- Mifologiya sohasida Rim bilan bog‘liq miflar, chunonchi, "Rim dunyo markazi", "Rim -doimiy shahar", "Rimning dunyo ustidan hukmronlik qilishi" singari g‘oyalar alohida o‘rin tutgan.
- Afsonaga ko‘ra Rimga mil. av. 753 yili egizaklar Romul va Remlar asos solganlar. Shu vaqtdan Rimning monarxiya boshqaruvi tarixi boshlanadi. U davrda jamiyatning muhim masalalarini xalq majlisi hal qilgan. Patritsiylarning (tub aholi) nufuzli oqsoqollaridan «Keksalar kengashi» tuzilib, uni lotinchada Senat deb atashgan. Dastlab Senat va podsho xalq majlisiga tayanib, davlatni idora qilishgan.
- Mil. av. 510 yili Senat bilan podshoning qarama-qarshiligi natijasida podsho Takviniy ag‘darilib, Rimda aristokratik Respublika boshqaruv tizimi o‘rnatiladi. Puni urushlaridan keyin (264-146 yy.) Karfagen mag‘lubiyatga uchragach, Rim imperiyasining hududi ancha kengayadi va Rimning obro‘si kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |