Qadimgi teatr Gresiyada ma’budlarga atalgan maxsus bayramlar mavjud bo‘lib, ular turli shaharlarni bamisoli bir butun qilib bog‘lagan va Ellada elini birlashtirgan. Shuningdek, jismoniy tarbiya, musiqa, qo‘shiq kabilar bayramlarning eng muhim sharti hisoblangan. Bu kuni qo‘shiqlar aytishganlar, davra olib raqsga tushishganlar, oxirida teatr tomoshalari qo‘yib berilgan. - Gresiyada ma’budlarga atalgan maxsus bayramlar mavjud bo‘lib, ular turli shaharlarni bamisoli bir butun qilib bog‘lagan va Ellada elini birlashtirgan. Shuningdek, jismoniy tarbiya, musiqa, qo‘shiq kabilar bayramlarning eng muhim sharti hisoblangan. Bu kuni qo‘shiqlar aytishganlar, davra olib raqsga tushishganlar, oxirida teatr tomoshalari qo‘yib berilgan.
- Grek teatrlari 20-25 mingtacha tomoshabinlarni sig‘dirgan. Teatr tomoshalari ko‘ngil ochish emas, balki muqaddas burchni ado etish hisoblangan. Unda har bir fuqaroning ishtirok etishi shart bo‘lgan. Teatr tarbiya maktabi bo‘lib, unda qo‘yiladigan spektakllarda axloq, siyosat va mafkuraning eng muhim masalalari tahlil etilgan.
- Bayramlardan tashqari greklarni umumgrek musobaqalari birlashtirgan. Bu o‘yinlar xudolarning otasi olimplik Zevs sharafiga mil. av. 776 yildan mil. 394 yilgacha har to‘rt yilda bir marta o‘tkazilgan. Unda yugurish, boks, disk otish, to‘rt ot qo‘shilgan ikki g‘ildirakli aravalar musobaqasi, san’at konkursi namoyish etilgan. O‘yinlar vaqtida hamma greklar qatnasha olishi uchun urushlar to‘xtatilgan. Shunday qilib, olimp o‘yinlari tinchlik darakchisi bo‘lgan.
Antik Rim madaniyati mil. av. VIII asrdan mil. 476 yiligacha davom etgan. Qadimgi Rim madaniyatining o‘rni va roli to‘g‘risida madaniyatshunos olimlar ichida ikki hil qarash mavjud: Taniqli madaniyatshunoslar O.Shpengler va A.Toynbilarning fikricha, qadimgi rimliklar mustaqil madaniyat va sivilizatsiyani yarata olmaganlar, ular davlat, huquq va texnika sohalarida greklar va misrliklarning yutuqlarni qo‘lga kiritganlar xolos, boshqa sohalarda rimliklar ellinizm darajasiga yeta olmaganlar. Boshqa olimlar, jumladan D.A.Silichev, boshqacha fikrni ilgari surib, Rim madaniyati va sivilizatsiyasi ham o‘ziga xosligi, betakrorligi bilan ajralib turishini va jahon madaniyatida o‘z o‘rni borligini qayd qiladi. - Antik Rim madaniyati mil. av. VIII asrdan mil. 476 yiligacha davom etgan. Qadimgi Rim madaniyatining o‘rni va roli to‘g‘risida madaniyatshunos olimlar ichida ikki hil qarash mavjud: Taniqli madaniyatshunoslar O.Shpengler va A.Toynbilarning fikricha, qadimgi rimliklar mustaqil madaniyat va sivilizatsiyani yarata olmaganlar, ular davlat, huquq va texnika sohalarida greklar va misrliklarning yutuqlarni qo‘lga kiritganlar xolos, boshqa sohalarda rimliklar ellinizm darajasiga yeta olmaganlar. Boshqa olimlar, jumladan D.A.Silichev, boshqacha fikrni ilgari surib, Rim madaniyati va sivilizatsiyasi ham o‘ziga xosligi, betakrorligi bilan ajralib turishini va jahon madaniyatida o‘z o‘rni borligini qayd qiladi.
- Qadimgi Rim madaniyatining shakllanishiga antik dunyodagi ikki buyuk madaniyat -etrusklar va yunonlar madaniyati an’analari ta’sir ko‘rsatgan Rim ibodatxonalari etrusk ibodatxonalari namunasi bo‘yicha qurildi, lotin alifbosi ham etrusklarning alifbosi asosida yaratildi. Rimga Yunonlarning ta’siri mil. av. III asrdan, "Iliada" va "Odisseya"ning Rim she’riyatiga ta’siri bilan boshlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |