Yunon afsonalaridagi oliy ma’bud, butun olam hukmdori Zevsdir. U Kronos va Reyaning o‘g‘li. Ma’budlarning uchinchi avlodiga mansub bo‘lib, Tartarda o‘z otasi va boshqa titanlarni yengib, Olimp tog‘ida hukmron bo‘lgandan keyin asta-sekin olamni qaytadan tuzadi, qonunlar chiqaradi, tartib o‘rnatadi, fan, san’at, axloq me’yorlarini joriy etadi. Zevs taqdir irodasini va yaxshi niyatlarini ro‘yobga chiqaruvchi ko‘plab qahramonlar (Gerakl, Persey) ning otasi. Ayni vaqtda Zevs - dahshatli jazolovchi kuch. U bir necha marta odam zotini yo‘q qilib, undan ham mukammal insonni yaratishga urinadi. Zevs to‘g‘risidagi afsonalarning ayrim qismlari «Iliada», «Odisseya» va boshqa antik davr asarlarida bor. - Yunon afsonalaridagi oliy ma’bud, butun olam hukmdori Zevsdir. U Kronos va Reyaning o‘g‘li. Ma’budlarning uchinchi avlodiga mansub bo‘lib, Tartarda o‘z otasi va boshqa titanlarni yengib, Olimp tog‘ida hukmron bo‘lgandan keyin asta-sekin olamni qaytadan tuzadi, qonunlar chiqaradi, tartib o‘rnatadi, fan, san’at, axloq me’yorlarini joriy etadi. Zevs taqdir irodasini va yaxshi niyatlarini ro‘yobga chiqaruvchi ko‘plab qahramonlar (Gerakl, Persey) ning otasi. Ayni vaqtda Zevs - dahshatli jazolovchi kuch. U bir necha marta odam zotini yo‘q qilib, undan ham mukammal insonni yaratishga urinadi. Zevs to‘g‘risidagi afsonalarning ayrim qismlari «Iliada», «Odisseya» va boshqa antik davr asarlarida bor.
- Olimp ma’budlaridan biri, Kronos va Reyaning o‘g‘li Poseydondir. U dunyoga hukmronlik qilishni akalari Zevs va Aid bilan bo‘lishib olgan. Unga dengiz hukmronligi nasib qilgan. Qo‘lida uch tishli ayri bilan tasvirlangan, u ana shu ayri yordamida dengiz dovullarini hosil qilgan. Yana bir ma’buda -Artemida bo‘lib, ovchilar, ayollar homiysi. Yelkasida o‘q-yoy, ba’zan yarim oy holatida tasvirlangan.
Yunon afsonasida dastlab hosildorlik, keyinroq sevgi va go‘zallik ma’budasi Afroditadir. Afrodita dengiz sayohatchilarining homiysi ham edi. Afsonalarga qaraganda, Afrodita dengiz ko‘pigida tug‘ilgan, asosiy ibodatxonalaridan biri Qibris orolining Pafos shahrida bo‘lgan. Afroditaga sig‘inish oldin Kichik Osiyo, Qibris oroli va boshqa orollarda keng yoyilgan bo‘lsa, keyinroq Bolqon yarim oroli va Yunonistonga tarqalgan. - Yunon afsonasida dastlab hosildorlik, keyinroq sevgi va go‘zallik ma’budasi Afroditadir. Afrodita dengiz sayohatchilarining homiysi ham edi. Afsonalarga qaraganda, Afrodita dengiz ko‘pigida tug‘ilgan, asosiy ibodatxonalaridan biri Qibris orolining Pafos shahrida bo‘lgan. Afroditaga sig‘inish oldin Kichik Osiyo, Qibris oroli va boshqa orollarda keng yoyilgan bo‘lsa, keyinroq Bolqon yarim oroli va Yunonistonga tarqalgan.
- Germes dastlab chorvador va cho‘ponlar xudosi, poda va yaylovlar, keyinchalik yo‘l, yo‘lovchilar homiysi bo‘lgan. Shuningdek, Germesga savdogarlar va savdo homiysi, o‘lchovlar, sonlar va lira (musiqa asbobi) ixtirochisi sifatida sig‘inilgan. Germes Olimp ma’budlarining xabarchisi, marhumlarning jonini aid (er osti saltanati, do‘zax)ga o‘tkazuvchi hisoblangan.
- Yunon mifologiyasida olov hamda temirchilik piri Gefestdir. U kasb-hunar homiysi sifatida e’zozlangan. Ikkala oyog‘i cho‘loq, badbashara bo‘lgan holda sohibjamol Afroditaga uylangan. Gefest - qo‘li gul usta; yer ostidagi bahaybat temirchilik ustaxonasida Zevs uchun chaqmoq va momaqaldiroqlar tayyorlab beradi, deb tasavvur qilingan. Gefest to‘g‘risidagi miflar Yunonistonda badiiy hunarmandchilik yuksak darajada rivojlanganligini ifoda etar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |