Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari


Bolalar nutqiga oid individual neologizmlarning nutq va tafakkurni o‘stirishdagi o‘rni



Download 1,29 Mb.
bet9/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

1.3. Bolalar nutqiga oid individual neologizmlarning nutq va tafakkurni o‘stirishdagi o‘rni
Bolaning kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga kirishish jarayonida kuzatiladigan o‘ziga xos ifoda vositalarining aksariyati so‘z-ijod asosida yuzaga keladi. Bolalar nutqi tadqiqiga bag‘ishlangan adabiyotlarda “so‘z-ijod” tushunchasi tilning grammatik strukturasini o‘zlashtirishdagi dastlabki bosqich sifatida ta’riflanadi. Xususan, N.S.Sayidiraximonova tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotda ta’kidlanishicha, so‘z-ijod bolalarning lug‘at boyligi o‘shganda va ular nutqidagi so‘zlar qiyoslanish imkoniyatiga ega bo‘lgan vaqtdan paydo bo‘la boshlaydi1.
Bolaning kommunikativ faoliyatida “so‘z-ijod” asosida namoyon bo‘luvchi nutq mahsulining aksariyat qismini individual neolagizm (mahsuldor bo‘lmagan qolip asosida hosil qilingan va muayyan nutqiy vaziyatda qo‘llangan so‘z)2lar tashkil qiladi. Ontоlingvistikaga oid adabiyotlarda ushbu hodisaning mohiyatini yoritishga jiddiy e’tibor qaratilgan bo‘lib, ularda so‘z-ijod bola nutqining rivojlanish darajasini belgilovchi muhim xususiyat sifatida talqin qilinadi1. Biroq ayrim ota – onalarning fikricha, ularning farzandlarida o‘ziga xos so‘z yasash qobilyati mavjud emas.
Albatta, bu holat mazkur ota-onalar tomonidan bolalarning nutq me’yorlarini o‘zlashtirish jarayoniga yetarli darajada e’tibor qaratilmaganligidan dalolat beradi. S.N.Seytlin bu boradagi tadqiqotida E.Koseriu tomonidan ilgari surilgan nazariy konsepsiyalarga tayangan holda tizim va me’yor bilimlari o‘rtasida tafovvut mavjudligini aniqlaydi. Unga ko‘ra, bola dastlab imkoniyatlar tizimini bilib oladi. Uning tizimli bilimlari shu asosda yuzaga keladi. Bu esa me’yorga zid holat hisoblanadi. Bola me’yordan avval tizimni o‘zlashtirganligi bois uning imkoniyatlaridan keng foydalnadi. Natijada bolalar nutqi xos innovatsiyalar yuzaga keladi. Bola bilmagan holda me’yorning selektiv (tanlash) funksiyasini inkor etsa, derivasiya natijasida yuzaga kelgan so‘z shakli okkazionalizm sifatida ifodalanadi2.
Mavzuga doir tadqiqotlarda qayd etilganidek, bolada ijod mahsulining paydo bo‘lishi va boyib borishi mazmun bilan ifodani talab etuvchi jarayonda tayyor so‘zning mavjud emasligi bilan belgilanadi. Shu tufayli bolalar nutqidagi esdan chiqarilgan leksik birliklarning o‘rnini yangi so‘zlar to‘ldiradi3.
S.I.Toshalievaning ta’kidlashicha, yangi so‘z tushunchasi til lug‘atiga zamoniylik nuqtayi nazaridan yondashish bo‘lib, uning tarkibiga adabiy til doirasidagi, noadabiy (umumxalq tili, shevalar) til doirasidagi neolagizm (uzual) va okkazianalizmlar ham kiritiladi. Bunda uzuallik va okkazianallik, ya’ni shaklan tilda tayyor holda mavjudlik va yangilik o‘rtasidagi munosabatlar qorishtirib yuboriladi, usual va okkazional hodisalar farqlanmaydi. Uzuallik o‘zbek adabiy tilining leksik sathida mavjudlik jihatdan, okkazionallik esa mavjud emaslik (lug‘atlarda qayd etilmagan so‘z) nuqtayi nazaridan tavsiflanadi. U okkazionalizm istilohini nutqdagi turli xil g‘ayriodatiy, favqulodda qo‘llash va yasalishlar uchun ishlatilishini hisobga olgan holda, bunday nutqiy birliklarni tildagi barqarorlik, doimiylik, odatiylik, maromlilik hamda shaxsiy ijodiylik o‘rtasidagi uzviy ziddiyatning o‘ziga xos ifodasi siftida e’tirof etadi1.
