Rimliklar ko‘p sohalarda ellinlarga o‘xshar edi. Shu bilan birga ular o‘zlarining qadriyatlari va ideal tizimini yaratganlar. Bular sirasiga ayniqsa vatanparvarlik, fuqarolik burchiga sodiqlik, ma’budlariga e’tiqod Rimda oliy qadriyat sifatiga ko‘tarilgan edi. Rimliklar qonunni alohida qadrlar, unga bo‘ysunishni sharaf deb bilar edilar. Ular uchun ijtimoiy manfaat shaxsiy manfaatdan ustun turardi. - Rimliklar ko‘p sohalarda ellinlarga o‘xshar edi. Shu bilan birga ular o‘zlarining qadriyatlari va ideal tizimini yaratganlar. Bular sirasiga ayniqsa vatanparvarlik, fuqarolik burchiga sodiqlik, ma’budlariga e’tiqod Rimda oliy qadriyat sifatiga ko‘tarilgan edi. Rimliklar qonunni alohida qadrlar, unga bo‘ysunishni sharaf deb bilar edilar. Ular uchun ijtimoiy manfaat shaxsiy manfaatdan ustun turardi.
- Rimlikla erkin fuqaro bilan qul o‘rtasidagi ziddiyatlarni kuchaytirganlar. Erkin kishi uchun siyosat, urush, huquq qonunlarini ishlab chiqish, tarixshunoslik va falsafa, davlatni boshqarish bilan shug‘ullanish faxrli hisoblangan. Hunarmandchilik, haykaltaroshlik, rassomchilik, aktyorlik va dramaturglik faxrli kasb sanalgan.
- Barcha qo‘l mehnati qullarga tegishli bo‘lgan. Jumladan, yolg‘onchilik, laganbardorlik kabi illatlar ham qullarga taalluqli deb hisoblashgan. Rim klassik qulchilik tuzumining eng yuqori cho‘qqisiga ko‘tarilgan edi.
- Qadimgi rimliklar juda ko‘p ma’budlarga e’tiqod qilganlar, turli narsalarning, masalan, buloq, o‘rmon, daraxt, joylarning va ekinlarning ilohiy homiysi — ma’budasi mavjud deb ishonganlar. Bu ma’buda va homiylar dastlab qiyofasiz, keyinchalik etrusk va yunon dinlari ta’sirida inson qiyofasida tasvir etilgan. Ularga qurbonlik qilib turilgan (masalan, hosilni oshirishni so‘rab sigir qurbonlik silingan).
- Ibtidoiy dinlarga e’tiqod qilgan kishilar chakalakzor, tog‘, maydonlarda ibodat qilganlar (shu yerlarda mehroblar ishlangan). Ibodatxonalar qurish odati rimliklarga etrusklardan o‘tgan. Mars (dastlab dala va hosil ma’budasi; keyinchalik - urush ma’budasi), Diana (yunonlarda - Artemida; ov ma’budasi), Venera (bog, hosildorlik ma’budasi, keyinchalik -Afrodita -muhabbat va go‘zallik ma’budasi), Fortuna (omad ma’budasi), Feroniya (er ma’budasi) kabi umum-italyan xalqlarining ma’budlari deb qaralgan. Ayrim ma’budlarga ma’lum tabaqalar, ma’lum kasb egalari ko‘proq e’tiqod bilan qaraganlar. Masalan, chavandozlar Neptunga, savdogarlar Merkuriyga, qullar Dianaga ko‘proq e’tiqod qilishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |