Yakuniy bosqich
60–65 yoshni qamrab oladi va xodim
pensiyaga chiqish taraddudini ko‘radi. U o‘ziga munosib vorisni
tayyorlash harakatiga tushadi. Ana shu davrda lavozimda o‘sish
(karyera) tanglik xususiyatiga ega bo‘lsa ham, xodimlar o‘z
ishlaridan tobora kamroq qoniqish hosil qilishlariga qaramasdan
o‘zlari va tengdoshlaridan g‘ururlanish hislari juda kuchli
bo‘ladi.
Mazkur bosqichda xodimlar ish xaqi darajasi barqaror
bo‘lishini xohlaydilar, pensiyaga chiqqanlaridan so‘ng, oladigan
pensiyalari miqdoriga qo‘shimcha daromad topish harakatida
bo‘ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |