O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MIRZO ULUGBEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI «IQTISODIYOT» FAKULTETI
2-BOSQICH SIRBU-20 INSON RESURSLARINI BOSHQARISH SIRTQI TA’LIM YO’NALISHI TALABASI
“FALSAFA ” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: GLOBALLASHUV SHAROITIDA ANTROPOLOGIK INQIROZNI OLDINI OLISHNING
Tekshirdi: To’xtayev X.
Topshirdi: Ahmedova Sh.
Toshkent 2021
Mavzu: Globallashuv sharoitida antropologik inkirozni oldini olishning zaruriyati
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Globallashuv tushunchasi. Globallashuvning ijobiy tomonlari va salbiy oqibatlari
Global muammolarning mohiyati.
Global muammolarning klassifikasiyasi. Asosiy global muammolar tizimi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Hozirgi zamon globallashuv jarayoni o’ta murakkab hodisa. Uning turli mamlakatlar iqtisodi, siyosati va ma’naviyatiga o’tkazayotgan ta’siri yana ham murakkab bo’lgani sababli unga nisbatan ham jahonda bir-biriga nisbatan raqobatda bo’lgan ikki guruh: globalistlar va aksilglobalistlar guruhlari vujudga keldi. Globallashuv tarafdorlari globalistlar deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siyosatshunoslar, sanoatchi va biznesmenlar ko’proq uchraydi. Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bo’lib, ular orasida ko’proq so’l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotlarining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqdalar, ular turli anjumanlar, seminarlar o’tkazish uchun to’planib turadilar.
“Globallashuv”ni faqat salbiy hodisa sifatida baholash va unga qarshi chiqish ijtimoiy hayotdagi turli xil tabiiy, ijtimoiy bog’liqliklarni inkor etishga olib kelishi mumkin. Globallashuv jarayoni “mafkuralashishdan”, uning maqsadlaridan holi bo’lishi kerak. Shu narsa ma’lumki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy e’tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma’naviyatga ta’siri va ma’naviy globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa, madaniy antropologiya fanlarida o’zining aksini yetarli darajada topishi kerak. Gandi ta’biri bilan aytganda, ma’naviyatni bir uyga to’plangan boylikka o’xshatsak, tashqaridan kirayotgan shamol uy ichidagi narsalarni ostin-ustun qilib tashlashini hech bir xonadon sohibi istamaydi. Xuddi shu kabi biz ham yot g’oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o’tkazishiga qarshi izchil choralarni ko’rishimiz tabiiy. Uning vujudga kelishi zamirida qarama-qarshi jarayonlar – hozirgi zamon faniga xos bo‘lgan integratsiyalashuv jarayonlari yotadi. Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu yerda turli fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida o‘rganib, ularning yechimlarini taklif qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |