Farmakologiya


Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalari



Download 2,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet345/371
Sana30.12.2021
Hajmi2,09 Mb.
#91691
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   371
Bog'liq
farmakologiya asoslari

Antiseptik va dezinfeksiyalovchi dori vositalari
„Antiseptika“ grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, anti  —
qarshi,  septikas  — chirish ma’nosini bildiradi, dezinfeksiya
esa  dez — yo‘q qilish, infetsere  — yuqtirish degan so‘zlardan
tashkil topgan.
Antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar mikroblarga qarshi
ta’sirga ega bo‘lgan moddalar bo‘lib, ular ta’sir etish kuchi
va qo‘llanishi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Ushbu guruh
preparatlari kimyoterapevtik vositalarga qarama-qarshi o‘laroq
mikroorganizmlarning turiga qarab, tanlab ta’sir qilmasdan,
umumiy antimikrob farmakologik ta’sir ko‘rsatadi. Antiseptik
moddalar tana yuzasidagi (teri, shilliq qavatlar)  va
bo‘shliqlardagi mikroorganizmlarga qarshi; dezinfeksiyalovchi
vositalar esa tashqi muhitdagi (bemorning kiyimi, buyumlari,
xona chiqindilari va hokazo) mikroorganizmlarni yo‘qotish
maqsadida qo‘llaniladigan preparatlar hisoblanadi.
Ular mikroblarga baktereostatik va bakteriotsid ta’sir etadi.
Bakteriostatik ta’sir mikroblarni halok etmasdan, ularning
ko‘payishini to‘xtatib qo‘yadi, bu xil ta’sir ko‘proq antiseptik
moddalarga xos. Bakteriotsid ta’sir esa mikroblarni nobud qiladi,
bu, asosan, dezinfeksiyalovchi vositalarga xos xususiyatdir.
Ushbu guruhga kiruvchi preparatlarning ko‘pchiligi ham
antiseptik, ham dezinfeksiyalovchi moddalar sifatida ishlatilishi
mumkin. Chunki ular antiseptik modda sifatida kichik konsen-
tratsiyada, dezinfeksiyalovchi vosita sifatida esa kattaroq konsen-
tratsiyalarda qo‘llaniladi.
Antiseptik va dezinfeksiyalovchi moddalarni amalda qo‘llash
tarixi XIX asrning 30-yillaridan boshlangan. N. P. Nelyubin
1828- yili turli buyumlarni zararsizlantirish uchun ohakdan
foydalanishni taklif etgan. Keyinroq esa L.Lister ohakni tibbiyot
xizmatchilarining qo‘lini yuvish uchun taklif qilgan. 60-yillarda
L. Lister fenolni zararsizlantiradigan modda o‘rnida jarrohlik
amaliyotiga kiritgan. Lister tomonidan joriy etilgan bu usul
(antiseptika) jarrohlik amaliyotidan keyin bo‘ladigan yiringli
asoratlarning keskin kamayishiga olib keldi. Listerning xizmati


351
faqat jarrohlik amaliyotida emas, balki yuqumli kasalliklarga
qarshi kurashishda ham juda katta samara berdi. Bundan
tashqari, taklif etilgan usul mikroblarga qarshi ta’sirchan yangi
kimyoviy moddalarni topish va amalda joriy etishda ham katta
ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu tufayli bir qator kimyoterapevtik
preparatlar kashf etildi. Bunda L. Paster, I. Mechnikov, R. Kox,
P. Erlix kabi olimlarning xizmatlari alohida o‘rin egallaydi.
Antiseptik preparatlarning mikroblarga qarshi ta’siri yuqori
darajada bo‘lishida to‘qimalarga mahalliy ta’sirlantiruvchi yoki
kuydiruvchi ta’sir etmasligi talab qilindi. Hozirgi vaqtda
antiseptik va dezinfeksiyalovchi preparatlar tibbiyot amaliyotida
keng ko‘lamda ishlatiladi. Antiseptiklar, asosan, eritma,
surtma, liniment shaklida qo‘llaniladi. Ushbu kimyoviy
moddalar tuzilishi bo‘yicha quyidagicha tasnif qilinadi:
1. G a l o g e n l a r  — xloramin B, pantotsid, xlorgeksidin,
yodoform, yodinol.
2. O k s i d l o v c h i l a r  — vodorod peroksid eritmasi,
gidroperit, kaliy permanganat.
3. K i s l o t a   v a   i s h q o r l a r  — salitsil kislota, benzoy
kislota, bor kislota, natriy tetraborat, piotsid.
4.  A l d e g i d l a r   v a   s p i r t l a r   —  formaldegid,  lizoform,
geksametilentetramin, siminal, etil spirti.
5. O g ‘ i r   m e t a l l   t u z l a r i   — kumush tuzlari: kumush
nitrat, protargol, kollargol; mis tuzlari; mis sulfat, rux tuzlari:
rux sulfat, rux oksidi; qo‘rg‘oshin preparatlari — qo‘rg‘oshinli
plastir.
6. F e n o l l a r  — karbol kislota, trikrezol, rezorsin,
fenilsalitsilat.
7.  B o ‘ y o q l a r  — metilen ko‘ki, brilliant yashili,
etakridin laktat.
8. D e t e r g e n t l a r  — kationli sovunlar: serigel, demitsid,
etoniy, dekametoksin, sovunli spirt.
9. Q a t r o n l a r ,  n e f t n i  q a y t a  ishlash mahsulotlari —
qayin qatroni, ixtiol, vinilin, sovunli spirt.
10. H a r  x i l  t a b i i y  v o s i t a l a r  — lizotsim, umkalor,
evkalimin, ASD-3 preparati, tomitsid, yapon soforasi
tindirmasi.
11. B i t  v a  q o ‘ t i r  k a n a s i g a  q a r s h i  v o s i t a l a r  —
nittifor, pedilin, Rid, antibit, itaks, benzilbenzoat.


352
Ushbu kimyoviy moddalarning antiseptik va dezinfeksiya-
lovchi ta’siri bakteriya proteidlarining koagulatsiyaga uchrashi,
bakteriyalar hujayra pardasining buzilishi, erkin sulfgidril
guruhining bog‘lab olinishi, bakteriya fermentlari bilan raqo-
batlashish bilan bog‘liq.
Kislotalardan borat kislota va uning natriyli tuzi qisman
bakteriofungistatik ta’sir ko‘rsatadi, 2—4% li eritmasi og‘iz
bo‘shlig‘i, ko‘zni, ayrim hollarda qovuqni chayish, yuvish
uchun ishlatiladi.
Benzoy kislota esa 0,1% li eritma holida konservant sifatida
ishlatiladi.
Salitsil kislota bakteriostatik, fungitsid (zamburug‘larni o‘l-
dirish) va keratolitik (teri to‘qimasini yemirish) xossalariga ega.
Ko‘pincha so‘gal va qadoqlarni kuydirish maqsadida, sekin
bitadigan yaralarning chetiga bitishini tezlashtirish maqsadida
qo‘yiladi.
Ishqorlardan natriy va kaliy gidroksid kuydiruvchi ta’sir
ko‘rsatadi. So‘gallarni yo‘qotish uchun buyuriladi.
Spirtlardan tibbiyot amaliyotida, asosan, etil spirtining 96
va 70% ligi ishlatiladi. 96% li spirt jarrohlik asboblarini (skalpel,
qaychi, igna va shprislarni) dezinfeksiya qilish uchun, 70%
li spirt antiseptik sifatida (qo‘lni, operatsiya maydonini va
boshqalar) keng miqyosda ishlatiladi.
Izopropil spirti etanolga nisbatan ikki barobar zaharli
bo‘lib, antibakterial ta’siri bo‘yicha undan kuchli hisoblanadi.
68—72% li konsentratsiyasi teriga surtish uchun va ketgutni
sterillash uchun qo‘llaniladi.
Aldegidlardan, asosan, formaldegid kuchli
dezinfeksiyalovchi modda hisoblanadi. Uning 2—5% li eritmasi
jarrohlik asboblarini, qo‘lqopni, 10%li eritmasi ekskrement
(chiqindilarni), balg‘amni dezinfeksiyalash maqsadida
qo‘llaniladi. Bundan tashqari, 4% li eritmasi to‘qima va a’zolarni
konservatsiyalash uchun, giðergidrozda (ko‘p terlash)
mahalliy davo uchun ishlatiladi.
Òibbiyot amaliyotida taklif etilgan fenol kuchli bakteritsid
va fungitsid ta’sirga ega. Sporali bakteriyalar va viruslar fenol
ta’siriga chidamli. U teri orqali va shilliq parda sathidan yaxshi
so‘riladi, mahalliy og‘riqsizlantiruvchi ta’sirga ega. Kichik
konsentratsiyada to‘qimalarga ta’sirlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi,


356
Rux va mis preparatlarining sulfatli tuzi, surtmasi burishti-
ruvchi va antiseptik vositalar sifatida, konyunktivitda va teri
kasalliklarida ishlatiladi. Bundan tashqari, ularning 1—2% li
eritmasi qustiruvchi preparatlar sifatida ichish uchun (1 osh
qoshiqdan 3 martagacha) berilishi mumkin.
Antiseptik moddalar sifatida, yuqorida keltirilganlardan
tashqari, bir qator vositalar — detergentlar (sirt faol mod-
dalar), oltingugurt preparatlari, yashil sovun, sovunli spirt va
boshqalarni aytib o‘tish lozim.

Download 2,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   371




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish