Farmakologiya


Gormonal va antigormonal vositalar



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Gormonal va antigormonal vositalar. Ayrim gormonlar
(asosan, jinsiy endokrin bezlar) blastomaning o‘sishini
tezlashtiradi. Masalan, ko‘krak bezining rak kasalligi estrogen
gormonlari ta’sirida tezlashsa, prostata bezi rakini androgen
gormonlar zo‘raytiradi. Ushbu blastomalar gormonlarga bog‘liq
o‘smalar deyiladi. Ularning o‘sishini qarama-qarshi jinsiy
gormonlar bilan to‘xtatish mumkinligi aniqlangan. Bunda
blastomalar tabiiy stimulatorlardan mahrum bo‘ladi. Bemorlarni
bu usulda davolashning kamchiligi estrogen preparatlarni
olayotgan erkaklarda ayollarga xos jinsiy belgilar (femini-
zatsiya), androgen gormonlar qabul qilayotgan ayollarda esa
ikkilamchi erkaklik jinsiy belgilari (virilizatsiya) paydo bo‘li-
shidir. Shu sababli asoratlari uncha sezilarli bo‘lmaydigan
preparatlar yaratilgan. Ular jumlasiga fosfoestrol, xlortrianizen,
estrodurin, medrosteron va boshqa preparatlar kiradi.
Umuman olganda, gormonal preparatlarning blastomalarga
ta’siri vaqtinchalik bo‘lib, bu, asosan, shishning o‘sishini
vaqtincha to‘xtatishi, tana intoksikatsiyasining kamayishi bilan
namoyon bo‘ladi. Metastazlar paydo bo‘lganda esa ular kor
qilmaydi. Antiblastom preparatlari sifatida kortikosteroidlar va
AKÒG (adrenokortikotrop gormon) ishlatiladi, chunki ular
oqsil sintezini sekinlashtiradi, intoksikatsiyani kamaytiradi.
Boshqa antiblastom preparatlar ta’sirini kuchaytiradi, aso-
ratlarni (qayt qilish, intoksikatsiya) kamaytiradi. Kortiko-
steroidlar, ayniqsa, qon ishlab chiqarish to‘qimasining o‘sma
kasalligida (o‘tkir leykoz) kor qiladi. Ular ta’sirida o‘tkir
leykozning klinik belgilari 5 oydan 1 yilgacha bo‘lgan vaqt ichida
yo‘qoladi. Shu maqsadda ko‘pincha kortizon, prednizolon va
AKÒGdan foydalaniladi.
Antiblastom preparatlarni katta dozada ishlatish tavsiya
etilmaydi, chunki ularning ta’siri o‘smaning negiziga emas,
ko‘proq metastazlarga qaratilgan bo‘ladi. Shuning uchun ham
ushbu preparatlar blastomalarga davo qilishda ishlatiladigan
boshqa usullarga (jarrohlik va nurlantirish) qo‘shimcha sifatida
buyuriladi. Barcha davo usullarini bir yo‘la qo‘llash kasallikning
I—II bosqichlarida ijobiy natijalar beradi.


361

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish