Referat mavzu: Poezdlar harakatini tashkil etish Bajardi: tvvs qoraxonov J. J. Tekshirdi: M. Abdullayev



Download 23,35 Kb.
bet1/2
Sana21.03.2022
Hajmi23,35 Kb.
#504914
TuriReferat
  1   2
Bog'liq
Qoraxonov J.J. REFERAT-4


OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Vagonlar va vagon xo‘jaligi”


kafedrasi


Temir yo'ldan texnik foydalanish qoidalari fanidan

REFERAT
Mavzu: Poezdlar harakatini tashkil etish


Bajardi: TVVS-2.
Qoraxonov J.J.
Tekshirdi: M.Abdullayev
Toshkent-2022y
Mavzu: Poezdlar harakatini tashkil etish
Reja

  1. Poezdlar harakati grafigi

  2. Alohida punktlar

  3. Adabiyotlar



POEZDLAR HARAKATI GRAFIGI

Poezdlar harakati grafigiga rioya qilish va uning buzilishini oldini olish poezdlar harakatini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan har bir xodim uchun asosiy vazifa bo’lishi kerak.


Poezdlarning grafik bo’yicha harakatlanishi stansiya, depo, tortish qo’shimcha stansyalari, texnik xizmat ko’rsatish punktlari va kompaniyaning poezdlar harakati bilan bog’liq boshqa bo’linmalari ishining to’g’ri tashkil etilishi va texnologik jarayonlarning bajarilishi bilan ta’minlanadi.
Poezdlar harakati grafigining buzilishiga yo’l qo’yilmaydi. Favqulotda hollarda texnik vositalar to’xtab qolishi yoki tabiiy ofatlar natijasida poezdlar harakati grafigi buzilsa, GAJK xodimlari kechikib kelayotgan yo’lovchi va yuk poezdlarini grafikka kiritish va ularning xavfsiz harakatlanishini ta’minlash uchun tezkor chora-tadbirlar ko’rishi kerak.
Poezdlar harakat grafigi quyidagilarni ta’minlashi kerak:
yo’lovchi va yuklarning tashishlardagi talablarini qondirish;
poezdlar harakati xavfsizligi;
uchastkalarning o’tkazish va tashish, stansiyalarning ishlov berish qobiliyatidan samarali foydalanish;
harakat tarkibidan oqilona foydalanish;
lokomotiv brigadalarining to’xtovsiz ishlashining belgilangan davomiyligiga rioya qilish;
yo’l, inshoot, SSB, aloqa va elektr ta’minot qurilmalarini joriy asrash va ta’mirlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish imkoniyati.
Poezdlarni tayinlash va bekor qilish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
a) ikki va undan ortiq temir yo’llardan o’tuvchi uzoq yo’nalishdagi, mahalliy va shahar atrofiga qatnaydigan yo’lovchi poezdlar, pochta-bagaj va yuk-yo’lovchi poezdlar–shu temir yo’llar ma’muriyati bilan kelishilgan holda «O’TY» AO raisi tomonidan.
«O’TY» AO chegarasida shahar atrofida qatnaydigan poezdlarni tayinlash va bekor qilish «O’TY» AO raisi o’rinbosari ruxsati bilan amalga oshiriladi;
ikki va undan ortiq temir yo’llar chegarasida qatnaydigan harbiy, odam tashiydigan, tezlashtirilgan yuk va yuk poezdlarini–MDH davlatlari temir yo’l transporti bo’yicha Kengashi belgilagan tartibda, «O’TY» AO chegarasida–»O’TY» AO raisi tomonidan;
v) harakat grafigida ko’zda tutilmagan tiklash va o’t o’chirish poezdlari, qor tozalagichlar, vagonsiz lokomotivlar, avtomatrisalar va olib qo’yilmaydigan drezinalar, xo’jalik va boshqa poezdlar – YaDM yo’nalish bo’yicha navbatchisi tomonidan.
Harakat grafigida ko’zda tutilmagan poezdni tayinlash, poezdning harakatlanish tartibini ko’rsatgan holda poezd dispetcheri tomonidan e’lon qilinadi.
Har bir poezdga harakat grafigi tomonidan belgilanadigan raqam beriladi. Bir yo’nalishdagi poezdlarga juft raqamlar, bu yo’nalishga qarshi yo’nalishdagi poezdlarga toq raqamlar beriladi.
Raqamdan tashqari, har bir yuk poezdiga uni tuzish stansiyasida, tarqatish stansiyasigacha o’zgarmaydigan indeks beriladi.
Harakat grafigida ko’zda tutilmagan poezdlarga raqamlar ular tayinlanganda beriladi.
Poezdlar quyidagilarga bo’linadi:
A. Navbatdan tashqari poezdlar – normal harakatni tiklash va yong’inni o’chirish uchun tayinlanadigan tiklash, o’t o’chirish poezdlari, qor tozalagichlar, vagonsiz lokomotivlar, avtomatrisalar, olib qo’yilmaydigan drezinalar.
B. Navbatdagi – ustivorlik tartibi bo’yicha:
o’ta tezyurar yo’lovchi poezdlar;
tezyurar yo’lovchi poezdlar;
boshqa nomdagi yo’lovchi poezdlar;
pochta-bagaj, harbiy, yuk-yo’lovchi, odam tashish tezlashtirilgan yuk poezdlari;
yuk (o’tib ketuvchi, uchastka, terma, olib chiqib ketuvchi, uzatuvchi), xo’jalik poezdlar va vagonsiz lokomotivlar.
V. Alohida talablar asosida tayinlanadigan poezdlar, ularning tartibi tayinlash vaqtida belgilanadi.
Poezdlar harakati mahalliy vaqt mintaqasi bo’yicha 24 soatli hisobdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Soatlardagi vaqt ko’rsatkichi «O’TY» AO barcha xududida bir xil bo’lishi kerak.
Xizmat xonalarida, stansiya yo’l parklarida, yo’lovchi platformalarida va yo’lovchilar uchun xonalarda soatlar o’rnatilgan bo’lishi kerak. Poezdlar harakati va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan shaxslar ish joylarida o’rnatilgan devor va tashqaridagi elektron soatlarni o’rnatish, ta’mirlash va asrash signalizasiya va aloqa Markazi xodimlariga yuklatiladi.



Download 23,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish