Bugungi kunda global axborot makonidagi qarama-qarshilik, inson, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurashning kuchayishi sharoitida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining roli va ahamiyati ortib bormoqda



Download 18,1 Kb.
Sana13.01.2022
Hajmi18,1 Kb.
#356857
Bog'liq
Bugungi kunda global axborot makonidagi qarama



Bugungi kunda global axborot makonidagi qarama-qarshilik, inson, ayniqsa yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurashning kuchayishi sharoitida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining roli va ahamiyati ortib bormoqda.

Shuning uchun davlatimiz rahbari tomonidan aholining va birinchi navbatda yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi tizimini takomillashtirish, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, intellektual va ijodiy salohiyatni namoyon qilishga sharoit yaratish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Mamlakatimiz aholisini va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish bilan bog‘liq ishlarni “Jasur jangchi – yoshlar uchun namuna” shiori ostida yanada jadallashtirish, harbiy okruglar qo‘mondonliklariga kamida 10 tadan maktabni otaliqqa olish hamda harbiy qism komandirlari tomonidan ularda vatanparvarlik va harbiy shon-sharaf darslarini yo‘lga qo‘yish vazifasi qo‘yildi.

Qurolli Kuchlarimizda yaratilgan zamonaviy infratuzilmadan foydalangan holda uyushmagan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan birga, mehnat bozorida talab qilinadigan kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha ishlarni tashkil etish vazifasi ham qo‘yildi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari “o‘z farzandlarida yuksak vatanparvarlik ruhini kamol toptira olmagan davlat, qanday qudratli qurolga ega bo‘lmasin, mudofaa qobiliyatini mustahkamlay olmaydi”, deya ta’kidlab o‘tdi.

Bundan tashqari, yig‘ilishda mamlakat mudofaa sanoati kompleksini yanada rivojlantirish, davlat chegaralarini qo‘riqlash tizimini takomillashtirish, favqulodda vaziyatlar prognoz va monitoring qilish hamda avariya va texnogen halokatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish bo‘ycha zarur topshiriqlar berildi.

«O‘zbekistonda keyingi yillarda zamonaviy qurol-yarog‘ va texnika bilan har tomonlama yaxshi ta’minlangan, harakatchan, yuksak talab va standartlarga javob beradigan, mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini samarali va ishonchli himoya qilishga qodir bo‘lgan milliy armiyani shakllantirish bo‘yicha ko‘lami va miqyosiga ko‘ra ulkan ishlar tizimli va bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirildi, — deyilmoqda davlat rahbarining tabrigida. — Bu borada tashkiliy-shtat tuzilmalarini butunlay qayta ko‘rib chiqishga, shuningdek, yuz berishi mumkin bo‘lgan harbiy harakatlar teatrining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, Qurolli Kuchlarni tezkor-strategik boshqarishning zamonaviy va samarali tizimini yaratishga, qo‘shin turlarining o‘zaro kelishib harakat qilishini takomillashtirishga, ularni zamonaviy texnika va qurol-yarog‘lar bilan ta’minlashga, jangovar va o‘quv tayyorgarlikning ma’no-mazmunini o‘zgartirishga, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni tubdan yaxshilashga alohida e’tibor qaratildi».
Mintaqadagi tez o‘zgarib borayotgan va murakkab harbiy-siyosiy ahvol va vaziyatning yanada keskinlashish ehtimolini inobatga olib, Qurolli Kuchlar tarkibidagi qism va bo‘linmalarning jangovar imkoniyatlari va kuch-qudrati, harakatchanligi va ularni boshqarish samaradorligi sezilarli ravishda oshirildi. Shu bilan birga, bugungi kunda dunyoda va yon-atrofda yuz berayotgan mojaro va to‘qnashuvlar, radikalizmning kuchayishi, Afg‘onistondagi urushning hamon davom etayotgani va bu muammoni hal etish borasida mavhumlik saqlanib qolayotgani, terrorizm va diniy ekstremizmning faollashayotgani, tajovuzkor narkotrafikning keng tus olayotgani, chegaralarimizga bevosita yaqin hududlarda xavf-xatar kuchayib borayotgani — bularning barchasi chuqur tashvish va xavotir uyg‘otmasdan qolmaydi, deb ta'kidladi Prezident.

Bunday murakkab va oqibatini oldindan aytib bo‘lmaydigan jarayonlarning barchasi bugungi kunda hammamizdan yuksak darajadagi hushyorlik va ogohlikni, chegaralarimizda keskinlikni keltirib chiqarishga qaratilgan urinishlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qat’iy choralarni ko‘rishni, mamlakatimizga qarshi qaratilgan har qanday tajovuzkor xurujlarga Qurolli Kuchlarimizning o‘z vaqtida va munosib zarba berish qobiliyatini ta’minlashga doimo tayyor turishimizni talab etmoqda. Shu munosabat bilan yuzaga kelayotgan murakkab vaziyatda armiyamizni isloh etishni va uning mudofaa qudratini, jangovar salohiyatini, mamlakatimiz suverenitetini himoya qilish, sarhadlarimiz daxlsizligi va xalqimizning tinch hayotini ko‘z qorachig‘idek asrash bo‘yicha tayyorgarligini yanada mustahkamlashni davom ettirish zarur» — deb hisoblaydi



Prezidentning ta'kidlashicha, chegaradosh hududlarda va butun mintaqadagi tez o‘zgarib borayotgan ahvolni aniq maqsad asosida tizimli ravishda chuqur tahlil va prognoz qilib borish, sarhadlarimizdagi vaziyatni jiddiy tarzda murakkablashtirishi mumkin bo‘lgan terrorist va ekstremist kuchlar xatti-harakatlarining faollashuv ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z vaqtida aniqlashni ta’minlash Qurolli Kuchlar, Mudofaa vazirligi, Bosh shtab va harbiy okruglar shtablarining asosiy vazifasi hisoblanishi kerak.

Mamlakatning mudofaa sohasidagi qurilish tizimini takomillashtirish jarayonini, harbiy operatsiyalar amalga oshiriladigan har qaysi yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda davom ettirish g‘oyat muhimdir. Mamlakat xavfsizligiga nisbatan, birinchi navbatda, chegara hududlarida vujudga keladigan xatarlarning oldini olish bo‘yicha, harbiy okruglar va chegara qo‘shinlari bo‘linmalari tomonidan birgalikda olib boriladigan o‘zaro muvofiqlashtirilgan jangovar operatsiyalarni o‘tkazish uchun, doimiy tayyorgarlikni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish darkor. Bunday sharoitda Davlat chegaralarini himoya qilish va qo‘riqlash uchun jalb etiladigan bo‘linmalarning bir-birining o‘rnini bosishga har tomonlama qodir bo‘lishi va yuksak darajada kelishib harakat qilishi, shuningdek, ularning birgalikdagi jangovar tayyorgarligi hal qiluvchi rol o‘ynashi zarur
Download 18,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish