har birini tugallashi mumkin.
О‘qishni boshqarish uchun mо‘ljallangan yozma ma’lumotlarda annotatsiyalar, о‘tish tekstlari va ijtimoiy-siyosiy tavsiya bibliografiyaning boshqa usullari foydalidir. Og‘zaki ma’lumotni bajargan vaqtda bunday vazifalar bibliografning kitobxon bilan suhbati zimmasiga yuklandi. Tematik ma’lumotlarni ado etgan chog‘da butun mavjud bibliografik resurslardan nashr qilingan tavsiya bibliografik qо‘llanmalardan, shu jumladan ularning ayrim bо‘limlari va rubrikalaridan foydalaniladi, bularning eng muhimlari odatda bibliografik qо‘llanmalarning kartotekalarida tasvirlanadi. Bular kataloglar va kartotekalardan foydalanish yо‘li bilan yangi adabiyot hisobiga tо‘ldirib turiladi.
Mutahassis kitobxonlardan universal va tarmoq bibliografik markazlarga tushayotgan tematik ma’lumotlar, ancha tor talablarning bir-muncha keng jihatlari bilan ajralib turadi. Odatda mutahassislar о‘zbek adabiyotigina emas, shu bilan birga xuddi ushanday chet el adabiyotini ham ancha katta xronologik davrdagisini talab qiladilar. Tadqiqotchi jamiyatshunoslarning talablari kо‘pincha davr bilan (masalan, “...haqidagi о‘ttizinchi yillar adabiyoti”), til bilan (“Fransuz adabiyoti bо‘yicha...”, ”Amerika matbuotida О‘zbekiston Konstitusiyasiga berilgan baho”, “Xalqaro ishchilar harakati nemis adabiyotida” va hokazo), yoki xatto nashr etilgan joy bilan (“Xorijiy mamlakatlarda nashr etilgan iqtisod darsliklari”) kо‘pincha cheklangandir. Tadqiqotlarning yakka mavzulari yoki о‘quv topshiriqlari bilan bog‘lik ma’lumotlar ba’zan juda tor bо‘lib, kо‘p kuch-g‘ayratni hamda ularni bajarish uchun kо‘plab bibliografik manbalarni bо‘lishini taqozo etadi.
Muassasalar va tashkilotlar uchun bajariladigan mavzuli ma’lumotlar kо‘pincha hozirgi ijtimoiy turmush ning, mafkuraviy faoliyatning, shu jumladan qarshi propagandaning ham aktual muammolari bilan bog‘langandir. Ayrim tadqiqotchilar ham, shuningdek mahalliy davlat organlari ham о‘lkashunoslik tusidagi, lekin chet el adabiyoti bо‘yicha talablar bilan umumrespublika va MDH markazlariga murojaat qiladilar. Masalan, ”Dog‘iston chet ellik mualliflarining asarlarida”, “Chet el matbuoti mustaqil О‘zbekiston tо‘g‘risida” va hokazo. Kо‘pincha, tadqiqotchilarga muayyan mafkuraviy maslakdagi adabiyotgina, muayyan jamiyatshunoslik maktablari va yо‘nalishlari (oqimlari) vakillarining asarlarigina talab qilinadi. Nomarksistik adabiyotni jalb qilishni talab etuvchi (masalan, ”Chet ellik tarixchilarining, ayniqsa latish millatchi-muhojirlarining asarlarida Latviya tarixining sohalashtirilishi“) yoki aksincha burjua jamiyatshunoslarning g‘ayriilmiy qarashlarini tanqid qilish. “1918 - 1934 yillarda Italiyada fashistlarga qarshi publitsistika” yoki “Keyingi uch yil ichida chiqqan SRU haqidagi kitoblar”. Ba’zi kitobxonlarga muayyan janr yoki adabiyot turigina zarur “...tо‘g‘risida xotiralar”, “Fransiyaning hozirgi ekonomikasi tо‘g‘risidagi spravochniklar”, "...preyskurantlari va baho kо‘rsatkichlari".
Mutaxassislarning talablari bо‘yicha bajarilgan mavzuli ma’lumotlarning rang-barangligi bibliografdan, avvalo mavzuning о‘zini yaxshi bilishni va aniq kitobxonga zarur bо‘lgan uni yoritish jihatlarini aniqlashni taqozo etadi. Talabni cheklash imkoniyatiga qarab izlashning foydalanilayotgan manbalari toraytirilishi mumkin: muayyan davr ichidagi joriy kо‘rsatkichlargina yoki retrospektiv kо‘rsatkichlargina, faqat rus tilidagi ijtimoiy-siyosiy adabiyotni hisobga oladigan yoki MDH xalqlari tillaridagi, chet tillaridagi va ayni qanday chet tillaridagi qо‘llanmalargina qolishi kerak. Talabning qо‘yilgan maqsadi alohida ahamiyatga ega, chunki eng malakali mutaxassisga ham ma’lumot uning bevosita tadqiqotlariga balki yaqin mavzu bilan umuman tanishish uchungina, uslubiy seminarda sо‘zga chiqishga tayyorgarlik kо‘rish uchun va hokazolar uchungina zarurdir.
Kutubxonalar bibliografik ma’lumotlar bilan bir qatorda faktografik ma’lumotlarni ham bajaradilar. Sitatalar manbalarini yoki tekstlarini aniqlashga oid ma’lumotlarni ham ba’zan shu ma’lumotlar qatoriga kiritadilar.
Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi faktografik ma’lumotlar tarixiy voqealarni sanalarini, tarixiy shaxslarning faoliyatini aniqlash bilan ham bog‘liqdir. Lug‘aviy ma’lumotlar (investitsiya nima? va hokazo), va boshqa tashkilotlarning qisqartirilgan nomlarini yoyma qilishga oid ma’lumotlar («BAAS» nima? – adabiyotda ishlatiladigan arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi) tez-tez uchrab turadi. Keyingi vaqtlarda mamlakatlarning о‘zgaradigan nomlarini ba’zan aniqlash talab qilinadi: «70 – yillargacha Beliz qanday atalgandi?» (1973 yilgacha Britaniya Gondurasi deb atalgandi). MDH regionlari bо‘yicha ma’muriy-xududiy bо‘linishlarning о‘zgarishlari tо‘g‘risida tez-tez ma’lumotlar tushib turadi.
Bibliografik tusdagi ma’lumotlar о‘tgan yillaradagi arboblar bilangina emas, shu bilan birga u yoki bu davlatning hozirgi rahbarlari, chet mamlakatlar xujjatlari bilan bog‘liqdir. Bunday ma’lumotlar kо‘pincha yaqindagina siyosiy maydonga chiqqan shaxslar tо‘g‘risida bajariladi.
Statistik faktografik ma’lumotlar MDH va uning regionlari xо‘jaligi va madaniyatining rivojlanishi tо‘g‘risidagi kо‘pincha mustaqillikka erishgan yillar ichida ularning rivojlanish yakunlari yoki shu yaqin yillik rejalari haqidagi ma’lumotlarni izlab topishni kо‘zda tutadi. Ba’zan mamlakatimiz, MDH lageridagi barcha mamlakatlar iqtisodiy, sotsial va madaniy rivojlanishini umuman uzoq chet el mamlakatlari yoki ayrim mamlakatlar (kо‘pincha AQSH) rivojlanishi bilan taqqoslash kо‘rsatkichlari talab qilinadi. Mahsus kutubxonalar ishida О‘zbekistonda yoki chet el mamlakatlarida u yoxud bu mahsulot turini ishlab chiqarish bilan bog‘liq statistik ma’lumotlar, shuningdek mashina – uskunalari, hom-ashyo va shu kabilarning texnika-iqtisodiy xarakteristikalari katta о‘rin egallaydi.
Faktografik ma’lumotlarning rasmiylashtirish ularni bajarish uchun foydalanilgan adabiyotni kо‘rsatish bilan bog‘liq bо‘lishi mumkin, shu tariqa u mavzuli bibliografik ma’lumot bilan qо‘shilib ketadi. Kitobxonni yakka-yagona faktgina emas, balki voqeaning, shaxs faoliyatining ijtimoiy-tafakkur oqimi yoki «maktabi»ning ozmi-kо‘pmi keng yoritilishi va shu kabilar ham qiziqtirgan hollarda adabiyotni kо‘rsatish ayniqsa foydalidir. Masalan, о‘quvchi kitobxonning «Neopozitivizm nima?» degan talabiga javob dalil ma’lumot tarzida rasmiylashtirilishi mumkin. Lekin shu narsa ravshanki, shunday tayyorgarligi bо‘lgan kitobxon uchun ommabop adabiyotni, hech bо‘lmasa maqolalar tavsiya qilish ancha foydali bо‘lur edi, shu bilan birga uning kelib chiqishi, semiotikasi va boshqa fanlarga о‘tkazayotgan ta’siri ham ochib tashlanib, neopozitivistlar ishlab chiqqan fanning uslubiy muammolari aniq tanqid qilingan bо‘lur edi.
Mutaxassislar, ilmiy markazlar, jamoa va davlat muassasalaridan tushayotgan va dalillarga asoslangan ma’lumotlar ommaviy kitobxonlar uchun mо‘ljallangan ana shunday ma’lumotlarga nisbatan mavzu jihatidan ancha kengdir. Bu ma’lumotlarni biron bir yо‘l bilan aniq-puxta tavsiflab bо‘lmaydi. Tarixiy tusdagi ma’lumotlar yuqorida kо‘rib о‘tgan ana shunday ma’lumotlardan tashqari kо‘pincha grafika axborotning (masalan, «Rossiya shaharlari gerblarining tasvirlari») muayyan turi bilan bog‘liqdir. Konkret tashkilotlar yoki muassasalarning boshqarish, tizimi tо‘g‘risida («Davlat Dumasi va uning tuzilishi», «AQSH Senatida ovoz berish tartibi» va hokazo) tez-tez talablar tushib turibdi.
Tarixchilarni tarixiy manbalarning u yoki bu turlarini saqlash joyi («XIX acpi oxiri XX asr boshlarida Rossiyadagi siyosiy partiyalar va soyuzlarning xujjatlari qaysi arxivda saqlanmoqda?») yoki aniq tashkilotlarning xujjatlarini saqlash joyi («Xalqaro mehnat tashkiloti xujjatlari fondi MDHning qaysi axborot markazida birmuncha tо‘la?») tez-tez qiziqtiradi.
Statistik ma’lumotlarni izlagan chog‘da tarixiy ma’lumotlar mutaxassis bо‘lgan kitobxonlardan kо‘ra tadqiqotchilarni kо‘proq qiziqtiradi. «1861-1865 yillarda Rossiya trasporti tо‘g‘risida statistik ma’lumotlarni» misol qilib kо‘rsatish mumkin. Ba’zan chet mamlakatlar iqtisodi yoki madaniyati ayrim sohalari rivojlanishi tо‘g‘risidagi statistik ma’lumotlarni statistik nashrlarda mavjudligidan kо‘ra kengroq nashrlaridan izlashni talab qilinadi.
Ommaviy kutubxonalar kitobxonlarning, kо‘pincha kolleksionerlar (filatelistlar va shu kabilar), xotiralar, mualiflari, yoki xatto jangovar va mehnat shuhrati muzeylarini tashkil qilish chog‘ida «iztoparlar» bо‘lgan о‘quvchilarning ba’zi buyurtmalari ham torligi va о‘ziga xos xarakteri jihatidan faktografik talablarga yaqinlashib qoladi. Ushbu ommaviy kutubxona yoki MKS о‘z SBAlari asosida talabni qondira olmagan xollarda bu talab birmuncha yirik axborot markaziga yozma ma’lumot tarzida, tarqatib yuborilishi lozim. Faqat о‘z SBAga mо‘ljallab ish tutish ham faktografik, ham bibliografik ma’lumotni hamisha ham bajarish imkoniyatini bermaydi. Shu bilan birga bibliografiyaning axborot-bibliografik markazlar tizimlarini, ular SBA xususiyatlarini yaxshi bilishi ma’lumot-bibilografik ishida kooperatsiyalashning keng imkoniyatlaridan foydalanish, ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar uchun xilma-xil ba’zan esa ancha murakkab talablarni opreativ qondirish imkonini beradi.
Ijtimoiy-siyosiy mavzudagi ma’lumotlarning о‘ziga xos xususiyati shuki, sof rasmiy xarakterga (sanalari, raqamlarini va shu kabilarni aniqlashga) ega bо‘lgan javob bilan bir qatorda kо‘pincha ana shu ma’lumotlarga baho berish, bibliografning ularni izohlashi talab qilinadi. Bu gap esa terminologik ma’lumotlarga ham taaluqlidir, chunki ijtimoiy fanlarning kо‘pgina terminlari marksistlar va nomarksistlar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Shu boisdan kapitalistik mamlakatlarda chiqariladigan ensiklopediyalardan foydalanish kitobxonni yanglishishiga olib keladi. Bu gap hozirgi siyosiy terminlariga (masalan, «demokratiya», «totalitarizm» va shu kabilar) emas, shu bilan birga kо‘pgina falsafiy va boshqa terminlarga ham aloqadordir. Shu sababli bibliograf avvalo, izlash manbalariga, ularning tо‘la bо‘lishiga, yangiligiga, mafkuraviy kurash vazifalariga baho berish yо‘li bilan materialni baholashi mumkin.
Chunonchi, kapitalistik mamlakatdagi ba’zan xalqaro tashkilotlaridagi statistik nashrlarda mehnat, daromad tо‘g‘isidagi statistik ma’lumotlarning va boshqa kо‘rsatkichlari bо‘yicha shunday ma’lumotlarning tо‘la bо‘lmasligini, ba’zan esa ataylab sohalashtirilganini nazarda tutib, bunday ma’lumotlarni MDH manbalari asosida iloji boricha tekshirib kо‘rish yoki har xolda shu raqamli ma’lumotlarning noaniqligi haqida kitobxonni ogohlantirish lozim.
Yirik ilmiy va mahsus kutubxonalarda odatda, xilma-xil hamda о‘zbek va chet el adabiyotini g‘oyat zо‘r tо‘laligi bilan aks ettirayotgan о‘z SBA, kataloglari va kartotekalari ham bibliografik, ham faktografik ma’lumotlarni bajaruvchi manbalardir. Shu boisdan ham ular kо‘pincha izlash uchun foydalaniladi. Biroq kо‘pincha xatto SBAning ana shunday qudratli arsenali ham talabni qondira olmaydi. Oqibatda u yoki fondlarga yoxud konkret kitoblar va maqolalarga bevosita murojaat qilishga tо‘g‘ri keladi. Ba’zi faktlarga asoslangan ma’lumotni bajarish chog‘ida avval bir qancha adabiyot aniqlanadi, sо‘ngra esa uni о‘rganish asosida faktografik ma’lumot tayyorlanadi. «Yevropa qо‘shma Shtatlari» shiori qachon va kim tomonidan ilgari surilgan edi?» ma’lumoti xuddi shunday bajarilgan edi. Faktografik yoki bibliografik ma’lumot biron bir yangi nashrlarga, xatto gazetalarga murojaat qilishga tо‘g‘ri keladi. Masalan, kecha «Vremya» (Vaqt) dasturi habar qilgan davlatning yangi rahbari tо‘g‘risidagi bibliografik ma’lumotlar yoxud sо‘nggi kvartal ichida xalq xо‘jaligini rivojlantirish haqidagi statistika ma’lumotlar shular jumlasidandir.
Ba’zi bir qancha yirik axborot markazlarining SBA va fondlaridan foydalanish talab qilinadi.
Ommaviy kutubxonalarda bibliografik ma’lumotlarni bajarish manbaalarining doiralari ilmiy kutubxonalardagiga nisbatan ancha tor, albatta baribir yetarli darajada keng desa bо‘ladi. SBF katalog va kartotekalardan kompleks foydalanish keng samara beradi. Ba’zan kutubxonalarning amaliyoti kо‘pincha faqat katalog va kartotekalardan foydalanayotganini kо‘rsatmoqda. Hozirda jahon bozorida keng qо‘llanilayotgan « internet » tizimidan foydalanish tо‘g‘ri bо‘ladi. SBFni, ayniqsa, tavsiya bibliografik qо‘llanmalarini, yangi spravochniklardan albatta keng izlanishni kengaytirish, rahbarlik xujjatlarini, shuningdek, ushbu kutubxonada bо‘lmagan, lekin u yoki bu ma’lumot manzili uchun foydali bо‘lgan kitoblarni kam kuch sarflab aniqlashga imkonini beradi. Tavsiya bibliografik qо‘llanmalar, shu jumladan kitob ichki yoki jurnal ichki rо‘yhatlari kartotekalari hisobiga yangi ijtimoiy-siyosiy adabiyot bilan tо‘ldirilishi mumkin.
Ayniqsa mavzuli ma’lumotni bajarish uchun yetarli darajada sermehnat ish ado etilgan taqdirda talabga javob arxivda mavjud ma’lumotlar asosida bajarilishi mumkin bо‘lgan xollar kam emas. Masalan, A.Navoiy nomli Milliy kutubxona bajargan «Non haqidagi (nonni ehtiyot qilishga oid)» ma’lumot keyingi yillarda faqat yangi adabiyotni qо‘shib yana qayta foydalanishi mumkin. «Tо‘y marasimlari» ma’lumotidan kо‘p marta foydalanildi. Ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlardan takroriy foydalanish ularni yangi materiallar bilan tо‘ldirilishgina emas, shu bilan birga undagi nashrlarning nomlarini sinchiklab kо‘zdan kechirishni, adabiyotni mavzuiy qamrab olishni ma’lumot strukturasining targ‘ibot – propaganda ishini hozirgi vazifalari bilan bog‘lanishi taqozo etadi.
Har qanday ijtimoiy-siyosiy bibliografik ma’lumotlarni bajarish bibliografiyadan izlashning asosiy manbalarini, bibliografik evristika qoidalarini bilishgina emas, shu bilan birga ijtimoiy fanlar sohasida yaxshi tayyorgarlikka ega bо‘lishni, shu bilimlarni doimo yangilab turishni, shuningdek yuksak siyosiy madaniyatni, Davlat g‘oyaviy faoliyatining hozirgi vazifalarini tushunishni, mamlakat ichki turmushi va xalqaro hayot voqealaridan habardor bо‘lib turishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |