Munisni talabiga binoan o‘zbek tilida
Gargantyua va pantagryuel
Qatnashuvchilar:
ʻ
ʻ
Qahramonlar romanda ularning paydo bo lish tartibi bo yicha taqdim etilgan. Butun
kitob va har bir bobdan oldin-keyingi voqealarning qisqacha tafsiloti keltiriladi. Bu
ʻ
ro yxatda birinchi (“Gargantyua”) va ikkinchi (“Pantagryuel”) kitobdagi
qahramonlarning ismlarigina keltirilgan. Barcha nomlar ular fransuzcha matnda
ʻ
qanday taqdim etilsa, o shanday yozilmoqda.
Alkofribas Nazye (Fransua Rable nomining anogrammasi) muallif laqabi.
ʻ
Gargantyua (Rabledan ancha oldin mashhur bo lgan afsonaviy ism) – quvnoq,
ulkan-mechkay, birinchi kitobning bosh qahramoni.
Gringuzye (katta halqum) – Gargantyuaning otasi, birinchi kitobda – Shinon
ʻ
atrofidagi joyda mulklarning hukmroni; ikkinchi kitobda – Utopiya qiroli; oqko ngil
ʻ
qishloq boyoniga o xshab ketadi.
Tubal Olafern (ikki bibliya nomi) – Gargantyuaning birinchi muhabbati, eski urfdagi
pedant (rasmiyatchi odam).
ʻ
Evdemon (baxtli, omadli) – Gargantyuaga hamroh bo lgan mahram.
ʻ
Don Filipp de Mare (ehtimol bor bo lgan, ammo bizga notanish kimsa) – boyon,
ʻ ʻ
ʻ
Gringuzye o g lining taʼlim olishi bo yicha shu bilan maslahatlashadi.
Majstr Ianotus de Bragmardo (ehtimol, muayyan bir olimning kulgili qiyofasi) –
ʻ
ʻ
ʻ
Parijdagi Bibi Maryam jomesining qo ng irog ini qaytarib olib kelishga yuborilgan
Sorbonna mantiqshunosi; ovozi pang, tili chuchuk pedant.
Ponekrat (baquvvat, kuchli) – insonparvarlik taʼlimoti masalalarida Gargantyuaning
murabbiyi.
Gimnast (atlet) – Gargantyuaning sayisi.
ʻ
Rizatom (ildizqirqar) – Gargantyuaning mahrami va bog boni.
Pikraxol (achchiq zardob) – jangari va takabbur qirol Lerne; M. de Sent-Mart degan
ʻ
odam unga prototip bo lib xizmat qilgan, Rablening otasi u bilan sudlashgan.
ʻ
Fanfaron (maqtanchoq) – Pikroxolning jo mard sarkardalaridan biri.
Jan-Tishmaydalagich aka – abbatlikni Pikroxoldan saqlab qolgan seyalik shavkatli
rohib.
Ulriz Galle (Ehtimol, Jan Galledir, Rablening Sent-Mart bilan sudlashgan otasi shu
nom ostida yashiringan) – Granguzyening Pikroxolga yuborgan elchisi.
ʻ
Pantagryuel (Rabledan ancha oldin mashhur bo lgan afsonaviy ism; dastavval,
ʻ ʻ
tashnalikni qondiradigan mayda iblis) – Gargantyuaning o g li, ikkinchi-beshinchi
ʻ
kitoblari qahramoni; aqlli, ko pyoqlama taʼlim olgan shahzoda.
ʻ
ʻ
Badbek – ko zi yoriyotib olamdan o tgan Pantagryuelning onasi.
Epistemon (tajribali) – Pantagryuelning murabbiyi.
Limuzinchi talaba – Parij dorilfununi talabasi, lotinlashtirilgan grotesk (masxaraboz)
lahjasida gapiradi.
ʻ
Panurg (har narsaga qodir, kazzob, muttaham) – Pantagryuelning mablag larda
ʻ
ʻ
dog uli, poyintar-soyintar ish ko ruvchi hamrohi.
ʻ
Sharobxo r va Ketyalar – ikki sudboz, ularning bahsini Pantagryuel bir yoqlik qiladi,
ʻ
ʻ
har ikkovi ko z ko rib, quloq eshitmagan janjaldan boshi chiqmaydi.
Taumast (hayratomuz) – Panurg mubohasalar olib borgan ingliz olimi (ehtimol, ser
ʻ
Tomas Mor[1] bo lgandir).
Evsfin (barvasta) – Pantagryuelning hamrohi.
Karpalim (epchil) – Pantagryuelning boshqa hamrohi.
ʻ
Anarx (qonunsiz) dipsodlar (“mushtoqlar”) qiroli, Pantagryuel uni mag lub etgan.
ʻ
ʻ
Utopiya (o zi yo q joy) – Gargantyua qirolligining Tomas Morning shu joydagi
kitobidan olingan nomi.
ROMANNING SYUJYeTI
Gargantyua – Shinondan sal narida istiqomat qiluvchi odamshavanda ulkan zot.
ʻ
Utopiya qirolining dabdabali unvoniga sazovor bo lgan otasi Granguzye aslida
ʻ ʻ
ʻ
bor-yo g i qishloq boyoni bo lib, uning mulki bir necha mil kvadratni tashkil etadi.
ʻ
Gargantyua bolaligidan hayratomuz qo maqayligi bilan taniladi, qolgan narsalarda
ʻ
ʻ
barcha o smir bolalar qanday bo lsa, u ham shunday. Eskicha taʼlimdan qoniqmagan
ʻ ʻ
ʻ
otasi o g lini Parijga o qishga yuboradi. Unga murabbiy Ponokrat hamrohlik qiladi, u
ʻ
Gargantyuaning ongiga o z zamonasining yangi insonparvarlik qarashlarini
singdiradi. Shaharda Gargantyua bir qancha sarguzashtlarga duch keladi. Shulardan
ʻ
ʻ
ʻ ʻ
biri Parijdagi Bibi Maryam ibodatxonasining qo ng iroqlarini o g irlashdir. Bu
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
qo ng iroqlarni Gargantyua biyasining bo ynidagi munchoqqa osib qo ymoqchi
ʻ
ʻ
ʻ
bo ladi. Shu orada Granguzye va qo shnisi monarx Pikroxol o rtasida chinakam urush
chiqadi. Pikroxol ismi ostida Rablening otasi bilan sudlashib yurgan yer egasi
ʻ
tasvirlangani istisno etilmaydi. Casus belli[2] puch gap bo lib chiqadi: qirol
ʻ ʻ
Pikroxolning fuqarolari bir nechta konni o g irlashadi, ammo urush hazilakam tus
olmaydi, bu qonga qon, jonga jon urushiga aylanadi. Otasidan xabar kelgach,
ʻ
Gargantyua shosha-pisha uyiga qaytadi va raqibining abjag ini chiqaradi. Bunda
unga Jan – Tishmaydalagich laqabli betayin rohib yordam beradi – u fransuz rohibi
Tukdan bir tuki kam emasdi. Minnatdorlik yuzasidan Gargantyua Janning onasi
ʻ
uchun dabdabali abbatlik qurib beradi, uning hayoti o rta asr monastirlik hayotiga
mutlaqo teskari tamoyillarga asoslangan edi. Monastirning erkagu ayol ahli bir-birlari
ʻ
ʻ
bilan nikohdan o tishlari mumkin edi: ular toat-ibodatlar bilan vaqt o tkazmay, sport
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
o yinlari va gumanitar ilmlarni o rganish bilan mashg ul bo ladilar. Monastirdagi
“Istagan narsangni qil”, degan shiori shundan yaqqol guvohlik berib turibdi.
Ikkinchi kitob birinchisining qaysidir maʼnoda zaif takrori hisoblanadi. Uning bosh
ʻ ʻ
ʻ
qahramoni Gargantyuaning o g li Pantagryuel bo lib, otasidan oliyjanoblik va sira
ʻ
ʻ
so nmas ishtahani meros qilib olgan. Otasiga o xshab, u ham Parijga boradi, u yerda
ʻ
huquq va falsafiy mubohasalarda ishtirok etishi sharofati bilan mashhur bo lib
ketadi. Shu yerda u kitobning aksilqahramoni, kazzob Panurg degan odam bilan
oshlashib qoladi. Uning Pantagryuel bilan munosabatlari Falstafning shahzoda Xel
bilan munosabatlarini esga soladi.
Shu orada dipsodlar (“mushtoqlar”)ning Utopiyaga bostirib kirganlari haqida xabar
ʻ
ʻ
keladi. Pantagryuel qaytib keladi-da, dushman ko shinini tor-mor etadi – u o zidan
ʻ
shunchalik ko p peshob chiqaradiki, yaqin-atrofida turgan odamlar bitta qolmay
ʻ
ʻ
ʻ
peshobga g arq bo lib o ladi.
ʻ
Uchinchi kitobda Panurg qonun bo yicha yangi uylangan erkak harbiy xizmatga bir yil
ʻ
ʻ
keyin chaqirilishini eslab, uylanishga jazm qiladi va do stlaridan maslahat so raydi.
ʻ
Ular ayollarinng feʼl-atvori va ijtimoiy ahvolini muhokama qilib, oxiri ko rinmas
ʻ
bahsga kirishib ketadilar, bir qancha boobro olimlarga – ilohiyotshunos,
qonunshunos, falakshunos, shifokor, faylasuf va qiziqchilarga murojaat qiladilar.
ʻ
Ularning javoblari bir xil bo lsa-da, tasalli bermas edi, biroq tinib-tinchimas Panurg
yana bir kishining fikrini bilishni istaydi: u Ilohiy Shishaning Orakulidan yordam
ʻ
olishni tavsiya etadi. Uchinchi kitob sayyohlari o zlari bilan olib yuradigan
pantagryuelion nomli giyohning tavsifi bilan yakunlanadi. Giyoh aslida nasha
ʻ
o simligi edi, uning mana bunaqa atalishiga sabab, devqomat Pantagryuel mudom
ʻ
ʻ
ʻ
tashnalik azobini tortib yuradi, jallod sirtmog i shaklidagi nasha (ko knor) esa bo yinni
qiltiriq qiladigan xususiyatga ega.
ʻ
To rtinchi va beshinchi kitoblar Orakulni qidirishdagi sayohatlar tafsilotlaridan iborat.
ʻ
ʻ
(Bu kitobda olimlar sayohatlar, xususan, Shimoli-g arb yo lini qidirishga otlangan
ʻ
ʻ
ʻ
sayyohlar haqidagi hikoyalarning taʼsirini ko zda tutadilar). Sayyohlar ko plab g aroyib
ʻ
yerlarga qo nadilar bu yerlar majozan turli bilim vakilliklarini namoyon etadi, Rable
ʻ
o tkir kulgi ostiga olgan bu dargohlar orasida ruhoniylar, qozilar, xazinabonlar, falsafa
ʻ
olimlari va boshqalar uchraydi. Ayrim lavhalar sayohatchilarning o zida hech qanday
maʼnoni kasb etmagan shunchaki mullajiringini ifodalagan. Bunga shunday bir
mamlakat misol qilib olinadiki, u yerda havo azbaroyi sovuqligidan odamlar muzga
aylanib qolarkan, bahorda esa erir ekan – bunday sarguzashtlar baron Myunxgauzen
loflarida qayta-qayta takrorlanadi.
ʻ
Beshinchi kitob oxiri nuqul majoziy maʼnoda yozilgan. Sharhlovchilar ko pchiligining
ʻ
ʻ
fikricha, Ilohiy Shisha ichida sharobdan ko ra haqiqatning o zi joylashgan, uning
barcha mijozlari u tomon intilganlari-intilgan. Maqsadga yetishdan oldin sayyohlar
ʻ
ʻ
vijdonli va tirishqoq xalq yashaydigan Finus mamlakatidan o tadilar. Yo lni yoritib
borish uchun ular Pyer Ami degan odamni yollaydilar. Shu yerda Rable shunday
ʻ
nomga ega, Rablega yunon tilini o rgatgan rohib – Fransiskola ehtirom izhor etadi.
ʻ
ʻ
Oxiri ular qohina Bakbuk qo l ostida bo lgan Orakulga yetib keladilar.
ʻ
Bakbuk barchaga bir stakandan zilolday tiniq suv ulashadi, har kim o z stakanidagi
ʻ
ʻ
suvda o zining sevimli ichimligini ko radi, – haqiqat ham shunday, uni odamlarning
ʻ
har biri o z holicha tushunadi. Orakulning nutqini ramziy maʼnoda ham talqin qilish
mumkin; u bir maʼnoni ilgari suradi: “Ich!” Baʼzi olimlar shunday taxminga boradilarki,
ʻ
ʻ
Rable o z rivoyatini davom ettirishni niyat qilgan, juda bo lmaganda Pantagryuelning
ʻ
yurtiga qaytishi davrigacha kechgan voqealarni tasvirlamoqchi bo lgan. Nima
ʻ
bo lganda ham kitob yaxshilik bilan tugaydi.
Sharh
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
Ochig ini aytib qo ya qolaylik: Rableni o qishdan ko ra undan ko proq hayratga
ʻ
ʻ
ʻ
tushadilar. Ko plar asosan uning uyatli yozuvchilik obro yiga mahliyo bo lib, bu
ʻ
ʻ
muallifni kashf etadi. Ular o zlariga bino qo ygan holda, modomiki, kitobda uyat narsa
uchrar ekan, hammasini bip-binoyidek anglash uchun na saʼy-harakatning, na
ʻ
layoqatning keragi bor, deb biladilar. Biroq Rablening buyuk ijodi ko p hollarda
ʻ
o quvchi uchun Joysning “Uliss” romani singari muammolarini namoyon etadi: har
ʻ
ʻ
ʻ
ikkala romanda so zlar benihoyat ko p ishlatilgan, o ndan ortiq tillardagi olimlar
asarlaridan iqtiboslar keltirilgan, allaqachon unutilib ketgan odamlar va voqealar
ʻ
ʻ
yodga olinadi. Rableni mufassal o zlashtirish uchun butun umr kerak bo ladi. Shu
ʻ
ʻ
ʻ
bois bilimi o rtamiyona o quvchi uni yuzaki va tatalab o qiganidan xijolat tortmasa
ʻ
ʻ
ʻ
bo laveradi. Avvaliga “Gargantyua”ni butunisicha qo lga olmoq zarur, keyin esa o z
ʻ
maʼnosiga qarab boshqa to rttala kitobdan yoqqan-yoqqan joylarni tanlashi mumkin.
ʻ
Taʼlimga va unga zamondosh qarashlari bo lgan ilm dargohlariga Rablening
qandayligiga qiziqqanlar esa uchinchi kitobda Panurg maslahatini olgan olim bayon
ʻ ʻ
ʻ ʻ
to g risidagi, gripp, Bridua, Rondibilis va boshqalar to g risidagi lavhalarni mutolaa
qilsinlar, keyin esa beshinchi kitobning kulgili va ramziy maʼnolariga murojaat
etsinlar, ularda Papimanlar oroli, Yungdor Mushuklar mamlakati, Avliyo Shisha
Orakuli haqida rivoyat qilinadi. Serzavq, maroqli hikoya qilingan voqealarni izlagan
ʻ
kitobxonlar esa asarda ularni juda ko plab uchratadilar.
ʻ
ʻ
O n to qqizinchi asr kitobxonlariga, xususan, bu viktorian davridagi kitobxonlarga
ʻ
taalluqli, Rablega bu borada omad kulib boqmagan: unga jirkanchlik va haqoratli so z
ʻ
ʻ
ustasi degan “toj” kiydirganlar. O sha davrdan ko plab yozuvchilar bu qadar ochiq ijod
ʻ
qilmaganlar. Hokimiyat Rablening kitoblarini taqiqlab qo ydi, ularni axloq-odob
doirasidan tashqari, kufrona asarlar deb tavqi laʼnat kiydirdi. Ammo kitobda buzuqlik,
ʻ
najasbozlik, fohishabozlikdan ko ra mechkaylik tafsilotlari ustunlik qiladi. Fahsh
ʻ
yegulik va ichgulik singari sog lom hayvoniy lazzat sifatida tasvirlanadi. Rableni
ʻ
ʻ
buzuqlik yoki asabiylikni targ ib etishda ayblash uchun zarracha asos yo q. Uning
qahramoni Pantagryuel zinhor ichkilik yo buzuqlik shaydosi emas. Aksincha, u aqlli,
ʻ
ʻ
dono va haqgo y shahzoda. Hamma narsa Rablening o zi muloyim va mehribon,
ʻ
hayotni barcha baland-pastliklari bilan sevuvchi, o z qobiliyati va bilimini
ʻ
ʻ
zamonasining buyuk muammolarini hal etishga bag ishlagan inson bo lganidan
ʻ
darak beradi. Goho bu masalalarni talqin etishda og zi shaloqlashib ketadi, goho
ʻ
chuqur tafakkurga cho madi, ammo har ikkala holda ham u lafzi tez va hushyor.
ʻ
ʻ
Rable shiddatli o zgarishlar davrida yashadi. Antik fanlar va sanʼatlar uyg onishi
ʻ
Yevropa madaniyati qiyofasini o zgartirib yubordi. Yangi bilim taʼlimga boshqacha
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
yondashuvni talab etdi; o qish-o qitish dasturi bundan ko ra to laroq bo lishi va
ʻ
ʻ
ʻ
ilgarigiga qaraganda dunyoviy bilimlarga ko proq o rin berishi kerak bo ldi. Rable
ʻ ʻ
sofist Tubal Olofern misolida eski tuzum ustidan kuladi. Gargantyuani alifboni to g ri
ʻ
ʻ
va teskari tomonga qarab o qiy olishga o rgatish uchun Tubal naq besh yil sarflaydi.
ʻ
Insonparvar Ponokrat yangi tizimning vakili bo lib chiqadi. “Gargantyua” kitobining
ʻ
ʻ
23-24-boblarida, Ponokrat fikricha, mo tadil taʼlimli odam bilishi shart bo lgan
ʻ
fanlarning o qitilishi tavsiflanadi. Bunda Rable tor doiradagi mutaxassislar yoki
ʻ
ʻ
ʻ
kalavasining uchini yo qotgan olimlar tayyorlash haqida o ylamagandi; yo q, u har
taraflama va mustahkam bilimli odam haqida orzu qilgan edi.
Rablening antiklerikalligi va uning ilmga qiziqishi ayrimlarni uni hurfikr va hatto
ʻ
moddiyunchi bo lgan, deya xulosa chiqarishga olib kelgan. Bunday xulosalarga asos
ʻ
yo q, uning kitoblarida goh-goh nasroniy taqvodorlik eʼtiroflari shu qadar samimiyki,
ʻ
ʻ
ularni o qigach, yuqoridagi shubhalarga ishonish qiyin. Rable davrida ko plab halol
ruhoniylar cherkovni tanqid qilmay turolmaganlar.
Rablening tili – faqat fransuzlargina hukm chiqarishga munosib vosita, ammo
ʻ
tarjimada ham uning purmaʼnoligi sezilib turadi. So zlar suvday oqib kelaveradi:
ʻ
arxaizmlar va neologizmlar, saroy ahli va dehqonlar nutqida uchraydigan xos so zlar,
maʼnodor ilmiy ifodalar va lahja, yunon, lotin, yahudiy, ingliz, niderland, olmon,
ʻ
ʻ
doniyo, bask tillaridan olingan so zlar, shuningdek, Rablening o zi kashf etgan
iboralar va hokazo. Kech fransuz nasri davrining nafis neoklassitsizmiga yanada
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
o xshamaydigan hech narsa yo q: so zlar ro yxatlar va katologlarga to planib, ulardan,
ʻ
o z navbatida, butun boshli boblar yuzaga keladi. Bu chek-chegara bilmas
isrofgarchilik kitobning deyarli har bir sahifasida nafas oluvchi hayotbaxsh
ʻ
ko tarinkilik ifodasi hisoblanadi: Gargamellaning ichak-chavoq tushligi, Pantagryuel
ʻ
ʻ
chaqalog ining parhez taomi, Pikroxolning fotihman deb ko kragiga urishlari,
Panurgning bemaza qiliqlari shular jumlasidandir. Hattoki qahramonlarning nutqi
ʻ
yoki qiyofalari bo lsin, Rable fikri daxl qilgan hamma narsa ulkan hajmlarga ega
ʻ
ʻ
ʻ
ʻ
bo lgan. Rablening tilga bo lgan muhabbati ham uning hayotga bo lgan o chligiga
jonli guvohdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |