Polis tizimining tushkunligi
Er. av. V asr so‘ngida yunon polislari uzoq davom etgan tushkunlik pallasiga kirdi. Fuqarolaming yopiq jamoasiga asoslangan yunon polisi endilikda yer mulkchilik munosabatlarida keskin o‘zgarishlar boshlandi. Yerga ishlov berishdan keladigan daromaddan ko‘ra sudxo‘rlik daromadi o‘sib ketdi. Yerni sotish keng tarqaldi, katta-katta yer maydonlari ayrim fuqarolaming qo‘liga o‘tib qoldi. Kambag'allashgan, yeridan ajralgan fuqarolar o‘z fuqarolik -maihuriyatlarini bajarmay qo‘ydilar. Ularning ko‘pchiligi o‘z mablag'larini dengiz savdosiga qo‘ya boshladilar. 0 ‘z polislaridan boshqa hududlarda katta-katta yer maydonlariga egalik qila boshladilar hamda ma’lum bir polis fuqarosi bo'lish ahamiyatsiz bo‘lib qoldi. Bu davrda yunon polislarida davlat xo‘jaligining mavjud emasligi davlat xazinasiga daromad tushmasligi bilan belgilandi. Davlat hokimiyati iqtisodiy-moliyaviy jiliatdan hech qanday mablag‘ga ega emas edi.
Bundan tashqari, polislarning moliyaviy qiyinchiliklari, uzluksiz urushlar, yollanma qo'shinlami keng tarqalishi, harbiy ehtiyojlaiga xarajatlarni muntazam ravishda o‘sib borishi bilan chuqurlashdi. Demokratik polislarda lavozimlarga haq to'lash, kambag‘al fuqarolarga muntazam nafaqa berish tizimi bu qiyinchiliklami yanada chuqurlashtirdi. Agarda ilgari Afina o‘z xarajatlarini ittifoqchilar hisobidan qondirgan bo‘lsa er. av. IV asrda esa mulkdan olinadigan favqulodda soliq-eysfora bilan qoplay boshladi. Tinchlik vaqtida Afina fuqarolari hech qanday soliq to‘lamas edilar. Xalq yig'ini eysfora to‘g‘risidagi qarorlarni kambag‘al fuqarolar manfaatlariga tekkani uchun istamay qabul qilar edi. Afinani boy tabaqasiga soliq solishga urinish boylarning noroziligiga olib keldi.Yer mulk munosabatlarida o'zgarishlar yuz berdi. Er. av. V asr oxiridan boshlab yerning erkin oldi-sotdisi keng tarqaldi. Ko'pgina fuqarolar nochorlikdan o‘z yerlarini sotishga majbur bo‘ldilar, natijada bu yerlami fuqaroligi boimagan kishilar ham sotib ola boshladilar. Xususiy va jamoa yerini ijaraga berish va garovga qo‘yish keng tarqaldi.
Er. av. V asr so'ngida meteklar va chet elliklaiga alohida xizmatlari uchun polis hududida yer va uylaiga egalik qilish hollari tarqaldi. Iatdan kelganlarga fuqarolik huquqi kamroq sovg‘a qilindi.
Polisni tushkunligi yollanma askarlarni tarqalishida ham ko‘rindi. Yer mulkidan ajralgan, qarzga botib kambag'allashib qolgan fuqaro qurol-yarogI olishga mablag‘ topa olmas edi, ko‘pincha begonalarni manfaati uchun jang qilishni xohlamas edi. To'xtovsiz urushlar harbiy texnikaning takomillashuvi yaxshi o‘rgatilgan askarlarni talab qilar edi. 0 ‘z yeridan mahrum bo‘lgan, jismoniy mehnat bilan shug'ullanishni istamaganlar o‘z polislaridan quvilgan kishilar yollanma askarlar safini to‘ldirdilar.
Yunon polisining tushkunligi quldorlik tizimini tushkunligi emas edi, chunki qulchilik yanada rivojlandi, qullar mehnatidan foydalanish hajmi o‘sdi. Afinada davlat qurilishida erkin fuqarolaming mehnati kamaydi, chunki ularning mehnatiga ham metek va qullarga ham baravar haq to'lanar edi. Qullarni qishloq xo'jaligi, hunarmandchilik, uy-ro‘zg‘or ishlarida ishlatish, boshqa kishilaiga yollanma mehnatga berish bilan biiga quldor qulni hunar va savdo bilan mustaqil shug'ullanishga ruxsat berar edi. Bunday qullar mulk oilaga ega boiib alohida yashar edilar. Ular pul to'plab o‘z ozodliklarini sotib olishlari mumkin edi.
Er. av. IV asrda ozod qo‘yilgan qullarni soni o‘sdi, ularni yunon polislari iqtisodiy hayotidagi roli kuchaydi. Huquqiy jihatdan ular meteklarga tenglashtirilib, ijtimoiy jihatdan hunarmand va savdogarlar ommasiga qo‘shildilar. Mehnat va hayot kechirishning o'xshashligi fuqaro va fuqaroligi boimagan kishilarni bir-biriga yaqinlashtirdi.
Er. av. IV asrda polislarda turli ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi. Boylar va kambag‘allar o'rtasidagi qarama- qarshiliklar davlat hokimiyatini zaiflashuviga olib keldi.Yunonistondagi er. av. IV asming birinchi yarmida Spartaning mavqei kuchaydi. Sparta polislarni ichki ishlariga qo‘pol ravishda aralasha boshladi Bu ko'pchilik polislarni noroziligiga olib keldi. Oqibatda Yunonistonda Spartaga qarshi harbiy harakatlar boshlandi va Spartaning Yunonistondagi yetakchiligi tugatildi. Fiva shahrini yunon dunyosiga yetakchiligi ham vaqtinchalik boidi, Afina ittifoqini qayta tiklashga urinish ham natijasiz tugadi. Biror bir yunon polisi qandaydir mustahkam birlashuvni tashkil qilish va unga rahbarlik qilish qobiliyatiga ega emas edi. Yunon polislari endilikda o‘zaro kelishmovchiliklarni bartaraf qila olmay, qudratli Eron davlatini vositachi sifatida taklif qila boshladilar.
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki yunon davlati siyosiy jihatdan kuchli davlat bo’lgan bo’lib,yunon polislari o’z davrida fors davlatlariga qarshi harbiy harakatlar uyushtirib o’z mamlakatinini dushmandan himoya qilish choralarrini qilgan.Afina mamlakati kuchli janglardan so’ng mustahkam, uyushgan kuchli tashkilotga aylangan.Bu shundan dalolat beradiki agar davlat harbiy va aqliy jihatdan kuchli bo’lsa u har qanday holatda o’zini yo’lini biladi. Chunki forslar bilan jangda yunon davlati o’z kuchini ishga solib g’lib bola oldi va jangdan so’ng yunoniston iqtisodiyotida o’sish yuz berdi.Polislar o’rtasidagi xalqaro savdo rivojlandi.
Keyinroq yuz bergan polis tushkunlik pallasiga kirdi Polislarda turli ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi ziddiyatlar kuchaydi.Boylar va kambag’allar o’rtasidagi qarama qarshiliklar davlat hokimyatining zaiflashuviga olib keldi.Bundan ko’rinib turibdiki yunon davlati garchi qudratli davlat bo’lsa ham o’z polislariga turli tashqi kuchlarda o’zlariga ishongan holda mardona kurashishga yo’l ochib berishi kerak edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |