Ellada hozirgi zamon davlatlarining boshqaruv shakli — respublika va demokratiyaning vataniga aylandi. Uning namunaviy shakli Perikl (443-429 yy.) davrida gullab-yashnadi. Yunonistonda jismoniy va aqliy mehnat ikkiga ajraladi. Jismoniy mehnat bu qullarga, aqliy mehnat qilish esa ozod kishilarga taalluqli edi. Yunonlar davlat va shaxsiy mulk, jamoa va shaxsiy manfaatlarni o‘zaro juda mohirona bog‘lay olganlar. Masalan, quldorlik davlat tizimini idor etish vositasi. - Ellada hozirgi zamon davlatlarining boshqaruv shakli — respublika va demokratiyaning vataniga aylandi. Uning namunaviy shakli Perikl (443-429 yy.) davrida gullab-yashnadi. Yunonistonda jismoniy va aqliy mehnat ikkiga ajraladi. Jismoniy mehnat bu qullarga, aqliy mehnat qilish esa ozod kishilarga taalluqli edi. Yunonlar davlat va shaxsiy mulk, jamoa va shaxsiy manfaatlarni o‘zaro juda mohirona bog‘lay olganlar. Masalan, quldorlik davlat tizimini idor etish vositasi.
- Aristokratiya (yunon. aristokratia- asl insonlar hukmronligi)-iqtisodiy hukmron sinf, zodagonlarning siyosiy hokimiyati. Aristokratiya birinchi marta antik davrning mashhur mutafakkirlari Platon, Aristotel tomonidan quldorlik davlat tuzumini idora etish vositasi sifatida ishlab chiqilgan. Aristokratiya odobi - musobaqa tamoyillari asosida hayotda birinchilardan bo‘lishga intilish keng quloch yoydi. Bunday o‘yinlar sahnasi: Olimpiya o‘yinlari, munozara, jang maydoni, teatr sahnalari edi. Yunonlar uchun erkinlik eng yuqori qadriyat hisoblanib, uning uchun hatto o‘limga ham tik borganlar. Leonid jasorati yoki Prometey haqida afsona bunga misoldir.
Yunonlarning turmush tarzi haqiqat, go‘zallik, mehribonlik kabi kategoriyalar uyg‘unligi bilan belgilangan. Ular uchun me’yor tushunchasi muhim ahamiyatga ega edi. Shuning uchun yunonlarda mulk erkin kishi uchun ajralmas atribut bo‘lsa, ikkinchi tomondan ochko‘zlik, molparastlikni qoralaganlar. Har qanday erkin yunon polis (shahar) davlatini eng oliy ehson deb qabul qilgan va uning vatanparvari bo‘lgan. - Yunonlarning turmush tarzi haqiqat, go‘zallik, mehribonlik kabi kategoriyalar uyg‘unligi bilan belgilangan. Ular uchun me’yor tushunchasi muhim ahamiyatga ega edi. Shuning uchun yunonlarda mulk erkin kishi uchun ajralmas atribut bo‘lsa, ikkinchi tomondan ochko‘zlik, molparastlikni qoralaganlar. Har qanday erkin yunon polis (shahar) davlatini eng oliy ehson deb qabul qilgan va uning vatanparvari bo‘lgan.
- Yoshlarni tarbiyalash uchun ta’lim tizimi ikki yo‘nalishda tashkil etilgan: a) "gimnastika" va b) aqliy yo‘nalishdagi barcha madaniyat turlari. Ozod yunonlar bolalarini 7 yoshdan maktabga berganlar. Iqtisodiy imkoniyati bor xonadonlarning bolalari 18 yoshgacha gimnaziyalarda o‘qishni davom ettirishgan. Yunon maktablarida bolalarga qo‘yiladigan talablar: chiroyli yozish, aniq va ravon so‘zlashga o‘rgatilgan, ular Gomer, Gesiod va boshqa shoirlarning she’rlarini, dostonlarini yod olganlar. Yunonlar ashula aytish, raqsga tushish, lira sozini chalishni bilmaydiganlarni o‘qimishli deb hisoblamaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |