Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari


Bolalar nutqiga oid yasama so‘zlar semantikasining tafakkuriga ta’siri talqini



Download 1,29 Mb.
bet8/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

1.2. Bolalar nutqiga oid yasama so‘zlar semantikasining tafakkuriga ta’siri talqini
Bolada nutqning paydo bo‘lishi uning psixik hayotidagi muhim hodisadir8. Ushbu holat dastlab go‘dak tomonidan buyumlar olami bilan tanishish jarayonida o‘zlashtiriladigan bir so‘zli nomlash vositalarining ifodalanishida namoyon bo‘ladi. Psixologiyada L.S.Vigotiskiy davridan boshlab, tilni o‘zlashtirish jarayoniga oily psixik funksialarning tiklanishi natijasida yuzaga keluvchi asosiy hodisa sifatida qaraladi: “Bolada tafakkurning rivojlanishi va tasavvurlarning kengayishi nutqning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq”1.
Go‘dak tomonidan ona tilining o‘zlashtirilish jarayoni qanday kechishi uning nutqida narsa-buyum nomlarining ifodalanishi bilan belgilanadi. Bu holat bolaning muloqotga kirishish jarayonida buyumlar bilan bog‘liq amaliy faoliyat natijasida yuz beradi. Go‘dak u yoki bu buyumga nom berishdan oldin unga xos bo‘lgan xususiyatlarni bilishi, anglashi zarur. Bola bunday bilimga u bilan o‘ynash jarayonida ega bo‘ladi.
Nutqni o‘zlashtirish bolalarning jamiyat asosi sifatida shakllanishidagi eng muhim bosqich hisoblanadi. Bolalar tomonidan nutqning o‘zlashtirilishi doimiу ravishda yangi so‘zlarni o‘rganish shu bilan birga neologizmlarni kashf qilish jarayonidan iborat. Bunda leksik vositalar muayyan tilda mavjud bo‘lgan qoidalarga muvofiq so‘z yasash tizimining yashirin imkoniyatlaridan ijodiy foydalanish jarayonida yuzaga keladi.
Tadqiqotchilarning fikricha, bola nutqida so‘z yasash imkoniyatining paydo bo‘lishida uning faoliyati bilan bog‘liq lisoniy hodisalarni umumlashtirish va grammatik shakllarni qo‘llashga oid implisit qonuniyatlarning yuzaga kelishi asosiy jarayon hisoblanadi. Bola nutqida kuzatiladigan yasama so‘zlar kashf qilinishining psixolingvistik mexanizmlarini “medali-tip” psixolingvistik qategoriyasi bilan belgilanadi9.
Ma’lumki, bolalar tomonidan o‘zlashtirilgan yangi yasama so‘zlar hisobiga ularning lug‘at zahirasi miqtor jihatddan ortib boradi. Tanish so‘zlarning yangi ma’nolari haqida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish bolalar faol lug‘atining sifat jihatddan boyish va takomillashuviga sabab bo‘ladi. So‘z yasalishi tizimini o‘rganish bolalar patensial lug‘ati uchun zamin hozirlaydi va ularda leksika ustida mustaqil kuztuv olib boorish ko‘nikmasining hosil bo‘lishiga yordam beradi. Bolalar nutqiga xos yasama so‘zlarning semantik strukturasi ular tajribasida yuz berayotgan o‘zgarishlar va buyumlar olamini o‘zlashtirish darajsini aks ettirish bilan birga, tilni o‘rganish darajasi haqida ham guvohlik beradi.
Demak, yasama so‘zlar so‘z yasalishi jarayonlari natijasi sifatida bolalar nutqining rivojlanishiga oid yangi jihatlarni harakterlaydi. Tilni tom ma’noda o‘zlashtirish – jumlalar tuzish va ularni anglash qobilayatidagina emas balki yasama so‘z ko‘rinishidagi nominativ birliklarni o‘ylab topmay ularni til tizimiga xos muayyan qoidalarga muvofiq holda tuzish mahoratida ham voqealanadi. So‘z yasash hodisalari va ularning natijasi sifatida namoyon bo‘luvchi nutqiy yasamalar bolada kognitiv qobilyatining rivojlanish darajasini ham aks ettiradi. Biz verbal muloqotning rivojlanish bosqichida yasama so‘zlarni o‘zlashtirish jarayoni bilan bog‘liq muammolarni aniqlash maqsadida 4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqi ustida tajriba o‘tkazdik1. Sinov jarayonida Urganch shahridagi 28-son maktabgacha ta’lim tashkilotining olti nafar tarbiyalanuvchisi ishtirok etadi. Dastlab sinaluvchilarga bir qator yasama so‘zlarning izohi keltirildi. Har bir izohdan so‘ng bolalarga uning ma’nosini bir so‘z orqali ifodalash vazifasi topshirildi. Tajriba ishtirokchilarining nutqiy faoliyatida o‘zidan oldin aytilgan javoblarni eshitib, ularni aynan takrorlash holati yuz bermasligi uchun sinov jarayoni individual tarzda amalga oshirildi. Og‘zaki nutq orqali bolalalarga sifatdosh o‘ramli birikma tarzida taqdim etilgan ayrim materiallar hamda tajriba natijalarini klaster usuli yordamida ifodalash maqsadga muvofiqdir.
Quyida sifatdosh o‘ramli birikma tarzida taqdim etilgan ayrim materiallar hamda tajriba natijalarini klaster yordamida quyidagicha aks ettirish mumkin.
1-klaster

2-klaster

Yuqoridagi misollardan ko‘rinadiki tajriba ishtirokchilarning aksariyati izohi keltirilgan nutqiy qurilmalrni berilgan topshiriqqa muvofiq tarzda ifodalshga harakat qilgan.
Masalan, “yolg‘on gapiradigan odam” tarzida taqdim etilgan bitikmaning ma’nosini yasama so‘z orqali ifodalshda ikki nafar sinaluvchi eslash omiliga asoslangan holda yolg‘onchi so‘zini qo‘llagan. Uch nafar sinaluvchi mazkur nutqiy birlikning ma’nosini aks ettirishda “yolg‘onchi” leksemasiga sinonim sifatida og‘zaki nutqda ko‘p ishlatiladigan aldoqchi so‘zidan foydalangan. Bunda bolalalar kundalik hayotda ko‘p eshitish orqali hosil qilingan amaliy ko‘nikmalarga tayanganlar. Bir nafar ishtirokchi esa mazkur izohning yasama so‘z orqali qay tarzda ifodalanishini aniqlay olmaganligi bois yolg‘on gapiradigan odamlarga xos salbiy xususiyatni aks ettiruvchi yomon so‘zidan foydalangan holda vaziyatdan chiqishga intilgan. Bu boradagi amaliy izlanishlar davomida to‘plangan misollar orasida nouzual yasama so‘zlar ham mavjud bo‘lib, “qo‘shiq aytadigan odam” tushunchasini aks ettirish maqsadida qo‘llangan ashula etadiganchi tarzidagi javob ushbu fikrni isbotlaydi. Sinaluvchilar tomonidan mazkur birikma ma’nosining aks ettirilish jarayonida kuzatilgan nutqiy birliklarning muayyan qismi assosiasiya natijasida yuzaga kelgan bo‘lib, tajriba jarayonida “Shohruh reper” tarzida aks etgan javob shular jumlasidandir. Bunda bola “qo‘shiq aytadigan odam” tarzida berilgan izohni eshitishi bilan musiqaning rep usulida ijod qiluvchi Shohruh ismli xonanadani ko‘z oldiga keltirgan. Ya’ni u “qo‘shiqchi” tarzida ifodalanishi kerak bo‘lgan tushunchani talqin qilishda miyada hosil bo‘lgan tasavvurlarga asoslangan.
A.N.Gvozdevning fikriga ko‘ra, bola umume’tirof etilgan tilga muvofiq so‘z va shakillarni har doim ham atrofdan tayyor holda o‘zlashtirmaydi1. Shu tufayli ba’zan go‘dak tomonidan so‘zning to‘liq o‘zlashtirilgan yoki mustaqil holda yasalganligini obektiv ravishda aniqlash murakkab jarayon bo‘lib, uning kattalar bilan situativ muloqot mobaynida ham bolalarcha so‘z yasash holatlari kuzatiladi. Jumladan, Nasiba Aripova (1 yosh-u 7 oy) tomonidan otasiga nisbatan murojaat shakli sifatida qo‘llangan addam so‘zi “adajon”ma’nosini ifodalaydi.
So‘z har qanday o‘zgarishga tayyor va mos shakl bo‘lganligi bois bola uning odatiy funksiyalariga jiddiy e’tibor bergan holda lug‘aviy birlik tarkibidagi tovushlarni o‘zgartirib, leksemaga yangi ma’no yuklashi mumkin. Bunda u o‘zi uchun muhim bo‘lgan xususiyatni so‘z tarkibida yetakchi deb belgilaydi. Adabiy tildagi so‘zlar o‘ziga xos cheklovlar va ta’sirlar ostida rivojlanib o‘zgarsa, bolalar nutqida bunday cheklanishlar kuzatilmaydi.
Demak, bola til o‘rganishning muayyan bosqichida yasama so‘zlarni kattalar nutqidan to‘g‘ri o‘zlashtiribgina qolmay, balki mustqil ravishda kashf qilishi ham mumkin. Masalan, Malika Abduhalilova (4 yosh-u 9 oy) ertak mazmunini so‘zlab berish jarayonida undagi asosiy qahramonlarni quyidagicha tavsiflaydi: Qimmat – urishqoq, erkatoy, ishyoqmas; Zumrad bo‘lsa, aqilli, odobli, ishyoqar qiz.
Ko‘pincha bunday holatlar bolaning muayyan leksik birlikni eshitishi bilan uni ijodiy takrorlash asosida yangi so‘z kashf qilishi natijasida yuz beradi. Bolaning nutqiy faoliyatida taqlid asosida yuzaga keluvchi o‘ziga xos nutqiy qurilmalar uning atrofidagi kattalar uchun innovatsiya (yangilik)1 hisoblanadi.
Mazkur masala yuzasidan amalga oshirilgan ko‘plab tadqiqotlar ona tili Grammatik tizimini o‘zlashtirish nutq tovushlarini tahlil qilish, umumlashtirish va generalizatsiyalash hodisasiga asoslanganligidan dalolat beradi2. Bu esa go‘dakning umumlashtirishga intilishi, o‘xshashliklar va qonuniyatlar izlashi, o‘z tilida o‘ziga xos tartib o‘rnatishga intilishi bilan bog‘liq. Bolalar nutqi shu jihatdan kattalar nutqidan ajralib turadi. Bolalar biron-bir o‘zgargan qolipni topish bilan, ilgari eshitmagan bo‘lsalar ham, uning yordamida shaklan barqaror so‘zlar yasab, mazkur leksik birliklarni imkon qadar keng ma’noda qo‘llashga harakat qiladilar. Bu holatda real voqealikdagi o‘zgarishlar bola tomonidan sezgilar yordamida qabul qilinadi va uning tasvvurida aks etadi.
Yasama so‘z bolalar nutqida ularning o‘z ixtiyoridagi vositalar bilan ifodalay oladigan fikriga nisbatan murakkabroq ma’noni aks ettirish zarurati tug‘ilganda paydo bo‘ladi. Biroq bolalarning nouzual so‘z tuzish namunalari, bolalarcha neologizmlar ular nutqida ishlatiladigan yasama so‘zlarning bir qismini tashkil etadi.
Demak, bolalar nutqiga xos so‘z yasash jarayonlarini tadqiq etishda faqat nouzual tizimlarni o‘rganish bilan cheklanmaslik kerak. Bolalar nutqiga xos so‘z yasash jarayonlari tadqiqi yasama so‘zlarning barcha turlarini qamrab olishi lozim.
Bolalarning kommunikativ faoliyatida kuzatilgan spesifik xususiyatlarga asoslangan holda, ular nutqiga xos bo‘lgan so‘z yasash hodisalarini quyidagi uch turga ajratish mumkin:
1. So‘z yasalishi jarayonlarining analogik tipi o‘xshashlik kasb etishiga ko‘ra biron-bir tayyor leksik birlikni namuna qilib olib, yangi so‘z kashf qilishga asoslanadi:
Hilolaxon Erkinova (6 yosh-u 2 oy) nutqida “xazilkash” ma’nosidagi so‘z xazilchi tarzida qo‘llanadi. Bunda yasama so‘zda namuna qilib olingan so‘z yasash qolipi takrorlanib, unga yangi leksik ma’no berilgan. Mazkur tipdagi yasama so‘zlar sodda semantik tuzilishi bilan ajralib turadi. Yangi yasama so‘zda derivasiya manbayining kategorial mazmuni va so‘z yasashdagi ahamiyati saqlangan holda faqat leksik mohiyat o‘zgaradi.
2. So‘z yasashning korrelyasion tipi uchun bir o‘zakli ikki tilga xos elementning muayyan jihatlari namuna sifatida olinadi: Xojiakbar Shosalimov (5 yosh-u 7 oy) kalbasa mahsuloti ishlab chiqariladigan korxonani kalbasaxona deb ataydi.
3. So‘z yasashning sintaktik yoki definision tipi avvalgi ikki tipdan farqli ravishda motivlangan sintaktik qurilmalar yordamida izohlanuvchi yasama so‘zlardan iborat bo‘ladi. Bu kabi yasama so‘zlar semantikasi motivlovchi so‘z ma’nosidan kengroq bo‘lib, u nafaqat ushbu so‘z bilan, balki yaxlit semantik struktura orqali ham ifodalanadi: Xojimurod Erkinov (3 yosh-u 4 oy) televizor turadigan xonani tiviziyxona uy” deb tushuntiradi1.
Yasama so‘zlarning semantik jihatdan bir xil emasligi shu bilan bog‘liq-ki, voqelik va uni aks ettiruvchi nom o‘rtasida strukturalarga ajratish jarayoniga asoslanib, u bola rivojlanishiningturli bosqichlarida turli darajada qismlarga ajrallishiga ko‘ra murakkabligi bilan xarakterlanadi. N.M.Yurevaning ta’kidlashicha, bolalar nutqiga xos yasama so‘zlarning yuzaga kelish sabablarini tadqiq etish va ularning funksianal – semantik xususiyatlarini aniqlashda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratish zarur:
1. Yasama so‘z semantikasida bolaning til va buyumlarga oid voqelikni o‘rganish bilan bog‘liq tajribasida yuz berayotgan o‘zgarishlar qay tarzda aks etayotganligini aniqlash.
2. Bola rivojlanishining turli bosqichlarida buyumlar, tirik jonzotlar va vaziyatlarni ifodalaydigan yasama so‘zlar ma’nosining o‘zgarib borishini kuzatish, ya’ni yasama so‘zning yangi, yanada to‘liq mazmun bilan boyishini tadqiq etish2.
Bolallar tomonidan yasama so‘z semantikasining ifodalanishi bilan bog‘liq muammoli masalalarni tajribalar orqali o‘rganishda so‘z yasash jarayonlari nafaqat lisoniy, balki psixolingvistik omillarning ham natijasi ekanligi isbotlangan. Bu jihatdan bolalarga xos yasama so‘z morfemalarni to‘plash va kombinatsiyalash jarayonlarining oqibati emas, balki voqelikni nomlashga xizmat qiluvchi fikrlash va nutqiy faoliyat mahsulidir. Shu xususiyatiga ko‘ra bolalar nutqi leksik-semantik hamda so‘z yasalishi jihatdan o‘ziga xoslikka ega. Bolalar nutqidagi bu o‘ziga xosliktilning barcha sathlarida namoyon bo‘ladi. Ularni har bir sath doirasida tadqiq etish tilning bir butun tizim ekanligi va bu tizim muayyan qurilmalar asosida shakllanganligini yanada oydinlashtirishga imkon beradi.

Download 1,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish