Nazorat savollari
1. Antibiotiklar deb qanday ta’sirli preparatlarga aytiladi?
2. Antibiotiklar qanday guruhlarga bo‘linadi?
3. Antiseptik va dezinfeksiyalovchi ta’sirli preparatlarga misollar
keltiring.
4. Dorilar allergiyasi nima?
358
ANÒIBLASÒOM PREPARAÒLAR
Blastoma (neoplazma, rak) deb, ayrim to‘qimalar,
hujayralarning beto‘xtov bo‘linishi natijasida kelib chiqadigan
shishlar, patologik o‘zgarishlarga aytiladi. Bunday o‘smalar
atrofidagi to‘qimalarga ildiz yoyib (infiltratsiya), o‘sishi davrida
ularning ayrim hujayralari limfa va qon orqali tarqalib metastaz
beradi. Òanada intoksikatsiya holati turli o‘zgarishlarga sabab
bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu o‘smalar bir to‘qima
yoki a’zo kasalligi bo‘lmasdan, butun organizm uchun xavfli
kasallikdir.
Blastomalarga duchor bo‘lgan bemorlarni davolashning bir
qancha usullari mavjud: jarrohlik usuli, kimyoterapiya, nur
bilan davolash, kriogen va giðertermiya usuli.
Bularni jarrohlik yo‘li bilan davolash radikal usul hisob-
lanadi. Davo samarasi kasalni iloji boricha erta aniqlashga bog‘liq.
Xastalik boshlanishidayoq aniqlanib, o‘sma jarrohlik yo‘li bilan
olib tashlansa, bemor butunlay davo topishi mumkin. Lekin
ko‘p hollarda bu xastalikni aniqlash qiyin. Chunki u deyarli
o‘zgarishsiz, og‘riqsiz va boshqa belgisiz boshlanib, rivojlanadi.
Ko‘pincha bemorlar shikoyati kasallikning 2—3-bosqichiga
o‘tishda kuzatiladi. Ushbu davrlarda esa metastazlar paydo
bo‘lib, jarrohlik usulida davolash hech naf bermaydi.
Kimyoterapiya boshqa usullarga nisbatan bir qator
afzalliklarga ega. Rak o‘smasi tananing qaysi to‘qimasi va
a’zolarida joylashgan bo‘lmasin (jigarda, o‘pkada, qon tarkibida
va b.), kimyoterapiya usuli ijobiy natijalarni berishi mumkin.
Lekin shunga qaramasdan, bu usul ko‘p hollarda asosiy davo
chorasi hisoblanmaydi. Faqat boshqa usullar bilan (jarrohlik,
nur bilan davolash va b.) birga yoki ketma-ket qo‘llanilsa,
samarali bo‘ladi.
Blastoma xastaligida kimyoterapiya maqsadida beriladigan
antiblastom preparatlar ta’sir etishi, ta’sir mexanizmi va
ishlatilishi bo‘yicha turlicha. Ular blastoma hujayralariga
sitostatik ta’sir ko‘rsatadi, natijada bakteriyada RNK va DNK
yangi hujayralar uchun zarur bo‘lgan moddalarning sintezi
izdan chiqadi.
Shuning bilan birga, ko‘pchilik kimyoterapevtik preparatlar
nojo‘ya ta’sirlarga ega. Masalan, ularning sitostatik ta’siri doimo
359
bo‘linib turadigan normal hujayralarda ham kuzatiladi. Òeri,
shilliq qavatining epitelial hujayralari va qon ishlab chiqarish
to‘qimasining fiziologik regeneratsiyasi izdan chiqadi. Natijada
birinchi galda oq qon tanachalari — leykotsitlarning ishlab
chiqarilishi susayadi, ularning qondagi miqdori kamayib ketadi
(leykopeniya). Bu holat ko‘ngilsiz oqibatlarga olib kelishi
mumkin — bemor yuqumli kasalliklarga chidamsiz bo‘lib
qoladi, boshqa xastaliklarga chalinadigan bo‘ladi.
Dorilarning ko‘pchiligi allergik holatni keltirib chiqaradi,
endokrin tizimiga, me’da-ichak faoliyatiga salbiy ta’sir etishi
mumkin. Shuning uchun ham antiblastom preparatlar faqat
onkolog shifokor tomonidan tavsiya etilishi va bemor doimiy
nazoratda bo‘lishi talab qilinadi.
Hozirda, asosan, quyidagi kimyoterapevtik preparatlar
guruhi tibbiyot amaliyotida qo‘llaniladi:
I. A l k i l l a y d i g a n v o s i t a l a r :
A. Bis ( xloretil)-amin unumlari, sarkolizin, xlorbutin,
siklofosfan, prospidin, dopan, lofenal.
B. Etilenamin va etilendiamin guruhlari saqlovchi birikmalar
— tiofosfamid, benzotef, diðin, imifos, geksafosfamid.
D. Disulfon kislota efirlari — miyelosan.
G. Nitrozomochevina va triazenlar — nitrozometil-
mochevina, lomustin, karmustin, dakarbazin.
II. A n t i m e t a b o l i t l a r :
A. Folat kislota analoglari — metotreksat.
B. Purinlar analoglari — merkaptopurin, fopurin.
D. Pirimidin analoglari — ftoruratsil, ftorafur, sitarabin.
III. H a r x i l k i m y o v i y g u r u h l a r g a m a n s u b
s i n t e t i k v o s i t a l a r :
A. Platina preparatlari — sisplatin, platin, karboplatin.
B. Boshqa kimyoviy guruhlarning preparatlari —
prokarbazin, gidroksimochevina.
IV. O‘simlik preparatlari — vinblastin, vinkristin,
vinorelbin, kolxamin, kolxisin, podofillin.
V. A n t i b i o t i k l a r — daktinomitsin, rubomitsin
gidroxlorid, doksorubitsin gidroxlorid, karminomitsin,
olivomitsin, bruneomitsin.
360
VI. F e r m e n t l a r — L-asparginaza.
VII. I n t e r f e r o n l a r — aldeleykin.
VIII. Gormonal va antigormonal preparatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |