Miloddan avvalgi V IV asrlarda yunoniston polis tizimining inqirozi
Reja: 1.Afina dengiz ittifoqi. 2. Yunon-fors urushlaridan so`ng Afina. 3. Afina demokratiyasi. 4. Polis tizimining tushkunligi 5.Xulosa
Afina dengiz ittifoqi. Er. av. V asrda yunon dunyosining siyosiy va madaniy hayotining markazi Kichik Osiyo va Egey orollaridan Bolqon Yunonistoniga ko‘chdi. Yunon viloyatlari ichida Attika viloyatining roli oshdi.
Arxaik davridan so‘ng Yunonistonda siyosiy jihatdan kuchli o‘zgarishlar yuz berdi. Er.av. VI asr oxirida Sharqda qudratli Ahamoniylar davlati shakllandi va Yunon dunyosiga o‘zining madaniy siyosiy ta’sirini o‘tkaza boshladi. Er.av. V asr oxirida forslar Kichik Osiyodagi barcha yunon shaharlari va Lidiya podsholigini bosib oldilar. Forslar Yunonistonni ham o‘z ta’sir doirasiga olishga harakat qildilar. Fors qo'shinlari bir necha bor kontinental Yunonistonga bostirib kirdilar (er.av. 495, 490-y) Yunon polislari forslarga nisbatan turli munosabatda boidilar.
Fessaliya va Beotiya forslarga do'stona munosabatda bo‘ldilar. Sparta va Afina esa forslarga qarshi yunon shaharlari ittifoqini tashkil qildilar. Er. av. 48I-yil yunon shahar davlatlari Ellin ittifoqini tuzdilar. Dastlab ittifoqda Sparta yetakchi rol o‘ynaydi. Sparta vakili uning ishiga rahbarlik qildi. Lekin forslarga qarshi harbiy harakatlarda asosan flot hal qiluvchi o‘rin egallar edi. Sparta o‘zining flotiga ega bo‘lmaganligi sababli, ittifoqda yetakchi o‘ringa da’vo qila olmas edi. Spartaliklardan rahbarlikni olish uchun Ioniya orollarining Afinaga yordam so'rab murojaat qilishi bahona bo‘ldi. Afina atrofida bir necha yunon shaharlari birlashib, yangi siyosiy kuch birinchi Afina ittifoqini vujudga keltirdilar. Shu vaqtdan boshlab Sparta va Afina ittifoqchilari o‘rtasidagi raqobat er. av. V asrda Yunonistondagi voqealar rivojiga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazdi.
Afina ittifoqi tez orada mustahkam, uyushgan kuchli tashkilotga aylandi. Ittifoqning barcha qatnashchilari to‘la huquqli bo‘lib, uning xazina Delos orolidagi Apollon ibodatxonasida joylashgan edi. Ittifoqchilar kengashiga har bir a’zo davlat bittadan vakil yubordilar. Afina Arxesy ittifoqi mablag‘i 480 talant hajmida deb belgilanib, har bir ittifoqchi davlat umumiy xazinaga a’zolik to‘lovi (foros)ni amalga oshirar edilar.
Ittifoq ichida Afinaning harbiy-siyosiy va savdo mavqei kuchayib ketdi. Barcha ittifoqchi yunon shaharlari o‘zlarida Afina tosh-tarozisi va o‘lchov birliklarini joriy qildilar, umumiy xazina Delosdan Afinaga ko‘chirildi.
Afmaliklar ittifoqchilarning toiov badali hisobiga Afinada mashhur Propiley va Parfenonni qurdilar. Afinaning bunday suiiste’molligi ittifoqchilarning norozilik chiqishlariga sabab bo‘ldi. Ittifoqchilarning chiqishlari Afinaliklar tomonidan qattiq jazolandi.
Masalan, jazolangan Tasos Afinaga o‘zining barcha kemalarini berishga, devorlarini buzishga, tovon to'lash va eski a’zolik badalini toiashni davom ettirishga majbur bo‘ldi. Plutarxning yozishicha «Ittifoqchilar xiroj to‘lovchilar va qullarga aylandilar». Afina o‘z ta’sir doirasini yunon dunyosida muntazam ravishda kengaytirishda Spartani qarshiligiga uchradi. Forslar bilan umumiy g‘alabadan keyin har ikki davlat o'rtasidagi raqobat keskinlashdi. Forslar Egey dengizidan siqib chiqarildi, u yana «Yunon quli» bo‘lib qoldi. «Kalliy» sulh shartnomasi (er.av.447-y) dan so‘ng forslarning dengiz floti Egey dengiziga kirishdan mahrum bo‘ldi. Eron quruqlikdagi qo'shinlarini Kichik Osiyo qirg‘og‘idan uzoqda saqlab turish majburiyatini oldi1.
Yunon-fors urushlaridan so‘ng Afinadagi keskin siyosiy kurash natijasida demokratik kuchlar Perikl boshchiligida g‘olib chiqdilar. Periklgacha Efiat islohot o‘tkazib, zodagonlar areopagining siyosiy mavqeini yo‘qqa chiqardi. Areopag ixtiyorida faqat qasddan odam o‘ldirish va diniy an’analarga qarshi jinoyatlarni ko‘rib sud qilish vazifalarigina qoldi xolos. Areopagning siyosiy funksiyalari Klisfen joriy qilgan 500 lar kengashi va gelieyaga berildi.
Xalqaro savdodan manfaatdor bo‘lgan Afina savdogar hunarmandlari va dengizchilari Afinani Yunon shaharlari ustidan yetakchiligini mustahkamlashni talab qildilar. Ular ittifoqchilarga nisbatan qat’iy qattiq siyosatni, Afinaning yunon dunyosiga boshchilik qilishiga qarshi turadigan har qanday kuchlarga qarshi keskin kurash olib borishni talab qildilar.
Afinada Kaeon tiraniyasi tugatilgandan so‘ng demokratik harakat Afina siyosiy hayotida yetakchi o‘ringa chiqdi. 500 lar kengashining ta’siri kuchaydi. Bu kengashda aholining kambag‘al tabaqalarining ishtiroki uchun imkoniyatlar yaratildi. Gelieda sudyalik vazifasini bajarish uchun yoki 500 lar kengashiga a’zolik uchun ish haqi to‘lashni joriy qilinishi hatto kambag‘allarga ham qura tashlash yo‘li bilan saylanadigan 5 ming sudyadan biri bo‘lishi imkoniyatini berdi. Shahar aholisining o‘rta qatlami zevgitlarga arxont vazifasini bajarishga ruxsat berildi. Tashqi siyosatda Afina yunon dunyosiga hukmronlik qilish uchun faol harakat qildi Afinaning qo‘shni viloyatlarga taziyqi kuchayib Sparta bilan urush harakatlari olib borildi. Er. av. 445-yil Sparta bilan 30 yil muddatga tinchlik shartnomasi imzolandi. Ammo tinchlik 14 yil davom etib keyin uzoqqa cho'zilgan urush barcha yunon shaharlarini zaiflashtirgan Peloponnes urushi boshlanib ketdi. Urush 21 yil davom etib ko‘pgina shaharlar vayron boidi. 10 minglab kishilar qurbon boidilar. Urf-odatlar, qonunlar paymol qilindi. Yunon dunyosi shundan so‘ng tushkunlikka yuz tutdi.