Mavzu:Podsho Rossiyasi mustamlakachiligi davrida Turkistonda xarbiylashgan xalq boshqaruvining joriy etilishi.
Kirish
Asosiy qism
1.Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi.
2.Harbiylashgan boshqaruv tizimining vujudga kelishi.
3.O’lkani idora qilish yuzasidan chiqarilgan qonun hujjatlari.
Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Rossiya imperiyasining Turkistonda joriy etgan ma’muriy-boshqaruvi tizimi xalqning boshiga solingan siyosiy sirtmoq bo’ldi.Bosqinchilar avvalo,Turkiston boyliklarini talon-taroj qildi,so’ngra o’lkani xom ashyo bazasiga aylantirib iqtisodiyotni o’z manfaatlari yo’lida jilovlab oldi.Og’ir soliqlar,g’ayriqonuniy majburiyatlar aholini tobora qashshoqlashtirib bordi.Mustamlakachilar mahalliy aholining milliy qadriyatlari, urf-odatlarini oyoq osti qilardi, ma’naviy zug’um kuchayib borardi.Rossiya Turkistonni o’z mustamlakasiga aylantirgach, uning siyosiy,iqtisodiy,ma’naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi.Podshoizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi xalqning noroziligi,nafrati oshib bordi,qo’zg’olon ko’tarishiga sabab bo’ldi.Qo’zg’olonlarning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar,shahar hunarmand-kosiblari,kambag’allar bo’ldi.Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar,milliy g’ururini yo’qotmagan boy zamindorlar ham ishtirok etdilar.Rossiya imperiyasi mustamlakachilik tizimining tagi bo’sh zaminda ekanligi va uning ustunlari qimirlay boshlaganini hamda Turkiston xalqlarining vatanparvarligi, g’ururi so’nmaganligini namoyon etdi.Turkistonda o’rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri XX asr boshlarida yanada kuchaydi.Podshoizm iqtisodiy jihatdan mahalliy xalqni talash,ezish bilan birga,ularni jaholatda,savodsizlikda tutib turish, ma’naviy qashshoqlantirishga intilar edi.Mustamlakachilar shu maqsadda o’lkaga chinovniklar,harbiylar,bankirlar,savdo-sanoatchilar, muhandis-texniklar,ruhoniylar,ilmiy kuchlar,ishchilar,mujiklardan iborat malaylarini safarbar etgan edi.Zolimlar qanchalik urinmasin, mahalliy aholining hurlik,ozodlik uchun intilishini so’ndirolmadi, milliy ozodlik harakati kuchayib bordi.Tarixiy vaziyat millat ravnaqini o’ylovchi ziyolilar,mahalliy burjuaziya vakillari,ulamolar orasidan xalqni uyg’otish,milliy ongini oshirish,birlashtirish uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab etishtirdi.Darhaqiqat,mustamlakachilik sharoitida ham ota-bobolarimizning erkinlikka,taraqqiyot va istiqlolga bo‘lgan azaliy intiqlik kayfiyati so‘nmadi.Xalqimizning yurak-bag‘riga teran o‘rnashgan mustaqillik va ozodlik tuyg‘usi tobora qudratli kuchga aylana bordi va pirovard natijada O‘zbekiston istiqloli tantanasi uchun mustahkam zamin hozirladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |