Barqaror karyerada
xodimning kasb faoliyati va lavozimi
o‘sishida muayyan chekinishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi
nazarda tutiladi. Ya’ni, bu xodimning mehnat faoliyati muayyan
bosqichida o‘z kasbini vaqtincha yoki bir umrga o‘zgartirganligi,
shuningdek, ma’lumoti bo‘yicha ixtisosligiga mos kelmaydigan
lavozimni egallashiga to‘g‘ri kelganligini bildiradi.
Uzlukli karyera
xodimning kasbda va lavozimda o‘sishi
beqaror bo‘lishini anglatadi. Bu personalning mehnat faoliyatini
tez-tez o‘zgartirib turishi, ish joyini, korxona va tashkilotini
muttasil almashtirishi, ma’lumoti bo‘yicha ixtisosligiga muvofiq
bo‘lmagan lavozimlarni egallashi demakdir.
Lavozimda o‘sish bosqichlarini aniqlashning
uslubiy asosi
sifatida ikki:
karyera turi va boshqaruv tizimi omillari hisobga
olinishi kerak, (2.4-chizma).
149
2.4-chizma.
Do'stlaringiz bilan baham: |