Bog'liq Pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Muntazam ko’pburchaklar mavzusini axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida loyihalashtirish………………………… 13
2.1
Ko’pburchaklar mavzusiga oid dastlabki tushunchalar (5-sinf)..…..
16
2.2
Eng sodda muntazam ko’pburchaklar (6-sinf)……..………………
19
2.3
Muntazam ko’pburchaklar mavzusini yuqori sinf o’quvchilariga tatbiqi (7-8-9-sinflarda)………………………………………………
22
2.4
Dars ishlanma (1soatlik dars misolida)………………………….…..
35
XULOSA………………………………………………………….………….41
FOYDALANILGANADABIYOTLARRO’YXATI………………………42
KIRISH
Kursishiningdolzarbligi. Bugungi globallashuv jarayonida aniq fanlarga bo’lgan qiziqish tobora oshib bormoqda. Ayniqsa matematikaga bo’lgan qiziqish butun dunyoda yuqori cho’qqilarga chiqqan. Dunyoda juda ko’p odamlar hozirda dasturlash, SMM, IT sohalariga o`z bilim va ko`nikmalarini sarf etishmoqda. Yangicha g’oya va texnologiyalarning kirib kelishi hayotni xuddi tezlashtirib yuborgandek. Ta’limning barcha yo’nalishlariga aniq fanlarning aralashuvi, sohalarning shiddat bilan rivojlanishiga olib kelmoqda. Maktab ta’lim tizimida ham matematika faniga bo`lgan e’tibor va talab oshgandan oshib bormoqda. Aniqlikka asoslangan matematika fani har bir o’quvchining miya faoliyatiga o’z- o’zidan ta’sir qilib, unga bo’lgan talabni oshirdi. Hozirgi kunda maktab darslarida komputer, printer va boshqa texnik jihozlar orqali matematika darslarini o’tish rivojlanyabdi.
Hozirgi paytda ta’limga axborot texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta’lim jarayonini komputerlashtirish asosiy masalaga aylangan. Mamlakatimizda informatika va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga keng tatbiq qilish masalasi ko’ndalang qo’yilgan. Unda, shuningdek, axborot texnologiyalari va informatika sohasida internet texnologiyalarini barcha sohalarda keng joriy qilish dolzarb masalasi ekanligi alohida uqtirib o’tiladi.
Bulardan ko’rinadiki, hozirgi paytda ta’limga axborot texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta’lim jarayonini komputerlashtirish asosiy masalaga aylangan.
O’zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiya (AKT) larini yanada rivojlantirish, har bir sohaga tatbiq qilish, mutaxassislarning komputer savodxonligini oshirish kabi masalalar davr talabiga muvofiq yechilmoqda.
Zamonaviy o’qituvchining jamiyatni axborotlashtirish sharoitida ishlashga tayyorligini belgilab beradigan quyidagi axborot-kommunikativ salohiyatlar muhim hisoblanadi:
– kasbiy vazifalarni informatikaning zamonaviy vositalari va metodlarini axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda bajara olish malakasi;
– kasbiy faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish borasida tayyorgarlik darajasini real aks ettiruvchi, shakllanib ulgurgan shaxsiy sifatlari;
– vaziyatni to’g’ri baholash va pedagogik faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda samarali qarorlar qabul qila oladigan predmet-maxsus bilimlarni tashkil etish imkoniyatiga ega bo’lish.