Sayyohlar,elchilar,savdogarlar ma'lumotlari asosida tuzilgan O'rta Osiyo xaritalari.
Geradot Xaritasi Arab sayyohi Ibn Batuda Ibn Battuta yoki Shamsiddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Abdullox alLavatiy attanjiy (1304.24.2, Tanja — 1369, Fos) — mashhur arab sayyohi va geografi, tarixchi. Barbarlarning lavat kabilasiga mansub. Ibn Battuta 28 yillik sayohatlari davomida quruqlik va dengiz orqali 75 ming mil (120 ming km) masofani bosib oʻtgan. Ibn Battuta 1325-yil yozida Marokashdan qajga boruvchilar karvoniga qoʻshilib safarga chiqqan va deyarli barcha musulmon mamlakatlarida boʻlgan. Dastlab Misr, Shom (Suriya), Livan, Falastin, Mesopotamiyaga borgan. 1332-yil uchinchi marta Makkaga borib haj marosimida qatnashgan. Nil daryosi yoqalab yana Qohiraga qaytgan. Soʻngra Ibn Battuta Yaqin Sharq mamlakatlari orqali Turkiya va Qrimga bordi. Itil (Volga) daryosi orqali Hoji Tarxon (Astraxon) ga oʻtib, Oltin Oʻrda xoni Oʻzbekxonning qabulida boʻlgan; keyin Xorazm poytaxti oʻrganchga kelgan. Undan Buxoro, Nahshab, Termiz, Samarkand, Balx va Kobul, Moʻlton orqali Hindistonga borgan va Dehli sultoni Muhammad Tugʻloq saroyida qariyb 8 yil molikiylar qozisi lavozimida xizmat qilgan (Ibn Battuta Sherozda ikki mazhab — molikiylar va shofiʼiylar qozisi degan shahodatnoma olgan edi). Soʻngra sayohatni davom ettirib Indoneziya va Xitoyga borgan. 1349 i. Marokashga qaytgan. 1349—52 yillar orasida Ispaniyaning arablar tasarrufidagi joylariga, 1352—53 yillarda Sudanga sayohat qilgan.  Ibn Battuta oʻrta asrdagi eng yirik sayohatchi boʻlib, uni uzoq mamlakatlarga sayoxat qilishda yoʻl qiyinchiliklari, muhtojlik, xavf-xatarlar toʻxtata olmagan. U borgan mamlakatlarning geogr. si, tarixiy hamda iqtisodiy, etnog-rafik va madaniy-maishiy hayotiga oid qimmatli maʼlumotlar qoldirgan. Ayniqsa, Oʻrta Osiyo shaharlari, jumladan Samarqandning dunyoga mashhur sifatli qogʻozi xdqidagi yozganlari eʼtiborga loyiq. Hulokuiylar hukmronligi davridagi Eronning iqtisodiy va madaniy hayoti batafsil tasvirlangan. Ibn Battuta yirik savdogar ham edi, sultonlarning farmoyishi bilan baʼzan elchilik vazifalarini ham bajargan. Ibn Battuta fors va turkiy tillarni ham yaxshi bilgan. Uning "Tuxfat an-nuzzor fi gʻaroyib al-amsor va ajoyib alafsar" ("Turli shahar va safarlardagi ajoyibotlar shohidi boʻlganlar uchun tuhfa") asari Yaqin Sharq va Oʻrta Osiyo reorp. si tarixini tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi. Ushbu asar Ibn Battuta zamonidagi (turmushga oid) adabiyotning namunasi boʻlib, oʻz davrining adabiy va psixologik yodgorliklaridan biridir. U ilmiy manbalarda "Sayohatnoma" deb ataladi. Ibn Battuta asarlari 80 dan ortiq Yevropa va Osiyo xalqlari tillarigatarjima qilingan. Ibn Battuta faoliyati ustida oʻzbek olimi N. Ibrohimov tadqiqot ishlari olib borgan va u haqda oʻzbek, rus, arab, ingliz tillarida asarlar yaratdi.[ Marko Polo Rui Gonsales Klavixo Bekovich-Cherkaskiy Aleksandr Byorns "Buxorga Sayohat " Aleksandr Byornsning shaxsi ko‘pchilikka maʼlum. Uning birgina “Buxoro sayohatnomasi” asari muallif tirikligidayoq katta shuhrat qozongan. Aleksandr Byorns 1835-1838 yillari Afg‘oniston hukmdori Do‘st Muhammadxon huzurida elchi vazifasida faoliyat ko‘rsatadi. Elchilik davomida nafaqat Afg‘oniston, balki O‘rta Osiyo, Eron va Xitoy Turkistonidagi jarayonlarga katta qiziqish bildirib, bu haqda Hindiston general-gubernatori idorasiga yozgan hisobotlarida bayon etadi. Shu kabi hisobotlardan biri 1838 yil 1 fevral kuni yo‘llangan bo‘lib, mazkur hisobotda Qo‘qon xonligi tarixiga oid qimmatli maʼlumotlar borligi sababli, o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Mazkur hisobot Hindiston hukumati buyrug‘iga ko‘ra, 1839 yili Kalkuttada (Hindiston) nashr etilgan “Reports and papers, political, geographical and commercial, submitted to Government” nomli to‘plamda keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |