2. Korxona ichidagi karyera. Bu muayyan xodim o‘z
kasbiy faoliyati jarayonida rivojlanishning
barcha: ta’lim olish,
ishga joylashish, kasbiy o‘sish, butun salohiyatini namoyon
etish, pensiyaga chiqish bosqichlarini bosib o‘tishini anglatadi.
Korxona ichidagi karyera: —
ixtisoslashtirilgan;
—
ixtisoslashtirilmagan bo‘ladi.
Ixtisoslashtirilgan karyera muayyan xodim o‘z kasbiy
faoliyatida karyera turli bosqichlaridan o‘tishi bilan farqlanadi.
Muayyan xodim bu bosqichlarni bitta yoki bir nechta korxonada
o‘zi ixtisoslashgan faoliyat turida bosqichma-bosqich o‘tadi.
Masalan, bir korxonaning bosh muhandisi ikkinchi bir korxona
bosh muhandisi lavozimiga o‘tishi mumkin. Bu o‘tish yoki ish
haqi miqdoridagi yoki mehnat jarayonidagi o‘sish istiqboli bilan
bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ixtisoslashtirilgan karyeraga yana bir
5
Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Uch jildlik saylanma 1-jild. Abdulla
Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti. Toshkent, 1994 yil, 18-bet.
142
misol sifatida korxona boshqarmasi boshlig‘i korxona rahbari
o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishini keltirish mumkin.