Urush va g‘alaba, san’at va hunarmandchilik, bilim va donolik ma’budasi, Zevsning qizi Afina to‘la qurollangan holatda (dubulga va sovut bilan) tug‘ilgan. Afina shahrining homiysi. Yunon san’atining nodir yodgorligi bo‘lgan Afinadagi Parfenon ibodatxonasi oldiga Afinaning arxitektor Fidiy tomonidan bajarilgan, balandligi 12 metrlik katta haykali o‘rnatilgan. Ma’budaning nomi Gresiyadagi markaziy shaharlardan biriga qo‘yilgan. - Urush va g‘alaba, san’at va hunarmandchilik, bilim va donolik ma’budasi, Zevsning qizi Afina to‘la qurollangan holatda (dubulga va sovut bilan) tug‘ilgan. Afina shahrining homiysi. Yunon san’atining nodir yodgorligi bo‘lgan Afinadagi Parfenon ibodatxonasi oldiga Afinaning arxitektor Fidiy tomonidan bajarilgan, balandligi 12 metrlik katta haykali o‘rnatilgan. Ma’budaning nomi Gresiyadagi markaziy shaharlardan biriga qo‘yilgan.
- Yunon mifologiyasidagi uzumchilik hamda vinochilik piri Dionis bo‘lib, u Zevs bilan fivalik malika Semelaning o‘g‘li. Dionis sharafiga bag‘ishlangan bayramlar o‘ta xushchaqchaqlik, kayf-safo bilan o‘tgan.
- Afsonalarga ko‘ra, ma’budlar malikasi Geradir. U Zevsning xotini, nikoh homiysi bo‘lib, shafqatsizlik, qaxr-g‘azabi va rashki bilan ajralib turgan.
Qadimgi yunonlarning e’tiqodicha, Zevs boshliq ma’budlar baland Olimp tog‘larida yashaganlar va badavlat kishilarday hayot kechirganlar. Ular ham odamlar kabi shuhratparast, hokimiyatparast, shafqatsiz va qasoskor bo‘lganlar. Yunon ma’budlarining odamlardan farqi shundaki, birinchidan ular umrboqiy, ikkinchidan, ular go‘zal va qaddi-qomati kelishgan (Gefestdan tashqari)bo‘lishgan. Yunon ma’budlari ham sevishgan, xursand yoki g‘amgin, g‘azabli holatlarda namoyon bo‘lganlar. Yerdagi ayollar bilan ma’budlar qovushganda qahramonlar dunyoga kelgan. - Qadimgi yunonlarning e’tiqodicha, Zevs boshliq ma’budlar baland Olimp tog‘larida yashaganlar va badavlat kishilarday hayot kechirganlar. Ular ham odamlar kabi shuhratparast, hokimiyatparast, shafqatsiz va qasoskor bo‘lganlar. Yunon ma’budlarining odamlardan farqi shundaki, birinchidan ular umrboqiy, ikkinchidan, ular go‘zal va qaddi-qomati kelishgan (Gefestdan tashqari)bo‘lishgan. Yunon ma’budlari ham sevishgan, xursand yoki g‘amgin, g‘azabli holatlarda namoyon bo‘lganlar. Yerdagi ayollar bilan ma’budlar qovushganda qahramonlar dunyoga kelgan.
- Yunon afsonalari qahramoni, Zevs bilan oddiy ayol Alkmenaning o‘g‘li Gerakl afsonalarga ko‘ra, beqiyos kuchga ega bo‘lgan. U mislsiz 12 ta jasorat ko‘rsatgan. Gerakl Nemey sherini va ko‘p boshli Lerney ajdahosini o‘ldirgan, Erimanf to‘ng‘izini tirik tutgan, Stimfol temir qushlarini qirib tashlagan, amazonkalar malikasi Ippolitaning kamarini olgan, podshoh Diomedni yengib, yiqitgan va boshqa mardliklar ko‘rsatgan. Shuningdek, Anteyni yenggan, Prometeyni ozod qilgan. Xotini Deyanira rashk sababli uni zaharlagan. Zevs uni o‘lmaydigan qilgan. Yunonistonning ko‘pgina joylarida, keyinchalik Italiyada Geraklga e’tiqod qilingan. Gerakl haqidagi afsonalarda insonning tabiatning dahshatli kuchlariga qarshi kurashi aks etgan. Gerakl Gerkules nomi bilan ham mashhur.
Do'stlaringiz bilan baham: |