Bolalar okkazionalizmlari juda xilma-xil bo‘lib, ular o‘ziga xos tushunish, anglash, so‘zni yangi shakillarini izlash kabi xususiyatlar bilan xarakterlanadi. Shunga ko‘ra, bolalar nutqiga oid ixtiyoriy dalil obektiv ravishda ikki mustaqil aspektda tahlil qilinishi mumkin:
1. Lingvistik tadqiqotlardagi an’anaviylik “vertikal yondashuv”. Bunda bolaning nutqiga xos ixtiyoriy dalil me’yoriy tildagi analogik dalil bilan qiyoslanib, ularning o‘zaro moslik darajasi aniqlanadi.
2. Gorizontal yondashuv. Bunda bola tomonidan har bir yosh davrida o‘zlashtirilgan lisoniy tizim variantlari tadqiqot obekti sifatida nazariy jihatdan adekvat tarzida namoyon bo‘ladi. Bunda bola nutqiga oid birliklar va qoidalar kattalar tilining shakillanib ulgurgan tizimi orqali emas, balki ichki tomondan ko‘rib chiqiladi. Har bir alohida davrda bolaning tili zaruriy kommunikatsiyani ta’minlovchi lisoniy birlik va qoidalarga asoslangan yaxlit va mustaqil tizimidan iborat bo‘ladi. Ontolingvistikada ular boshqa so‘zlar bilan taqqoslanadi yoki ichki tarkibi bo‘yicha turlicha tahlil qilinadi2.
Rus tilshunosligida amalga oshirilgan ba’zi tadqiqotlarda e’tirof etilishicha, bolalar nutqidagi hech bir yangi so‘z mutloq original bo‘lmaydi1. Masalaga bu nuqtayi nazardan yondashuvda bola tomonidan kashf qilingan har bir so‘z ona tilida faol qo‘llaniluvchi lug‘aviy birliklarning o‘zlashtirilishi kabi uning leksikonida tayyor holda mavjud bo‘lgan fenamenalogik namuna asosida hosil qilinishi nazarda tutiladi.
Albatta, o‘zbek bolalar nutqida ham bu boradagi qarashlarni asoslovchi leksik-grammatik materiallar ko‘p uchraydi. Masalan, Xojimurod Erkinov (4 yosh-u 5 oy) dan uyga kelgan mehmonning kim ekanligi so‘ralganida, u notanish bo‘lgan ayolning ismini bilmaganligi sababli kimdir holam deb javob beradi.
Bolalar nutqiga xos individual neolagizmlarning muayyan qismi analogiya hodisasi tufayli yuzaga kelgan nutqiy ifodalardan iborat bo‘lib, ular asosan so‘z birikmasining lug‘aviy birlikka aylanish yo‘li bilan yasalgan okkazianalizmlar hisoblanadi. Jumladan, Xojimurod Erkinov (3 yosh-u 7 oy) qovrilgan chuchvarani savatcha deb ataydi. Bunda u taom turining nomini bilmaganligi bois shakliga ko‘ra unga o‘xshash bo‘lgan buyumga nisbatan qo‘llaniladigan yasama so‘zdan foydalangan.
Bolalar tomonidan analogik ifodalarning kashf etilishida muayyan narsa – buyum yoki voqea-hodisa bilan uni ifodalovchi tushuncha o‘rtasida o‘zaro o‘xshashlik, bog‘liqlik qidirish xususiyati muhim ahamiyatga egadir: Xojimurod Erkinov (4 yosh-u 3 oy)ning nutqida “Ofisiant” so‘zi oshxonachi tarzida ifodalanadi. Bu esa bolaning ma’noni o‘zicha talqin qilib, tildan shu tushunchaga mos so‘zni topa olmaganligidan dalolat beradi.
O‘zbek bolalar nutqiga oid neologizmlar orasida fors-tojik tilidan o‘zlashgan -xona affiksi yordamida hosil qilingan g‘ayriodatiy so‘z shakillari ham uchraydi. Masalan, Hilolaxon Erkinova (5 yosh-u 9 oy) ukasiga qarab shunday deyd: “O‘yinjiqloni yoyib, uyni bozorxona qibaribsan-qu!”
Darvoqe,bu kabi o‘ziga xosliklar mazkur yosh davrida bolaning til qonun-qoidalarini to‘la o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligi tufayli yuzaga keladi:
Qobulova Mas’uda(4 yosh-u 8 oy) o‘zbek tilida sifatdosh o‘ramli birikma shaklida ifodalanuvchi “televizor turgan xona” ma’nosidagi nutqiy qurilmani “tilvizrxona” deb tushuntiradi. Bola tomonidan bu o‘rinda qo‘llangan individual nelogizmni material jihattdan turli tillarga mansub so‘z qisimlarning chatishuvi natijasida hosil qilingan gibrid okkazionalizmlar qatoriga kiritish mumkin.
Kuzatuvlar davomida bolalar tomonidan tabiat hodisalarning izohlanishida ham o‘ziga xos jihatlar ko‘zga tashlanadi: Qobulova Mas’uda (4 yosh) “Kun tobora qorong‘ulashib bormoqda” mazmunini anglatuvchi propozisiyani “Qorong‘i qob boyib getdi”, “kun yorishganda” mazmunidagi fikrni “Qorong‘i yuqorig‘o chiqdi” tarzida ifodalaydi. Burhoniddin Asqarov (3 yosh-u 4 oy) esa “qorong‘i” so‘zini o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llagan holda, ”yorug‘” leksemasini “yorong‘i” shaklida aks ettiradi. Bolalar verbal muloqotida bu tarzda namoyon bo‘luvchi individual neolagizmlar ularning nutqida tuzilishi jihatdan so‘z hosil qilish paradigmasiga muvofiq holatda ifodalanmaydi bolalarning so‘z qo‘llash jarayonida kuzatiladigan bunday holatlar nutqiy xatolik sifatida baholanadi.
Antagenez jarayonida yuzaga keluvchi nutqiy holatlarni tadqiq etishda misollar bolani qurshab turgan kattalar talaffuziga qiyoslangan holda tahlil qilishi lozim. Yuqorida ilgari surilgan fikrni Qobulova Mas’uda (4 yosh-u 8 oy) nutqida kuzatiladigan yana bir misol asosida izohlash mumkin: “Ko‘chada qor dobbiq”. Bola ushbu nutqiy vaziyatda Urganch shahar shevasida so‘zlashuvchi tarbiyalanuvchilar nutqida keng qo‘llanadigan “semiz”, “ko‘p” ma’nosini ifodalovchi “dobbi” so‘zini fonetik o‘zgarishga uchragan holda talaffuz qilagan.
Demak, yoshlarning kommunikativ faoliyatida sotsiolekt (ijtimoiy dialekt)1 elementi sifatida namoyon bo‘luvchi mazkur nutqiy birlikni semantik jihatdan tahlil qilish natijasida ko‘chada qor ko‘p ekanligi anglashiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiga xos yuqoridagi singari hodisalar nafaqat sotsialingvistik, balki psixolingvistik omillar ta’sirida ham yuz berishi mumkin: Xojimurod Erkinov (2 yosh-u 5 oy) “kal’kulyator”so‘zini “makalatut” tarzida qo‘llaydi.
Ko‘pincha bunday holatlar Maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang‘ich sinf o‘qivchilari tomonidan xorijiy tillardan o‘zlashgan so‘zlarning o‘ziga xos tarzda talaffuz qilinishi bilan bog‘liq holda yuzaga keladi. Chunki mazkur yosh davrida o‘zlashma so‘zni xotirada saqlab qolish bola uchun murakkab jarayon hisoblanadi: Azizaxon Sultanova (4 yosh) nutqida “xamshira” ma’nosini ifodalovchi “medsestra” so‘zi “ministra” tarzida talaffuz qilinsa, Sanjar Erkaboyev (4 yosh) marshrutkani “ramashutka” deb ataydi. Aksariyat hollarda tarbiyalanuvchilar nutqida o‘ziga xos ifoda vositalari Maktabgacha yoshdagi bollardan farqli ravishda so‘zdagi ma’no bo‘yoqdorligini oshirish maqsadida ishlatiladi: Mira’lo Sultonov (6 yosh)dan kelajakda qanday kasbni egallashi haqida so‘ralganida, u: “Lyo‘tchik bo‘laman, osmon taksisi bo‘laman”, - deb javob beradi. Ushbu muloqat vaziyatida kuzatilgan nutqiy xodisa bola maskur kasbning o‘zbek tilidagi nomi “uchuvchi” tarzidagi yasama so‘z orqali ifodalanishini bilgan bo‘lsa-da, fikrini o‘ziga xos shaklda aks etirishiga intilganligini anglatadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, o‘zbek bolalar nutqida leksikasini bevosita kuzatish jarayonida nomlash bilan bog‘liq ba’zi istisno holatlar ko‘zga tashlanadi: Xojimurod Erkinov ( 1 yosh-u 11 oy) nutqida pomidor tanu deb nomlanadi. Yuqoridagi singari xusisiyatlar bolaning 10 oydan ikki yosh-u 6 oygacha bo‘lgan davrida ko‘p kuzatildi. Bu esa uning xotirasida mazkur tushunchalarni ifodalovchi tayyor leksema yoki namunaning mavjud emasligini ko‘rsatadi.
Bundan anglashiladiki, bolalar nutqida ona tilining so‘z yasash tizimiga nomuvofiq tarzda aks etuvchi individual neolagizmlarning yuzaga kelishiga ularning yosh xususiyati va xotirasi bilan bog‘liq psixik jarayonlar sabab bo‘ladi. Bolalar nutqida o‘zbek tilining so‘z yasash andozasiga mos kelmaydigan individual neolagizmlarning paydo bo‘lishi asosan 5-6 yoshgacha bo‘lgan davvrga xos xususiyat hisoblanadi. Chunki ular mazkur yosh davridan boshlab, kattalar nutqiga oid lisoni qoliplarni o‘zlashtirish asosida ona tiliga xos so‘z shakillaridan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanishga harakat qiladialar. Shunga qaramay, ayrim holatlarda MTT tarbiyalanuvchilarining nutqiy faoliyatida ham kattalar kabi so‘zga qo‘shimcha ma’no berib, undagi ematsianal-ekspressivlikni ta’minlash maqsadida kantaminatsiya (biror munosabat, tasvvurga ko‘ra o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki so‘z yoki iborani birlashtirish)1 usuli orqali hosil qilingan leksik okkazionalizmlarni uchratish mumkin:
Nodiraxon Sultanova (6 yosh) ning nutqida “kechirim so‘rash” ma’nosida qo‘llangan “uzur izatr” so‘zi ushbu fikrga yaqqol misol bo‘la oladi. Odatda, tarbiyalanuvchilar nutqiga oid bunday individual neologizmlar hazil-mutoyibaga asoslangan kommunikativ vaziyatlarda ko‘p ishlatiladi: Sarvarbek Umarov (7 yosh) aytgan so‘zlarini takrorlayotgan o‘rtog‘iga qarab: “Mani maskirat atma” (masxara qilma!), - deydi. Bolalar tomonidan o‘ziga xos so‘z shakillarining qo‘llanilishi nutq rivojlanishining muayyan davri bilan bog‘liq bo‘lmay, balki uning butun taraqqiyot davrida kuzatiladi: Hilolaxon Erkinova (6 yosh) nutqida tuz solingan idish - tuzdon, shakar solingan idish esa shakardon tarzida ifodalanadi2. Bunda bola bir leksemaning yasalishini anglab yetgani holda, boshqa so‘zlarni hosil qilishda ham shu usuldan foydalangan.
Yuqoridagilardan anglashiladiki, ko‘plab individual neolagizmlarning yuzaga kelishini ta’minlashga xizmat qiladigan bolalarga xos so‘z yasash hodisasi ularning lug‘at zahirasida mavjud bo‘lgan nutq stereotiplaridan ijodiy foydalanishi natijasida yuz beradi. Shunga ko‘ra, bolalarga xos so‘z-ijod jarayoni nutqiy naminatsiyaning muhim omili sifatida talqin qilinishi maqsadga muvofiqdir. Chunki o‘zbek bolalar nutqi leksikasining individual-psixalogik xususiyatlarini tadqiq etish til taraqqiyotiga xos ba’zi lingvistik qonunyatlar tabiatini yoritishda ham muhum ahamiyat kasb etadi.



Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish