LUKOIL
____________________________________________________________________________________________________
Korxona /Предприятие
Mehnat muhofazasi holati nazoratining ikkinchi bosqichi
JURNALI
_________________Ishlab chiqarish bolimi_____________________________________
(boʻlinmaning nomi)
ЖУРНАЛ
второй ступени контроля состояния охраны труда
_____________________________________________________________________________________________________
(наименование подразделения)
Boshlandi 2021y. ” 7 yanvar
Начато «____» _____________20___г.
Uch bosqichli nazoratni ikkinchi bosqichi
Ikkinchi bosqich nazoratini bо‘linma rahbari (boshqarma, xizmat, bо‘lim boshlig‘i, uchuvchilar otryadi komandiri), boshchiligidagi komissiya mehnat muhofazasi bо‘yicha vakili bilan hamkorlikda bir oyda ikki martadan kam bо‘lmagan holda (grafik asosida) mehnat muhofazasi holatini tekshirishni amalga oshiradi. Komissiya tarkibiga texnik xizmat rahbarlari (vakillari) ham kiradi.
Uch bosqichli nazoratning ikkinchi bosqichini о‘tkazilayotganda quyidagilar tekshirilishi lozim:
birinchi bosqich nazorati ishini tashkil qilish va natijalari;
ikkinchi bosqich nazoratini о‘tkazish natijasida belgilangan tadbirlarni bajarilishi;
korxona rahbari va sex boshlig‘ining buyruq va farmoyishlari, kasaba uyushma qо‘mitasining qarori, mehnat muhofazasi vakilining takliflarini bajarilishi;
davlat nazorat organining, mehnatni muhofaza qilish xizmatining kо‘rsatma va farmoyishidagi tadbirlarni bajarilishi;
baxtsiz hodisalarni tekshirish materiallari bо‘yicha tadbirlarni bajarilishi;
ishlab chiqarish jihozlari, transport vositalari va texnologik jarayonlar, mehnat xavfsizligi standartlar talablariga va boshqa mehnat muhofazasi bо‘yicha meyoriy – texnik hujjatlarga muvofiqligi;
ishlovchilarning elektr qurilmalarida va elektr asboblari bilan ishlayotganda elektr xavfsizligiga rioya qilishlarini;
ishlab chiqarish jihozlari va ventilyatsion tizimlarning rejaviy – ogohlantiruvchi ta’mirlashlar grafigiga rioya qilinishi;
mehnat muhofazasi bо‘yicha axborot stendining holati, mehnat muhofazasi bо‘yicha plakatlarning mavjudligi, rangli signal va xavfsizlik belgilarini ishlatilishi;
zararli, yong‘in va portlashga xavfli moddalar bilan ishlashdagi xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi;
ishlovchilarni xavfsiz ishlash usullariga о‘rgatish bо‘yicha о‘z vaqtida va sifatli yо‘l – yо‘riq о‘tkazish;
ishlovchilarda maxsus kiyimlar, maxsus poyabzallar va boshqa SHHV ning mavjudligi va ulardan tо‘g‘ri foydalanilishi;
ishlovchilarni sut va boshqa tenglashtirilgan oziq – ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
sanitar – maishiy xonalar holati;
belgilangan mehnat va dam olish tartibi, mehnat intizomiga rioya qilinishi;
himoyalovchi, signal va yong‘inga qarshi vositalar va qurilmalarning holati.
Do'stlaringiz bilan baham: |